O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti
Sanoat binolarini loyihalashda yong‘inga qarshi tadbirlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019
1.9 Sanoat binolarini loyihalashda yong‘inga qarshi tadbirlar Yong‘inga qarshi tadbirlarda: yong‘in chiqishini oldini olish, yong‘in chiqqudek bo‘lsa, olovning tarqalishini cheklash, kishilarni evakuatsiya qilish, yonayotgan binodagi qimmatbaho buyum va materiallarni saqlab qolish va yong‘inni tezlikda o‘chirishni ta’minlash kabilar kiradi. O‘t o‘chirish mashinalarini va o‘t o‘chiruvchilarni yonayotgan binoga oson va qulay yaqinlashishini ta’minlash va shuningdek o‘t o‘chiruvchilar gidrantlar va suv quvurlarini, yashin qaytargichlarni o‘rnatish va shu bilan birgalikda boshqa qo‘pgina tadbirlar qurilish me’yorlarida belgilanadi. 17 1.10 Sanoat binolarini texnik–iqtisodiy baholash Sanoat binolarini hajmiy-tarhiy va konstruktiv yechimlarini texnik–iqtisodiy baholashda quyidagi tavsifnomalar muhim ahamiyatga loyiqdir: – hajmiy–tarhiy yechimlarining tejamliligi; – bino hajmi, bino foydali maydoni, ishchi yuzasi rejasi, konstruktiv maydoni, qurilish maydoni, tashqi devor va xonalarning muvofiqligi; – bino rejasining qurilish konstruksiyalari bilan ta’minlanganligi; – bino shaklining tejamliligi bilan belgilanadi. 1.11. Universal sanoat binolari Sanoatning hozirgi kundagi rivojlanish ko‘lamiga ko‘ra bnolarni nisbatan ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirishga oson moslashadigan yoki arxitektura– qurilish qismini o‘zgartirmasdan ichiga har hil ishlabchiqarishni joylashtirishni ta’minlaydigan binolarni ishlatish qulay hisoblanadi. Bunday binolarni nomini universal yoki moslashuvchan deb ataladi. Universal binolarning xususiyatlaridan asosiylari, ularda ustunlar katagining yiriklashganligi va texnologik oqimni bo‘ylama va ko‘ndalangiga tashkil qilishni ta’minlash, shuningdek stexda ish sharoitini yaxshilash bilan birga bino tannarxini tushirishdadir. Moslashuvchanlik darajasiga ko‘ra bir qavatli universal binolarni uch guruhga ajratish mumkin: A) kamroq moslashuvchan bino ustunlar to‘ri 12x12 va 12x18m; V)o‘rta moslashuvchan bino ustunlar to‘ri 12x24,18x18va 18x24m; S) yuqori darajadagi moslashuvchan ustunlar to‘ri 12x36, 12x60, 18x36, 18x48, 36x36,48x48 va 60x60m. 18 Ko‘p qavatli binolarda ustunlar to‘ri 6x9, 12x6, 6x18, 9x9, 9x18,12x12, 12x18m va undan katta qilib olinadi. Oddiy binolarda universal binolarni farqli ularning osma transport vositalarini qo‘llash – xom materiallarni tejashga va bino narxini tushirishga olib keladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling