O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yillar Balans qiymati Yillik amortizatsiya summasi
- 15.5 -jadval Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash jadvali
- Jamg‘arilg an amortizats iya Qoldiq qiymati
15.4-jadval
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash jadvali
Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash. Kumulyativ usul (yillar yig‘indisi usuli)da har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizatsiya hisobining tugagunicha qolgan to‘liq yillar yig‘indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo‘lib aniqlanadi. 5 yil foydalanish muddatiga mo‘ljallangan asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yig‘indisi quyidagicha bo‘ladi: 5+4+3+2+1=15. 15.5-jadval Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash jadvali
Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikki usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ob’ekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan ortiq bo‘ladi. Ushbu usullar ishlab chiqarishga taallukli asosiy vositalarni hisoblash uchun ko‘llaniladi, chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samaraliroq foydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Keyingi yillarda amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o‘tkazilgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning ayrim ob’ektlari bo‘yicha ajratmalar tegishli summalarni jamg‘arish yo‘li bilan yoki ob’ektlarning dastlabki qiymatini kamaytirish yo‘li buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar ochilgan: 0211-«Obodonlashtirilgan yerning eskirishi»; 0212-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olinib o‘zlashtirilgan asosiy vositalarning eskirishi»; 0220-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»; 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi»; 0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»; 0250-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»; 0260-«Transport vositalarining eskirishi»; 0270-«Ish hayvonlarining eskirishi»; 0280-«Ko‘p yillik ekinlarning eskirishi»; 0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»; 0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi». Ushbu schyotlarning kreditida asosiy vositalarga hisoblangan va hisoblanayotgan eskirish summalari ko‘rsatiladi. Hisobvarakdarning debetida asosiy vositani hisobdan chiqarish paytida unga hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganida, eskirish summalari xarajatlariga o‘tkaziladi. Eskirish summasi ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazilganida quyidagicha yozuv qilinadi: D-t Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari K-t Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar. Agarda eskirish davr xarajatlariga o‘tkazilsa, quyidagicha yozuv qilinadi: D-t 9420-«Ma’muriy xarajatlar» K-t 0200 Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling