O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


  1.7. Stex rejalarini ko‘rinishi va blokirovka qilish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

 


15 
1.7. Stex rejalarini ko‘rinishi va blokirovka qilish 
 
Sanoatda chiqarilayotgan mahsulot turlarining ko‘rinishi 250 tagacha bo‘lgan 
ishlab chiqarish tarmoqlari va guruhlarini tashkil etadi. Shuning uchun ham sanoat 
binolarining turlari va ko‘rinishlari juda katta diapozonga ega bo‘ladi. 
Bunday ishlab chiqarish binolarini rejalashlarni ikki turga ya’ni alohida yoki 
yoppasiga joylashuvchi sanoat binolari kabilarga ajratiladi. 
Birinchi turdagi binolar ko‘proq kichik quvvatga ega bo‘lgan korxonalarda 
uchraydi. Bunda kamchilik sifatida, katta maydondagi qurilish, muhandislik va 
transport tarmoqlarining uzayib ketishi, obodonlashtirish ishlari hajmining oshib 
ketishi, ishlab chiqarishda ketma–ketlik usulini qo‘llab bo‘lmaslik kabilarni keltirish 
mumkin. 
Hozirgi zamon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarishni bir turdagi va 
boshqa turdagi hamda boshqa hil texnologik jarayonlarini bitta binoda yig‘ish 
maqsadga muvofiqdir. 
Binolarni blokirovkasi texnologik dastgohlarni ko‘p variantlarda o‘rnashtirishga 
imkon berib, korxona maydonini 30–40% kamaytirishga olib keladi, tashqi devor 
parametrlarini 50% qisqartiradi, bino tannarxini 15–20% kamaytiradi, muhandislik 
transport tarmoqlarini va korxona hududini obodonlashtirish ishlarini birmuncha 
qisqartiradi. 
 
 
1.8. Ishlab chiqarish binolarida kishilar va yuk (transport) oqimi 
 
Alohida binolar va korxonalar rejalari ishlab chiqilishi hal qilinayotganda 
kishilar va transport oqimini tashkil qilish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. 
Yuk (transport) oqimining boshi korxona yoki stexga mahsulot va yarim 
mahsulot kelib tushadigan joy bo‘lib, undan stexlarga va bo‘limlarga tarqatiladi, 
tayyor mahsulot saqlanadigan joylar esa bu oqimning oxirgi joyi hisoblanadi. 


16 
Shuning uchun ham yuklar tashiladigan yo‘llar iloji boricha qisqa, ishchilar va 
texnologik dastgohlar uchun havfsiz, harakati chog‘ida, bir birini yo‘lini kesib 
o‘tmaydigan va jarayon davomida yuklar orqaga qaytib kelmaydigan bo‘lishi kerak. 
Ishchi va xizmatchilarning ishga yoki ish so‘ngida hamda tushlik paytida ko‘pchilik 
bo‘lib stex va korxona ichidagi harakati kishilar oqimini vujudga keltiradi. Shuning 
uchun ham kishilarning bunday harakati davomida ularning eng qisqa, qulay, havfsiz 
yo‘ldan yurishlarini ta’minlash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari ish joylari atrofi ham 
qulay bo‘lishi kerak. Ishchilar va stexlar ichida piyoda yurishlari uchun yo‘laklar 
ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Bir tekislikda kishilar va yuklar oqimining kesib 
o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda kesishadigan bo‘lib qolishsa u holda, yer osti 
yoki ma’lum bir balandlikda joylashgan tunnel, o‘tish joylarini ko‘zda tutish lozim. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling