O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


I.BOB Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va iqtisodiy siyosatning


Download 143.95 Kb.
bet3/12
Sana09.06.2023
Hajmi143.95 Kb.
#1475300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

I.BOB Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va iqtisodiy siyosatning maqsadlari.
1.1. Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari.
Bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi: davlat va bozor mexanizmlari. Fanning maqsadi - davlatva bozor mexanizmlarining o`ziga xos xususiyatlarini yoritishdir. Ular hayotda aralash va o`zaroaloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Fanning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlatmexanizmini qabul qilgan sohalarni va shakllarini ko`rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o`rni haqidagi turli kontseptsiyalarni tahlil etishdir. Bozor – insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biridir. Uning rivojlanishi uzoq yo`lnibosib o`tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste`molchilar o`rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari,jamiyat iqtisodiy sub`ektlari o`rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy maxsulotni
yaratishdan to uni iste`mol etishgacha bo`lgan davrni qamrab oladi. Bozor – bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ko`rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozorni hal etuvchi shartlari bo`lib hisoblanadi.Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning
moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo`lib hisoblanadi.
Ma`lumki, bozorning muxim elementi bu narx va uning darajasi bo`lib, bu ishlab
chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko`rsatkich hisoblanadi.Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik vamoslashuvchanlik jixatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi vaiste`molchi o`rtasidagi aloqalarni bo`glaydi. Tarmoqlar o`rtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta`minlashda bozor mexanizmi qulaydir. Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o`rtasidagi aloqalarni tartibga solish
kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo`ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929-1933 yillarda sodir bo`lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo`la oladi. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o`smoqda, balki jamoa (aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining o`rni ham oshib bormoqda. Biroq, davlatiqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o`z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo`lmoqda. Masalan: temir yo`l, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba`zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tu`giladi. Bu, avvalam bor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining ma`lum qismini
ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko`rsatishda (ishsizlarga, tu`gma nogironlarga), pensiyata`minotida, mudofaani ta`minlashda, ekologik muammolarni xal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish tsikliga ta`sir etishda, fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tu`giladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni
davlat aralashuvisiz tartibga solib bo`lmaydi. Bozor mexanizmi jamiyat manfaatlarini himoya etish, uzoq davrli ijtimoiy muammolarni va mamlakatlarning o`zaro aloqalarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf eta olmaydi.
Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardir:
1. Mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni
raqobatbardoshligini ta`minlash;
2. Barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani oldini olish va h.);
3. Qonuniy tartibga solish vazifasi;
4. Muvofiqlashtirish vazifasi;
5. Ijtimoiy yo`naltirilgan vazifasi;
6. Taqsimlash;
7. Nazorat va boshqalar.
Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur bo`lsa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanligini ko`rsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda xar ikkala mexanizmlarni afzal jixatlarini birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo « bozor » va « bozor iqtisodiyoti » tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda ifodalasb, ba’zi adabiyotlarda sinonim sozlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollan uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo’lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo’lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat koisatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo’lib, mazmuni o‘zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.


Download 143.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling