O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari va shakllari. Ularning rivojlanish bosqichlari


Download 143.95 Kb.
bet4/12
Sana09.06.2023
Hajmi143.95 Kb.
#1475300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

1.2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari va shakllari. Ularning rivojlanish bosqichlari.
Iqtisodiyot o`zini-o`zi tartibga solish davrida bozor mexanizmi uzoq vaqt mobayinida iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizm bo`ldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan taribga solish zarurati va uni bozor bilan uy`gunlashtirish biroz keyinroq yuzaga keldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rivojlanishini ikki yirik bosqichga bo`lish mumkin:
1. Ikkinchi jahon urushiga qadar;
2. Ikkinchi jahon urushidan keyin.
Birinchi bosqichda davlat xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay shartsharoitlar yaratib berdi: mehnat, soliq, savdo va ijtimoiy qonunchilik asoslari ishlab chiqildi. Erkin raqobat davrida davlat xarbiy zavodlar va temir yo`l qurilishida xususiy kapitalni kengaytirish yo`li bilan xo`jalik jarayonida ishtirok etishni boshladi. Shu bilan birga davlat alohida sohalarni tartibga
solishni boshlaydi (agrar soha, pul-kredit …).
Ikkinchi bosqichda bir qator davlatlar tarmoqlarni rejalashtirishga, milliy va hududiy rivojlanishni dasturlashtirishga, davlatning byudjet-kredit sohasida iqtisodiyotni tartibga solish faolligini oshirishdi. Iqtisodiy rivojlanishda davlat aralashuvi umum iqtisodiy xususiyatga ega bo`lib, davlat uzoq muddatli strategik maqsadlarni ishlab chiqdi. Bu bosqich integratsion ittifoqlar doirasida xalqaro darajadagi o`rta muddatli umumdavlat kelishuvlari bo`yicha davlat faoliyatlarini tavsiflaydi. (EI, O`IXT va b. ).
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay sharoit yaratishdan to iqtisodiy hamkorlik doirasida o`rta muddatli umumdavlat dasturini xalqaro kelishuvlar darajasigacha bo`lgan yo`li bosib o`tildi. Hozirgi kunda davlat iqtisodiy tizimda iqtisodiy indikatorlarga faol ta`sir etuvchi yagona va asosiy tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi markaziga aylanmoqda, iqtisodiy o`zgarishlarga qulay sharoit yaratmoqda. Bozor iqtisodiyotini barcha jabxalarni tartibga solishda davlat boshqaruviga zaruriy elementi sifatida qaraladi. Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi –
1.Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish;
2.Bozorni amal qilishi uchun qulay sharoit yaratish;
3.Iqtisodiy o`sishning barqaror darajasini ta`minlash;
4. Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni boshqarish;
5. Ijtimoiy taraqqiyotni ta`minlash;
6. Ekologik va demografik muammolarni xal etish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi turli uslublar bilan amalga oshiriladi. Ulardan: iqtisodiy, qonuniy-ma`muriy va sudlov. Ushbu uslublar turli vositalardan foydalangan holda turli usullar orqali amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan tartibga solish turlari: mutloq davlat monopoliyasi (sobiq ittifoq va boshqa davlatlar) va iqtisodiy erkinlik darajalari, ya`ni bu darajalar o`rtasida bir qator oraliq ko`rinishlari mavjud bo`ladi (Xitoyda bozor sotsializmi, Germaniya va Avstriyada ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti, Shvedtsiya aralash iqtisodiyot modeli ). Ta`kidlab o`tilgan davlat tomonidan tartibga solish usullari to``gri va egri usullarga bo`linadi. To``gri usullarga: davlat subsidiyasi, davlat tadbirkorligi, iqtisodiyotni davlat boshqaruvi tizimi taaluqlidir. Egri usullarga: soliq, jarima, kvotalar, bojxona bojlari va boshqalar taaluqlidir. Indikativ rejalashtirish va davlat dasturlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim shakli hisoblanadi.
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko‘rsatish lozim boiadi. Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va auksion kabilar bozorrning yuqori darajada rivojlangan ko'rinishlaridir.
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo’lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud boiib, ular hech qachon bir-birini ko’rmaydi yoki bilmaydi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan Yaratilgan tovar va xizmatlami, iqtisodiy resurslami iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo’lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo’ladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun Yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo’li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘1adilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovami tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo’llaniladi. Bozoming bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo’lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozoming bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo’llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo’ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ulaming daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.



Download 143.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling