O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent davlat transport universiteti
Ko‘z bilan kuzatish (chamalash) usuli
Download 418.75 Kb.
|
Bafoyev 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval usuli
- 1.5. Sutka soatlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi epyurasi
- 1.6. Kunlik tashilgan yo‘lovchilar soni va bajarilgan yo‘lovchi-kilometrlarni aniqlash
- Yo‘nalishda ishlash uchun kerakli avtobuslar soni
- . Harakat intervali
Ko‘z bilan kuzatish (chamalash) usuli. Bu usul ancha sodda va shu bilan birga tahminio‘y bo‘lib, yo‘lovchilar oqimini yo‘nalishning eng ko‘p yuklangan bekatlarida o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Buning uchun hisobchilar bekatlarda turib avtobus ichida qancha yo‘lovchi borligini 5 balli tizim orqali baholaydilar
- 1 ball – o‘rindiqlarning yarmidan bo‘sh; - 2 ball–o‘rindiqlarning hammasi band; - 3 ball–o‘rindiqlarning hammasi band va turib ketish uchun mo‘ljal-langan joylarning yarmi band; - 4 ball – avtobusning sig‘imidan to‘liq foydalanilayapti; - 5 ball – avtobus to‘lib ketgan va yo‘lovchilar unga chiqa olmaydi. Jadval usuli. Jadval usuli odatda haftaning bironta ish kunida (ko‘pincha chorshanba va payshanba) bir paytda shahar yo‘lovchi transportining barcha turida (istisno tariqasida tanlab olingan yo‘nalishalarda) bir paytda yo‘lovchilar oqimini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. So‘rov usuli. Bu usul ikkiga bo‘linadi va birinchisida aholiga savollar yozilgan varaqa aloqa bo‘limlari orqali yuboriladi. So‘rov usuli yordamida bekatlarni boshqa bekatlar bilan bog‘liqligi, transport tugunlarining joylashuv ehtimolligi, yangi mavzelarga ko‘chib ketgan aholiga transport xizmatini ko‘rsatishning sifatini oshirish uchun qanday yo‘nalishlarni tashkil etish, transport turlari va sig‘imini to‘g‘ri tanlash kabi masalalarni echishda asos bo‘lib xizmat qiladi. masofalarini oylik chiptalar o‘tmaydigan yo‘nalishlarda (shahar atrofi, shaharlararo va xokazo) o‘rganishda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. (1.4.1. – 1.4.3. punktlar bo‘yicha nazariy tushunchalar keltiriladi). Yo‘lovchilar oqimini kuzatish natijalarini qayta ishlashda sutka soatlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimining taqsimlanishi jadvalga to‘ldirib chiqiladi (3-jadval). 3-jadval Yo‘lovchilar oqimining sutka soatlari bo‘yicha taqsimlanishi
1.5. Sutka soatlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi epyurasi Kuzatish natijalarini qayta ishlash natijasida olingan maʼlumotlardan foydalanib (3-jadval) masshtab asosida sutka soatlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi epyurasi quriladi. Yo`lovchilar oqimining sutka soatlari bo`yicha taqsimlanishi epyurasi Sutka soatlarda Yo`lovchi soni 1.6. Kunlik tashilgan yo‘lovchilar soni va bajarilgan yo‘lovchi-kilometrlarni aniqlash 1.6.1. Kunlik tashilgan yo‘lovchilar soni Kunlik tashilgan yo‘lovchilar soni to‘g‘ri va orqa yo‘nalishlar bo‘yicha har bir soatda tashilgan yo‘lovchilar sonini qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi: Qk = Qkto‘g‘ + Qkor, yo‘lov. Qk =1369+1337=2706 yo‘lov bu yerda: Qs – yo‘nalishda bir soatda tashilgan yo‘lovchilar soni. 1.6.2. Kunlik bajarilgan yo‘lovchi-kilometrlar Pk = (Qkto‘g‘ + Qkor) lo‘rt, yo‘lov.km Pk =2706*5,50=14883 yo‘lov.km bu yerda: lo‘rt – yo‘lovchining o‘rtacha qatnov masofasi (A/S maʼlumoti bo‘yicha olinadi). 1.7.1. Yo‘nalishda ishlash uchun kerakli avtobuslar soni bu yerda: Qmax – bir soat davomida tashilgan yo‘lovchilar maksimal miqdori; tayl - avtobusning aylanish vaqti, soat; qn – avtobusning nominal sig‘imi, yo‘lov. 1.7.2. Harakat intervali Harakat intervali minutlarda o‘lchanuvchi aylanish vaqtini yo‘nalishda ishlayotgan avtobuslar soniga nisbati orqali aniqlanadi: ; min. 1.7.3. Avtobuslar harakat chastotasi Avtobuslar harakat chastotasi deganda bir yo‘nalish bo‘yicha maʼlum bir bekatdan bir soat davomida o‘tuvchi avtobuslar soni tushuniladi va u avtobuslar sonini aylanish vaqtiga nisbati bilan aniqlanadi: ; avt./soat Download 418.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling