O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti
Ishchilarning ish sharoitini va ularga ko‘rsatiladigan maishiy xizmatni
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019
1.13 Ishchilarning ish sharoitini va ularga ko‘rsatiladigan maishiy xizmatni yaxshilash Ishlab chiqarish binolarida texnologik jarayonni me’yorda ta’minlash bilan birgalikda ishchi va xizmatchilar uchun sanitar–texnik ish sharoitini yaratish lozim bo‘ladi va shu bilan birgalikda ish joyi yaxshi tashkil qilingan bo‘lishi hamda, ishchilarga maishiy xizmat tizimlari, kasbiy malaka darajalarining o‘sishiga sharoit va dam olishlariga imkoniyat yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitni yaratish uchun bino ichida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak: a) ishlab chiqarish xonalari texnologik jarayon davomida ajralib chiqadigan zararli havo chiqindilaridan shamollatgich va havo kondistionerlari yordamida tozalanib turishi; b) changli va zararli ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xonalarni bir biridan ajratish; v) ish joylarini yetarli darajada yoritish; g) me’yoriy harorat–namlik sharoitini yaratish. Me’yorlar bo‘yicha ma’muriy–maishiy bino (MMB) ko‘zda tutiladi va korxona xovlisida tinch, sokin dam olish joylari, sport maydonchalari, suhbatlashish joylari va ko‘kalamlashtirish joylari bo‘lishi kerak. 20 1.14 Ishlab chiqarish binolarining intereri Ishlab chiqarish binolarining intereriga e’tibor berib barpo etish natijasida stexlarda mehnat sharoiti yaxshilanadi. Kishilar o‘zlarini tinch, erkin sezadilar, ularning mehnati nisbatan engil va sog‘lom ruhda kechadi, o‘z mehnatidan qoniqish hissiyoti uyg‘onadi. Ishlab chiqarish unumdorligi 30–35% ga oshadi, ishchilar orasida shikastlanishlar soni 34–40% ga kamayib, tayyorlanadigan mahsulot sifati yaxshilanadi va brak mahsulotlarni ishlab chiqarish nisbatan kamayadi. Bino intererini loyihalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim: Asosiy texnologik maydonchalarni katta bo‘lgan zallarga yig‘ish; Dastgohlarni maksimal zich joylashishiga erishish; Texnologik o‘tkazuvchi quvurlarni guruhlash va ishlatishda o‘ng‘aylikni nazoratda tutib guruhlash; Ishchilarning kechqurun hamda kunduzgi paytlarda ko‘rish sharoitini ta’minlashda tabiiy yorug‘lik bilan sun’iy yorug‘likdan unumli foydalanish; Kishilarning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi manba hisoblanadigan yorug‘likdan unumli foydalanish; Sirti tekis, silliq konstruksiyalarni qo‘llash, chang, tutun namlik, kondensat turib qoluvchi, shamollatilmaydigan joylarning bo‘lmasligiga erishish; Akustika muammolarini hal qilish va ishlab chiqarish joylari musiqali eshittirishlar hamda ko‘rsatma taxtalar bilan ta’minlanishi va boshqalar; Mebel’ jihozlarini o‘rnatish, xona ichi ko‘kalamzorlarini tashkil qilish va boshqalar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling