O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-BOB. BUYURTMALI KALKULYATSIYA QILISH USULI
- Tayanch so‘z va iboralar
Takrorlash uchun savollar
Ustama xarajatlarni taqsimlash zarurligiga tushuncha bering? Ustama xarajatlarni taqsimlashning yagona va alohida stavkasi deganda nimani tushunasiz? Ustama xarajatlarni taqsimlashning amaliy va rejali stavkalari o’rtasidagi farqni tushuntirib bering? Ustama xarajatlarni to’g’ri usulda taqsimlashga qodir bo’lasiz? Ishlab chiqarish ustama xarajatlari deganda nimani tushunasiz? Mahsulot birligidagi to’la xarajatlarni aniqlashni tushuntirib bering? Zahiralar tannarxini aniqlash deganda nimani tushunasiz? Ustama xarajatlarni taqsimlashning reja stavkasidan foydalanishni tushuntirib bering? Ustama xarajatlar prognoz miqdorini hisoblash deganda nimani tushunasiz? Ustama xarajatlarni taqsimlash bazasini tanlash deganda nimani tushunasiz? Kelgusi davr uchun prognoz qilingan ustama xarajatlar miqdorini bazaning prognoz miqdoriga ajratish deganda nimani tushunasiz? Ushbu stavkadan foydalanib, ustama xarajatlarni mahsulotning har bir turiga o’tkazish deganda nimani tushunasiz? 27-BOB. BUYURTMALI KALKULYATSIYA QILISH USULI 27.1. Buyurtmalar bo’yicha kalkulyatsiyalash tavsifi. 27.2. Buyurtmalar bo’yicha kalkulyatsiyalashga asosiy yondashuv. 27.3. Haqiqiy va me’yoriy kalkulyatsiyalash usullaridagi farqlar. 27.4. Tugallanmagan shartnomalar bo’yicha foydani aniqlashga Tayanch so‘z va iboralar: mahsulot tannarxi, kalkulyatsiya birligi, tabiiy birliklar, shartli-tabiiy birliklar, foydalaniladigan (ekspluatatsion) birliklar, quvvat, mahsuldorlik, buyurtmali usuli. 27.1. Buyurtmalar bo’yicha kalkulyatsiyalash tavsifi Bozor islohotlarini chuqurlashtirish jarayonida korxonalar faoliyatida muhim vazifalardan biri ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini to‘g‘ri aniqlashdir. Mahsulot tannarxi uni ishlab chiqarishga qilingan bevosita xarajatlarning yig‘indisini ifodalaydi. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va xarajatlarni hisobga olish boshqaruv hisobining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi, chunki, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi quyidagilar bo‘yicha boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi uchun asos bo‘ladi46: qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qaysilarini esa to‘xtatish bo‘yicha; zarur yordamchi mahsulotlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida; ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotga baho belgilash borasida; ishlab chiqarishni yangi texnika bilan qurollantirish bo‘yicha; ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni rivojlantirish bo‘yicha berilgan tavsiyalarni asoslashda. Boshqaruv hisobida tannarx quyidagi asosiy ob’ektlar bo‘yicha aniqlanadi: alohida bo‘linmalar bo‘yicha; alohida mahsulot turlari bo‘yicha. Bunda xarajatlarni taqsimlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: xarajatlarni ular vujudga kelgan markazlar bo‘yicha to‘plash; xarajatlarni mahsulot turlari bo‘yicha taqsimlash. Xarajatlarni taqsimlash deganda, korxona faoliyatida vujudga kelgan xarajatlarni aniq ob’ektlar bo‘yicha guruhlash jarayoni tushuniladi. Xarajatlar ob’ekti sarflangan xarajatlar hisobga olinishi zarur bo‘lgan tashkiliy bo‘limdir. Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi bevosita xarajatlar, resurslardan samarali foydalanishni talab qiladi. Korxonadagi moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini pasaytirish imkonini beradi. Mahsulot tannarxini aniqlashda kalkulyatsion birlikni aniq belgilash muhim masala hisoblanadi. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling