O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 - yil mayda qilingan xarajatlar 32 200 000sh.b 13 920 000sh.b
- Talab qilinadi
a Tugallanish darajasi: asosiy materiallar bo’yicha90 %; qo’shilgan xarajatlar bo’yicha 40 %. b Tugallanish darajasi: asosiy materiallar bo’yicha 60 %; qo’shilgan xarajatlar bo’yicha 30 % Yo’ldoshlarni yig’ish bo’limi jarayonlar bo’yicha kalkulyatsiyalashda o’rtacha tortilgan qiymat usulini qo’llaydi. Talab qilinadi: Asosiy materiallar va qo’shilgan xarajatlar uchun ekvivalent birliklarni hisoblang. Jadvalning birinchi ustunida natural birliklarni ko’rsating. 8-2. (topshiriqning davomi 8-1). Talab qilinadi: 1-mashqdagi ma’lumotlardan foydalanib, asosiy materiallar va qo’shilgan xarajatlar uchun ekvivalent birlikka xarajatlarni hisoblang, hisobga olinishi lozim bo’lgan umumiy xarajatlarni jamlang va bu xarajatlarni tugallangan va ishlab chiqarish jarayonidan chiqqan birliklarga va davr oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish birliklariga taqsimlang. 8-3. 1-mashqdagi axborotga qarang. Yo’ldoshlarni yig’ish bo’limi jarayonlar bo’yicha kalkulyatsiyalashda o’rtacha tortilgan usuldan emas, balki FIFO usulidan foydalanadi, deb tasavvur qiling. Talab qilinadi: Asosiy materiallar va qo’shilgan xarajatlar uchun ekvivalent birliklarni hisoblang. Jadvalning birinchi ustunida natural birliklarni ko’rsating. 8-4 (8-3 topshiriqning davomi) Talab qilinadi: 1 mashq ma’lumotlariga asoslanib, asosiy materiallar va qo’shilgan xarajatlar uchun ekvivalent birlikka xarajatlarni hisoblash uchun FIFO usulidan foydalaning, hisobga olinishi lozim bo’lgan umumiy summalarni jamlang va bu xarajatlarni tugallangan va ishlab chiqarish jarayonidan chiqqan birliklarga hamda davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish birliklariga taqsimlang. 8-5. 8-1 Topshiriqda keltirilgan axborotga qarang, yo’ldoshlarni yig’ish bo’limi xarajatlarni jarayonli kalkulyatsiyalashda normativ (standart) xarajatlar usulini qo’llaydi, deb tasavvur qiling. Yo’ldoshlarni yig’ish bo’limi asosiy materiallar bo’yicha mahsulotning (ekvivalent) birligiga standart xarajatlarni 695 000 sh.b. miqdorida va qo’shilgan xarajatlar bo’yicha davr boshida, shuningdek joriy davrda bajarilgan ishlarga asosiy materiallar bo’yicha 295 000 sh.b. miqdorida standart xarajatlarni belgiladi. Talab qilinadi: 1. Asosiy materiallar uchun va qo’shilgan xarajatlar uchun ekvivalent birliklarni hisoblang. 2. Hisoblanishi lozim bo’lgan umumiy xarajatlarni jamlang va bu xarajatlarni tugallangan va ishlab chiqarish jarayonidan chiqqan birliklarga va davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish birliklariga taqsimlang. 3. 1-yil mayida asosiy materiallarga va qo’shilgan materiallarga umumiy xarajatlar bo’yicha og’ishlarni hisoblang. 8-6. «Global Difens» kompaniyasi xarbiy uskunalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Uning Santa Feda joylashgan zavodlaridan birida AQSh xukumati va do’stona mamlakatlar bilan kontrakt bo’yicha to’suvchi raketalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Barcha raketalar bir xil ishlab chiqarish jarayonidan o’tadi. Barcha raketalarning bir xilligini va qat’iy texnik tavsifga muvofiqligini ta’minlash uchun hamma choralar ko’riladi. Santa Fe zavodida mahsulotga xarajatlarni kalkulyatsiyalash tizimi mahsulot birligiga (asosiy materiallar) turkumini va birlikka bilvosita xarajatlar turkumini (qo’shilgan xarajatlar) o’z ichiga oladi. Har bir raketa ikki tsexdan yig’uv tsexi va sinov tsexidan o’tadi. Asosiy materiallarga xarajatlar jarayon boshlanishida, yig’uv tsexida qo’shiladi. Qo’shilgan xarajatlar yig’uv tsexidagi butun jarayon davomida bir maromda paydo bo’ladi. Yig’uv tsexida raketa ustidagi ishlar tugashi bilan ular darhol sinov tsexiga o’tadi. «Global Difens» jarayonli kalkulyatsiyalashda o’rtacha tortilgan qiymat usulidan foydalanadi. 1-yil oktyabrida yig’uv tsexi to’g’risida quyidagi ma’lumot mavjud:
Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling