O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yillar Balans qiymati Ishlab chiqarilgan mahsulot
15.3-jadval
Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash jadvali
Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash usuli ob’ektlardan foydalanish muddati, ularning tuzilish xususiyatlari bilan cheklangan hamda mazkur aktivlarning xo‘jalik faoliyati hajmi yilma-yil o‘zgargan hollarda ko‘llaniladi. Jadallashtirilgan (tezkor) usullar. Qoldiqli kamayish hamda kumulyativ usullar tezkor usullar bo‘lib hisoblanadi. Tezkor usullar mohiyati shundaki, asosiy vositalardan foydalana boshlagan dastlabki yillarda hisoblangan amortizatsiya summasi ob’ekt xizmat muddatining yakunida hisoblangan amortizatsiya summasidan ancha yuqori bo‘ladi. Tezkor usullar, xususan, texnologiyalar takomillashtirilishi tufayli ko‘p turdagi uskunalar o‘z qiymatini yo‘qotishi (ma’naviy eskirishi) bilan ham tushuntiriladi. Shunday qilib, eskirishning katta summasini kelgusida emas, balki joriy hisobot davrida hisobdan chiqarish to‘g‘riroq bo‘ladi. Yangi kashfiyotlar va TMZlar ilgari xarid qilingan uskunaning ma’naviy eskirishiga olib keladi va uni jismoniy eskirishdan ancha oldinroq almashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Tezkor usullarning yana bir afzalligi shundaki, ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar, odatda, ob’ektdan foydalanish muddatining boshidagiga nisbatan oxirida ko‘proq bo‘lishi hisoblanadi. Bu esa ta’mirlash xarajatlarining umumiy summasi va amortizatsiya ajratmalari bir necha yillar davomida amalda doimiy bo‘lib qolishiga olib keladi. Natijada asosiy vositalar ob’ektlarining foydaliligi ko‘p yillar davomida bir xilligicha qoladi. Ikkala tezkor usulda ham dastlabki yillarda hisoblangan amortizatsiya summalari ancha yuqori bo‘ladi, bajarilgan ishlar hajmiga proporsional ravishda eskirish summasini hisoblash usuli esa amortizatsiya hajmining yildan-yilga keskin o‘zgarib turishi tufayli amortizatsiya o‘zgarishining aniq tamoyili haqida tasavvur bera olmaydi. Har yili amortizatsiyaning keskin o‘zgarishi asosiy vositalarning qoldiq qiymatida ham o‘z aksini topadi. To‘g‘ri chiziqli usulda esa qoldiq qiymat miqdori tezkor usullardagi qoldiq qiymatga nisbatan har doim ancha yuqori bo‘ladi. Asosiy vositalarning har xil turlariga amortizatsiya-ning turli usullari ko‘llanilishiga ruxsat etilganligini, biroq bunda bir turdagi asosiy vosita uchun faqatgina bitta usul qo‘llanilishi mumkinligini nazarda tutish lozim. Soliqqa tortish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga binoan amortizatsiya me’yorlari qo‘llanilishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatiga ko‘ra hisoblangan amortizatsiya bilan Soliq Kodeksiga muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya o‘rtasidagi farq vaqtinchalik farq deyiladi, u vaqtinchalik farqlar hisobining soliq samarasi yordamida hisobda aks ettiriladi. Misol. «MALIKA» kompaniyasida faoliyatning dastlabki yilida soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foydasi 4250000 so‘mni tashkil etgan. Bunda 2-shaklning 240 satrida aks etirilgan hisob(buxgalteriya) foydasi va soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasida farq mavjud, hisob siyosatiga muvofiq ishlab chiqarish usulida hisoblangan amortizatsiya 3130000 so‘mni, soliqqa tortish maqsadlari uchun amortizatsiya esa (to‘g‘ri chiziqli usulda)- 2000000 so‘mni tashkil qilganligidan yuzaga keladi. Bu aynan vaqtinchalik farq bo‘lib, soliqqa tortiladigan foyda uni hisobga olganda 4250000+(3130000-2000000)=6630000 so‘mga teng. Foyda solig‘ining 12%lik stavkasi bo‘yicha hisoblangan foyda solig‘i (4250000*12%)=510000 so‘mni tashkil etadi, lekin budjetga (6630000*12%)= 795600 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi, bu ikki miqdor o‘rtasidagi farq vaqtinchalik farqdar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foyda solig‘i hisoblanadi va u qaysi hisobot davrida so‘ndirilishiga qarab bog‘liq ravishda 0930 yoki 3210-schyotlarida aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo‘yicha quyidagicha provodkalar beriladi: D-t 9810-«Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» - 510000so‘m D-t 0950, 3210-«Vaqtinchalik farqdar bo‘yicha muddati uzaytirilgan daromad solig‘i» - 285600 so‘m K-t 6410-«Foyda solig‘i bo‘yicha budjetga qarzlar» - 795600 so‘m. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatiga muvofiq hisoblangan amortizatsiya Soliq Kodeksi bo‘yicha amortizatsiyadan yuqori bo‘lgan holatda mazkur farq summasiga soliq bo‘yicha muddati uzaytirilgan qarz yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan misolning aksini ko‘rib chiqamiz, bunda hisob foydasi 6630000 so‘mni, soliqqa tortiladigan foyda esa - 4250000 so‘mni tashkil qilgan. Buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo‘ladi: D-t 9810-«Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» - 795600 so‘m K-t 6410-«Foyda solig‘i bo‘yicha budjetga qarzlar» - 510000 so‘m K-t 6250, 7250-«Soliqdarga oid vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar» - 285600 so‘m. Qoldiqdi kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling