Investitsiya jarayonining ikkinchi fazasi investitsiya fazasi deb ataladi. Bu fazaning asosiy vazifasi loyihaga ajratilgan moliyaviy investitsiyalarni to‘g‘ri sarflanishini hamda loyihada belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni va samaradorligini ta’minlashdir.
Investitsiya fazasida imoratlar va inshootlarni ta’mirlash ishlari bajariladi, jihozlar sotib olinadi va o‘rnatiladi, ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllantiriladi, undan keyin mahsulotni turkumli ishlab chiqarish va sotishga o‘tiladi.
Investitsiya fazasi tugab, loyiha amalga oshirila boshlagach, investitsiya xarajatlari hajmi kamayib boradi. Investitsiya loyihasi keltiradigan daromad hajmi esa ortadi, chunki u asta-sekin o‘z samarasini bera boshlaydi. Bu holat ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib, sotish hajmining ko‘paytirishga imkon beradi.
Loyihaning bu tariqa rivoji uning foydalanish deb ataluvchi uchinchi fazasida davom etadi. Uchinchi fazada ishlab chiqarish hajmini saqlab turish va ko‘paytirish uchun asosiy vositalarning eskirishi orqali jamg‘arilgan manbadan ham foydalaniladi. Unda mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromadni investitsiya xarajatlaridan oshishi kuzatiladi. Natijada t1 vaqtda daromadning umumiy summasi loyihaga qo‘yilgan kapital qo‘yilma qiymatiga teng bo‘ladi va loyihani qoplash nuqtasiga yetadi.
Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida uni moliyaviy jihatdan baholanadi. Buning uchun loyihani qoplash darajasi, investitsiyalar samaradorligi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi.
Korxonalar faoliyatida investitsiya manbalarining yetishmasligi doimo ulardan oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Agar investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya hajmi yetarli bo‘lsa, korxona sarflangan investitsiyadan, investitsiya zaxirasining har bir birligidan ehtimoli kutilgan eng ko‘p iqtisodiy samara olishga harakat qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‘lishi, turli xil mulk shakllarining rivojlanishi, iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayishi, ichki va tashqi investorlarning faollashuvi rentabellikni aniqlashga yangicha yondashuv - investitsiyalar (yoki ularning alohida elementlari: kapital qo‘yilma, kapital) samaradorligini hisoblashni talab qilmoqda.
Sarflangan kapitaldan olinadigan mutlaq iqtisodiy samara (E) sarflangan kapital hisobiga olingan daromad (D) va investitsiya qo‘yilmalarining hajmi (Ix) o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |