O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi saboqlari va iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli haqidagi iqtisodiy liberalizm nazariyasining inqirozi


Download 143.95 Kb.
bet10/12
Sana09.06.2023
Hajmi143.95 Kb.
#1475300
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

2.3. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi saboqlari va iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli haqidagi iqtisodiy liberalizm nazariyasining inqirozi.
Iqtisodiy inqiroz bozor mexanizmining o`zi iqtisodiyotni tartibga soluvchi va
barqarorlashtiruvchi yagona mexanizm bo`la olmasligini ko`rsatdi. Iqtisodiy liberalism kontseptsiyasining ta`siri zaiflashdi. 1929-1933 yillarda bo`lib o`tgan iqtisodiy inqiroz davrida ishlab chiqarish sur`ati 45% ga pasaydi, ishsizlik darajasi oshib ketdi va h.k. Asosan 1929-1933 yillardagi inqiroz o`zgaruvchan sharoitda bozor davlatning aralashuvisiz ishlab chiqarishni tartibga solishga va resurslardan samarali foydalanishni ta`minlash imkoniyatiga ega emasligini ko`rsatdi. Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns(1883-1946) taklif etgan kontseptsiya iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarning rivojlanishida yangi va muhim bosqichi hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uy`gunlashtirilgan iqtisodiyotda davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini ko`rsatib berdi. Keyns kontseptsiyasi o`sha davrdagi xo`jalik tizimini xalokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan edi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rniga klassik(iqtisodiy liberalizm) qarashlarda burilish yasadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqidagi qarashlarda keyns inqilobi nomini oldi. Keyns iqtisodiy modelning mazmunini «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936 y.) asarida yoritib berdi. Bu tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti doktrinasi edi. U bozor iqtisodiyoti «kasal» uni davolash lozim deb hisoblaydi. «Keyns inqilobi» jarayonida ol`ga surilgan `goya klassik siyosiy iqtisodchilarni qarashlarida bozor iqtisodiyotiga qarashlarida burilish yasadi. Keyns yalpi talab va taklifni takomillashtirishda davlat siyosatidan foydalanmasdan turib ishlab chiqarish inqirozidan chiqish mumkin emasligini ko`rsatib berdi. Ja`mi talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari orqali davlat tomonidan tartibga solish - Keyns `goyasining asosini tashkil etadi. Keyns ta`limotidagi asosiy tezis: - talab taklifni belgilaydi. Ishsizlikni va resurslardan to`liq foydalanilmaslikni qisqartirish uchun esa davlat o`zning harajatlarini kengaytirish yo`li bilan talabni ra`gbatlantirishi, kam foizli soliq tizimi orqali
xususiy investitsiyani ra`gbatlantirishi lozim. Keyns modeli narxlar va ish haqlari qisqa davr ichida sekin o`zgarishi bilan klassik modeldan farqlanadi. Keyns Seyning taklif shaxsiy talabni yuzaga keltiradi degan qonunini radetdi. Keyns ja`mi talab ja`mi taklifni yuzaga keltiradi, degan fikrni ilgari suradi.


Download 143.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling