O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti
Klassik siyosiy-iqtisod namoyondalarining kontseptsiyalari. Iqtisodiy liberalizm va uning mohiyati
Download 143.95 Kb.
|
Kurs ishi
2.2. Klassik siyosiy-iqtisod namoyondalarining kontseptsiyalari. Iqtisodiy liberalizm va uning mohiyati.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va mustaxkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtai nazarida, ya`ni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm `goyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy baholagan. Bu `goya A.Smit va D.Rikardolarning ilmiy ishlarida asoslangan. Ular klassik siyosiy iqtisod maktabi asoschilari bo`lib, qiymatining mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning mazmunini va qo`shilgan qiymat nazariyasini yoritib berdi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi degan fikrdan kelib chiqadi. Masalan, Smit goyasi quyidagicha: «Bozor iqtisodiyoti o`zini-o`zi boshqarishga moslashgan, uning asosida qanday qilib ko`proq fayda olishga harakat qilish bilan bo`gliq «ko`rinmas qo`l» - shaxsiy manfaat yotadi». Smit xulosasiga ko`ra, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa, iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin bo`lmo`gi lozim. D.Rikardo, J.B.Sey, D.Mil , A.Marshallar A.Smit `goyasining davomchilari bo`lib, ular iqtisodiy liberalizm `goyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda (neoklassik yo`nalish). Klassiklar ja`mi talab va ja`mi taklif mutanosibligini o`zlariga xos talqin etishdi. Ular: ja`mi taklifning o`zgarishi unga mos ja`mi talabni o`zgarishini yuzaga keltiradi degan fikrdan kelib chiqishadi. Bu Sey qonunida o`z aksini topadi, ya`ni taklif etilgan tovar unga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi, bu esa talab va taklif o`rtasidagi yuzaga keladigan farqlarni bartaraf etadi. Oldindan ishlab chiqarishning o`rni yo`qoladi. Tovar ishlab chiqarishning o`sishi, ish haqlarini oshishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi. Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarlarga ayirboshlanilmadi. Jam`garish yuzaga keladi va jam`garilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng bo`lmaydi. Klassikchilar ja`mi talab va ja`mi taklifga bo`gliq holda narxning tebranishi barcha bozorlarni, shu o`rinda mehnat bozorini ham, resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi. Bo`glanish: bozorda narxning pasayishi ish haqini pasayishiga olib keldi yoki ish haqi avvalgiday qolsa u holda ishsizlik yuzaga keldi. Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929-1933 yillardagi, klassik iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini ko`rsatdi. Download 143.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling