Misol47. «Sadaf» AJ buyurtmalar bo‘yicha tikuv mashinasi va muzlatgich ishlab chiqaradi. Buyurtmachilar tomonidan korxonaga 6ta tikuv mashinasi va 8ta muzlatgichga buyurtma berilgan. Buyurtmalar bajarib bo‘lingan. Bir dona buyurtmaning haqiqiy tannarxini aniqlash zarur.
Buyurtmalar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
1) Moddiy xarajatlar amalga oshirildi:
tikuv mashinalari uchun - 288000 so‘m;
muzlatgichlar uchun - 768000 so‘m.
2) Xodimlarga mehnat haqi to‘landi:
tikuv mashinalari uchun - 153600 so‘m;
muzlatgichlar uchun - 409600 so‘m.
3) Buyurtmalar bo‘yicha umumishlab chiqarish xarajatlari hisoblandi.
tikuv mashinalari uchun - 38400 so‘m;
muzlatgichlar uchun - 102400 so‘m.
Ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan jami xarajatlar:
tikuv mashinalari uchun - 288000+153600+38400=480000 so‘m;
muzlatgichlar uchun - 768000+409600+102400=1280000 so‘m.
Ushbu ma’lumotlar bo‘yicha bir dona buyurtmaning tannarxi quyidagicha bo‘ladi:
Tikuv mashinasi uchun - 480000/6=80000 so‘m;
Muzlatgichlar uchun - 1280000/8=160000 so‘m.
Buyurtmalar bo’yicha kalkulyatsiyalar yakka tartibda ishlab chiqarishda mahsulotning takrorlanmaydigan yoki kamdan-kam takrorlanadigan turlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Bu usulda barcha xarajatlar alohida bo’linmalar yoki hisobot davri bo’yicha emas, balki har bir buyurtma bo’yicha to’planadi. Korxonada bitta «Tugallanmagan ishlab chiqarish» scheti yuritiladi va shu schet bo’yicha detallashtirish (tafsillashtirish) va tahliliy axborot buyurtmalar kartochkalarida olib boriladi. Aniq bir buyurtmani bajarishga barcha bo’linmalar bo’yicha xarajatlar ayni shu kartochkalarda to’planadi. Asosiy tavsiflari:
• Ko’p buyurtmalar belgilangan davr davomida bajariladi
• Ishlab chiqarish materiallariga, ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarning mehnatiga haq to’lash xarajatlari va ishlab chiqarish ustama xarajatlari har bir buyurtma bo’yicha yig’iladi
• Buyurtma bo’yicha kartochka asosiy xujjat hisoblanadi
• Harajatlar buyurtmalar bajarilishiga qarab hisobdan chiqariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |