O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti «Lоgistikа» tа’lim yo’nаlishi tаlаbаlаri uchun


Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy axbarotnomasi jurnali. 2018 4-son


Download 1.89 Mb.
bet28/77
Sana26.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1127983
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
Bog'liq
Xalqaro logistika

Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy axbarotnomasi jurnali. 2018 4-son
Yuqoridagi jadvalda Temir yo‘l transporti orqali bita konteynerni 1000 masofaga tashish xarajatlari keltirilgan, unga asosan Respublikamizda 2,51doll., bu ko‘rsatkich Qozog‘iston Respublikasida 0,68 doll., Qirg‘iziston Respublikasida 2,15 doll., Tojikiston respublikasi 3,72 doll. Va Turkmaniston Respublikasida 2,60 dollarga teng. YUk tashish narxlarining nisbatan yuqori qiymatining sabablari quyidagilardan iborat27:
Birinchidan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK temir yo‘l transport xizmatlarini narxlash metodikasi. Narxlarning oshishi ko‘p jihatdan «xarajatlar + foyda» prinsipi bo‘yicha DAK tariflarining yillik indeksatsiyasini nazarda tutuvchi hisob-kitob metodologiyasi bilan izohlanadi. Bunda avvalgi yil xarajatlari yo‘nalish bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ikkinchidan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK ning ham mamlakatimizning, ham xorijning talay transport-ekspeditorlik kompaniyalari bilan shartnomalarni tuzish va tenderlarini o‘tkazish mexanizmining “toza” emasligi (neprozrachnыy) narxlarning oshishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Uchinchidan, konteynerlarda tashishning etarlicha rivojlantirilmaganligi. Xalqaro amaliyot ko‘rsatayotganidek, yirik tonnali konteynerda 1 tonna yukni xalqaro portlar yo‘nalishida tashish qiymati vagonda tashishga nisbatan o‘rtacha 1012 foizga arzonroqdir. O‘zbekistonda 2017 yilda eksport-import va tranzit yuklarining qariyb 13,5 foizi konteynerlarda tashildi. CHet elda, Evropa Ittifoqida bu ko‘rsatkich 14 foizni, Xitoyda 51 foizni tashkil etadi.
Temir yo‘lda tashish narxlarining 2010-2015 yillarda yuqori sur’atlarda – 1,7 baravar o‘sishi natijasida 2017 yilda 1 kilometrga temir yo‘l orqali yuk tashish hajmi 23,4 mlrd. tonnadan 22,9 mlrd. tonnaga kamaydi.
Kishlok xujaligi maxsulotlarini tashish ishonchliligi va tezkorligi temir yo‘l hamda avtomobil yo‘llarining sifatiga va tarmoqlanganligiga, parovoz va vagonlarning sifatiga, multimodal tashuvlarni ta’minlovchi logistika markazlarini joylashtirishga doir maqbul sxemaga bevosita bog‘liq bo‘ladi28.
2016 yilda Respublikamizdagi umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining qariyb 40 foizi qoniqarsiz deb e’tirof etildi. Yo‘llarning yomon holati harakatlanish tezligining pasayishiga olib kelmoqda va avtomobil saroyining fizik eskirishini tezlashtirmoqda. Oxir-oqibat, bu tashish muddatlarining uzayishiga va Yetkazib berishning uzilib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Magistral avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish va qurishning zamonaviy xalqaro standartlari transport vositasining o‘q bo‘ylab og‘irligini 13 tonnagacha etib belgilaydi. O‘zbekistonda bugungi kunda xalqaro ahamiyatga molik yo‘llarning 80 foizi 10 tonnadan ortiq bo‘lmagan transport vositasini ko‘tarishga mo‘ljallangan, yo‘llarning qolgan qismini ham ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha qurish rejalashtirilmoqda, bu esa avtomobil yo‘llarining o‘q bo‘ylab og‘irligini 13 tonnagacha oshirish talablariga mos kelmaydi.
Eskirgan lokomotiv saroyi zarur og‘irlikni torta olmaydi, bu esa vagonlarni parovozdan uzishga majbur qilmoqda hamda yuklarni tashish muddatlarining kechiktirilishiga va yuk hajmlarining kamayishiga sabab bo‘lmoqda. SHuningdek lokomotiv va vagonlarning haddan ortiq eskirganligi poezdlar harakatlanish tezligining belgilangan normalardan 40-50 foizga kamayishiga olib kelmoqda. Lokomotiv va vagonlar asta-sekin yangilanib borilmoqda: oxirgi bir necha yilning o‘zida O‘zbekiston 10 dan ortiq elektrovoz sotib oldi. 2018-2020 yillarda DAK yana 32 ta elektrovoz xarid qilishni rejalashtirmoqda. SHu bilan birga elektrovoz saroyini kengaytirish (umuman lokomotiv va vagonlarni yangilash) istiqbollari hamda sur’atlari nafaqat ularning qiymati, balki temir yo‘llarni elektr energiya bilan ta’minlash sur’atlari tufayli chegaralangan. Logistika tizimiga Yetkazib berish zanjirining tarqoqligi, Yetkazib beruvchidan qabul qiluvchigacha tovarlarni ortish va tushirish bo‘g‘inlarining ortiqchaligi xosdir, bu esa ishlab chiqaruvchilarning transport-logistika xizmatlariga bo‘lgan xarajatlarining oshishiga olib kelmoqda. Bu transport-logistika kompaniyalari va tegishli infratuzilmaning sust darajada rivojlanganligi bilan bog‘liq. Mamlakatdagi transport-logistika operatsiyalarining asosiy qismi 1PL va 2PL formatida yuz bermoqda, ayrim kompaniyalargina 3PL formatida cheklangan xizmatlarni ko‘rsatmoqda.
Avtomobil, temir yo‘l va aviatsiyada tashish o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qodir yirik operatorlar etishmayapti29.
Yetkazib berish zanjirining tarqoqligi, Yetkazib beruvchidan qabul qiluvchigacha tovarlarni ortish va tushirish bo‘g‘inlarining ortiqchaligi logistika tizimiga xosdir. Logistika va omborlarga joylashtirish bozorida PL (Party Logistics) operatorlarning ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga bog‘liq bo‘lgan quyidagi tasnifi qabul qilingan. Bu tasnif 1PL dan 5PL gacha quyidagi gradatsiyaga ega. 1PL – logisti- kadagi barcha jarayonlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi bajaradi. 2PL – logistika kompaniyasi faqat yukni tashish va joylashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. 3PL (eng ommaviy) – tovarni omborga joylash, vaqtincha saqlash, yuklarni qayta ishlash, yukni iste’molchiga Yetkazib berishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutadi. 3PL – bu o‘z mijozi uchun logistika bo‘yicha barcha masalalarni hal qiladigan kompaniyadir. Bеshinchi bоb buyichа nаzоrаt sаvоllаri 1. Lоgistikаdа еtkаzib bеrish zаnjiri dеgаndа nimа tushinаsiz?

  1. Lоgistik zаnjirni qаndаy bo’g’inlаri mаvjud?

  2. Lоgistik zаnjirni mukаmmаl ishlаshi yuk tаshuvlаrini rivоjlаntirishdа qаndаy ахаmiyatgа egа?

  3. Lоgistik zаnjirdа yuktаshulаri qаndаy bоsqichlаrdаn o’tаdi?

  4. Еtkаzib bеrishni tаshkil etish nimаlаrni o’z ichigа оlаdi?

  5. 3RL, 5RL dеgаni nimаni аnglаtаdi?

  6. MRP-1, MRP-2 lоgistik kоntsеptsiyalаri nimаsi bilаn fаrq qilаdi?

  7. Еtkаzib bеrish zаnjiridа trаnspоrt vоsitаlаri o’rtаsidаgi хаmkоrlikning sаmаrаdоrligi nimа bilаn bеlgilаnаdi?

  8. Еtkаzib bеrish zаnjiridа qаndаy muаmmоlаr bulishi mumkin va еtkаzib bеrish zаnjirini bir mаrоmdа ishlаshi nimаlаrgа bоg’liq?


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling