O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent davlat transport universiteti
Download 418.75 Kb.
|
Bafoyev 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bekatlar orasidagi va yo‘nalish bo‘yicha umumiy masofalarni aniqlash
- 15,94 Bekatlar orasidagi masofa (peregon uzunligi) spidometr ko‘rsatkichi orqali aniqlanadi
- Avtobuslarning harakatlanish, aloqa, reys va aylanma reys vaqtlarini aniqlash
"Тошкент МУМ" Yo‘nalishidagi avtobuslarning asosiy ishlash ko‘rsatkichlarini aniqlash.
TEXNOLOGIK HISOBLASH QISMI Avtobus yo‘nalishlari yo‘lovchilar oqimi barqaror bo‘lgan vaharakat xavfsizligini taʼminlaydigan shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda ochiladi. Shahar yo‘nalishlarini ochishda shahar hokimligining masʼul xodimi, yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, yo‘l, kommunal tashkilotlar, temir yo‘llar va tashuvchilardan iborat hayʼat tuziladi. Yo‘nalish trassasini o‘rganish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: yo‘nalishning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi; oraliq va oxirgi to‘xtash manzillari joylarini hamda ular orasidagi masofani aniqlash; sinov reyslarini tashkil etish va amalga oshirish, harakat tezligini meʼyorlashtirish va yo‘nalish masofasini uzil-kesil o‘lchash. Sinov reyslari natijalari bo‘yicha bayonnoma tuziladi. Bayonnomada yo‘nalishning belgilangan uzunligi, bekatlar orasidagi masofalar aniqlanib, ular asosida reysga ketadigan vaqtning belgilangan normativlari, aylanma reys, oxirgi manzillarda to‘xtash vaqti, belgilangan yo‘lda harakatlanish tezligi aniqlanadi. Bekatlar orasidagi va yo‘nalish bo‘yicha umumiy masofalarni aniqlash Yo‘nalish uzunligini o‘lchash maqsadida yo‘l xo‘jaligi va avtosaroy vakillari tarkibida hayʼat tuziladi. Hayʼat texnik jihatdan soz va tamg‘alangan spidometr bilan jihozlangan avtomobilda avtomobil yo‘llarida, shuningdek, shahar va posyolkalar ichida bekatlar orasidagi aniq masofalarni o‘lchaydi. Bekatlar orasidagi masofa o‘ndan bir kilometr aniqlikda o‘lchanishi lozim. O‘lchash natijalari bo‘yicha hayʼat dalolatnoma tuzadi (1-jadval). 1-jadval
To‘g‘ri yunalish bo‘yicha
Orqa yo‘nalish bo‘yicha
Bekatlar orasidagi masofa (peregon uzunligi) spidometr ko‘rsatkichi orqali aniqlanadi Lper=SKp+1–SKn; km, Peregon; Дорихона --- Янгиобод бозори Lper=5,55-4,09=1.46; km Peregon; Успенский номли мактаб --- М.Улуғбек кўчаси Lper=5,34-4,06=1.28 bu yerda: SK – spidometr ko‘rsatkichi, SKn+1 – navbatdagi punktda spidometr ko‘rsatkichi, SKn – oldingi punktdagi spidometr ko‘rsatkichi. Hisob natijalari 1-jadvalga kiritiladi. 1.1.2. Boshlang‘ich punktdan navbatdagi va butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha masofalar L =SKn- SK1 ; km. Мустақиллик майдони --- Олмос махалласи L =14,38-0,00=14,38 bu yerda: SKn – spidometrning n – punktdagi ko‘rsatishi, SK1 – spidometrning boshlang‘ich punktdagi ko‘rsatishi Hisob natijalari 1-jadvalga kiritiladi. Avtobuslarning harakatlanish, aloqa, reys va aylanma reys vaqtlarini aniqlash Reys vaqtini aniqlash uchun xronometrik kuzatuvlar o‘tkaziladi. Xronometrik kuzatuvlar tadqiq qilinayotgan yo‘nalishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng past texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlar orqali olib boriladi. Xronometrik kuzatuv olib boriladigan avtobusning haydovchisi tegishli malakaga ega bo‘lishi, o‘rganilayotgan yo‘nalishni yaxshi bilishi kerak. Xronometrik kuzatuv haftaning xarakterli (ish kunlaridan biri, shanba, yakshanba) kunlari butun ish kuni davomida, yilning har bir mavsumida, shuningdek, transportning ish rejimi va yo‘lovchilar oqimi o‘zgarganda olib boriladi. Avtobus xronometraj o‘tkazuvining kuzatuv joyi harakat trassasi, chiqish va tushish eshiklari yaxshi ko‘rinadigan joyda belgilanadi. Kuzatish yo‘nalishning to‘xtash bekatlari ko‘rsatilgan xaritasiga qayd etiladi va u asosida dalolatnoma tuziladi (2-jadval). 2-jadval
To‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha
Download 418.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling