O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti
-rasm. Bir qavatli sanoat binolari unifikastiyalangan andozaviy seksiyasining gabarit
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019
1.2-rasm. Bir qavatli sanoat binolari unifikastiyalangan andozaviy seksiyasining gabarit
sxemasiga doir misollar: a–ustunlar kataklari 24x12m, 18x12m V–birxillashtirilgan seksiyalardan blok qilib tuzilgan sanoat binosi variantlaridan biri; 1–asosiy seksiyalar; 2–qo‘shilgan seksiya. 1.5 Sanoat qurilishida yagona modul tizimi Bino va inshootlarni hajm rejalashtirish va konstruktiv yechimlarni unifikastiyalash va birxillash ularning elementlarini va o‘lchamlarini bir birlari bilan bog‘lashga olib keluvchi yagona modul tizimi (YaMT) zaminidagina olib boriladi. Sanoat qurilishida vertikal, gorizontal o‘lchamlarda yagona modul tizimi sifatida 1 M = 600mm birlik qabul qilingan. 14 Hajmiy-tarhiy komponentlari: oraliqlar eni va ustunlar qadami–10 M (ko‘p qavatli binolarda–5 M); xona balandligi 3,6 m dan 6,0 metrgacha bo‘lganda har bir balandlik farqli –1 M dan; 7,2 metrdan 10,8 metrgacha –2 M va 10,8 metrdan 18 metrgacha va undan baland bo‘lganda esa 3 M birlikda oshib boradi. Ko‘p qavatli binolarda qavat balandliklari karrali, ya’ni 2 M birlikda oshib borishi qabul qilingan. Misol uchun bino balandligi 3,6+M=3,6+0,6m=4,2 metr yoki 7,2m+2M=7,2+0,6mx2=8,4metrga teng. 1.6 Ishlab chiqarish–texnologik sxemasining binolar hajmiy-tarhiy yechimlariga ta’siri Har qanday sanoat binolarining hajmiy-tarhiy yechimlari binoda joylashgan texnologik jarayon harakteriga bog‘liq bo‘ladi. Texnologik jarayon ishlab chiqarish–texnologik sxemasiga asosan aniqlanib, unda ma’lum bir ketma–ket tayyor mahsulotni tayyorlashda ko‘zda tutilgan dastgoh va ularning joylashish harakteri, stex ichki ko‘tarma transport jihozlari ko‘rinishi va yuk ko‘tarish qobiliyati, nomenklaturasi, xonalar o‘lchami (katta–kichikligi) va ketma–ket joylashganligi, ichki harorat, namlik darajasi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Texnologik sxema xom materiallarning kelib tushish joylari, ishlab chiqarish chiqindilarini tashlash, muhandislik tarmoqlarini joylashtirish va o‘tkazish joylarini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda texnologik sxema avtomat yo‘llarining joylashishi va buyumlarga ishlov berish va uni yig‘ishdagi turli xildagi operastiyalar bajarilishini ko‘zda tutadi. Korxona bosh rejasida bino va inshootlarning o‘zaro joylashishi, ular orasidagi masofalar va boshqalar butun korxona texnologik sxemasi uzviy bog‘langan bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling