O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti San`atshunoslik fakulteti


Download 1.66 Mb.
bet2/7
Sana07.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1174674
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nodirbek tex ijod

Ijodkorlik - qabul qilingan fikrlash odatlaridan og'ib, muammolarni nostandart usulda muvaffaqiyatli hal qilish uchun yangi original g'oyalarni yaratish va topish qobiliyati. Bu muammolarni boshqa tomondan ko'rish va ularni noyob tarzda hal qilishdir. Ijodiy fikrlash - bu tabiatda konstruktiv bo'lgan inqilobiy va ijodiy fikrlashdir.
Ijodiy fikrlash biznesda, fanda, madaniyatda, san'atda, siyosatda, bir so'z bilan aytganda raqobat rivojlanib borayotgan hayotning barcha jabhalarida muhim ahamiyatga ega.
Masalan, ijodkorlik tadbirkorlarga kelajak allaqachon ko'rish mumkin bo'lgan joyni ko'rishga imkon beradi. Agar ma'lum bir joy raqobatchilar bilan to'ldirilgan bo'lsa, ular yangi narsalarni topishlari mumkin. Ijodiy qobiliyat yozuvchilarga o'qishdan charchash qiyin bo'lgan asl hikoyalarni topishga imkon beradi. Ijodkorlik psixologlarga mijozlar bilan muloqot qilishning yangi usullarini topishga yordam beradi. Olimlarning ijodi inson taraqqiyotida muhim omil hisoblanadi. Va muhandis, dizayner, reklama beruvchi (reklama menejeri, reklama agenti ...) ... ijodiy yondashuv qanchalik muhimdir.


Ijodkor bo'lish - bu dunyoda ma'lum imtiyoz va afzalliklarga ega bo'lish, masalan, ishdagi hamkasblaridan ajralib turish, yanada qiziqarli suhbatdosh bo'lish (zerikish va manmanlik - ijodiy odamlarga xos bo'lmagan fazilatlar), qiyin hayotiy vaziyatlardan kutilmagan echimlarni topa olish demakdir. Ijodkor odamlar boshqalarga nisbatan muvozanatli va bag'rikengdir, chunki ular dunyoni har kim o'z yo'lida ko'rishini bilishadi.
Siz o'zingizning ijodiy qobiliyatingizdan nafaqat yangi qiziqarli g'oyalarni (hayotni yoki uning individual jihatlarini yaxshilash uchun), balki o'zingizni takomillashtirish va umuman shaxsni rivojlantirish uchun ham ishlatishingiz mumkin. Har qanday ijodiy faoliyat shaxsiy mazmunga ega bo'lishga va o'z qadriyatlarimizni anglashga yordam beradi. Va bu insonni boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turadigan eng muhim ma'naviy ehtiyojdir.
Insoniyat tarixi oʻzligini anglagan, buyuk gʻayrioddiy insonlar, oʻziga xos daho shaxslar – paygʻambar va avliyolar dunyoga kelib-ketib turganining guvohi boʻlgan. Ulardagi sirli (mistik), gʻayrishuuriy bilimlar, taʼlimotlar, moʻjiza va karomatlarni Yaratganning Oʻzi inʼom qilgan. Lekin ulardan boshqa, oddiy insonlarning daholigi oʻrganilishi kerak boʻlgan alohida muammodir. Insoniyat hayoti juda uzoq asrlar mobaynida zabardast daholarni shakllantirgan. Aniqrogʻi, sharoit ularni yetishtirgan. Isteʼdod, iqtidori boʻlmagan shaxs ijodkor, daho boʻla olmaydi. Oʻz navbatida, hamma isteʼdod egalari ham daholik darajasiga erisha olmaydi. Isteʼdod buyuklik, daholik tomon tashlangan birinchi qadamdir.
Ijod bu – chidam, ham ruhlanish, ham mehnat, ham rohatlanish, ham “ijod azoblari”, ham “ijod quvonchi”dir.
Ijodkorlik mehnat ekanligiga shak-shubha yoʻq, lekin u boshqa barcha aqliy mehnat turlaridan katta farq qiladi. Ayni shu maʼnoda, u davomli hodisadir. Bu jarayonda ijodkorning shaxsiy xislatlari – fazilatlari katta rol oʻynaydi. Agar ijodkor mehnatkash, har bir kunini muayyan reja asosida tashkil qiladigan, vaqtning qadriga yetadigan, dadil, qiyinchiliklardan choʻchimaydigan boʻlsa, u oʻz ishini oxiriga yetkaza oladi. Bordiyu buning aksi boʻlsa, ijodiy maqsadlari, nari borsa, yaxshi topilma sifatida, chiroyli reja tarzida qolib ketadi. Bu esa ijodkorning shaxsiy xislatlarining maʼnaviy-axloqiy jihatlarini (ayniqsa, olimlik axloqi va masʼuliyatini) chuqurroq tadqiq etishni qanchalik dolzarbligini koʻrsatib turibdi.
Daholikning asosiy siri – insonning erkin faoliyatida namoyon boʻladi. Ammo ijodning ibtidosi, oʻtmish natijasi emas, shuningdek, u tarixiy yoki kosmik davrda ham amalga oshirilmaydi. Balki u insonni mavjudligi bilan ham zamonga xos sifatga ega boʻladi. Tarixiylik nuqtai nazaridan esa, ijod paradoksal ravishda oʻtmishdan rivojlanib keluvchi, bugun va kelajakni bogʻlab turuvchi oʻziga xos fenomen, deb tasavvur qilinadi. Ijod qilish orqali biz oʻzligimizni anglaymiz, haqiqiy erkinlikni his qilamiz. Lekin bunday holat kamdan-kam uchraydi. Chunki ijod ayni shu murakkabligi va takrorlanmasligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham N. A. Berdyaev “Mening falsafamdagi oʻziga xoslik, eng avvalo, shundaki, men unga borliqni emas, erkinlikni asos qilib oldim”, deydi.
Har qanday mavjudotlardan farqli ravishda aynan insonga ijod qilish martabasi berilgan. Insonning oʻzi ham Yaratuvchining naqadar Ijodkorligini bildiradi. Insondagi bunday fazilat aynan ijodkorlikda yorqin namoyon boʻladi. Agarda borliqda barcha narsa tayyor yaratilgan boʻlsa, unda ijod gʻoyasining oʻzi ham boʻlmasdi.
Dahodagi ijodiy jarayon dialektik tabiatga ega, chunki u oʻz-oʻzini oqlaydi. Oqlamaydiganlari esa oddiy ijodkorlarga xos boʻlgan takror va qaytariqdir. Dahoning oʻz-oʻzini anglashi tugʻmadir, yaʼni undagi ijodkorlik qobiliyati oʻzlashtirma xislat emas. Oʻzlashtirma xislat oddiy ijodkorlarda boʻladi. Oʻzida ijodiylikni anglash esa insondagi inqilobdir.
Ijodni hayot mazmuni va hayot haqiqatini izlash haqidagi oʻyga ham qiyoslashimiz mumkin. Chunki dahoning dunyoqarashiga, birinchi navbatda, uni oʻrab turgan muhit ham taʼsir koʻrsatadi. Darhaqiqat, ijod oʻzining tarixiy davri va unda harakatlanuvchi tarixiy ildizlarga bogʻliqdir, biroq uning oʻziga xosligi dunyoga tarixda boʻlmagan prinsipial yangi oʻzgarish kiritishidir. Shu bois, ijod bu – oʻtmish bilan kelajakni bogʻlab turuvchi va avlodlararo munosabatlarni taʼminlovchi obʼyektiv hodisadir. Binobarin, dastlabki ijod oʻtmish natijasi emas, u tarixiy yoki kosmik davrda amalga oshirilmaydi, bogʻliqlikni bilmaydi, ekzistensial vaqtda amalga oshiriladi. Bizningcha, tarixiy davrda ijod paradoksal ravishda kelajakdan keluvchi voqelik sifatida tasavvur qilinadi. Shu maʼnoda, ijod profetik xususiyatga ega. Haqiqatan ham, agar yangi eskisidan kelib chiqadigan boʻlsa, ikki elementlarning yangi jamlamasi hisoblanadi va bu – ijod soʻzining aniq maʼnosiga toʻgʻri kelmaydi.


Ijod bu – dunyoga prinsipial yangilik kiritish demakdir. Daho ijodi – konstruktiv yaratuvchanlikdir. Darhaqiqat, fanning koʻp asrlik tarixi kashfiyotlar bilan uzviylikka ega. Ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga keladi.
Daho shaxsining alohida ruhiy holati sifatidagi yana bir oʻziga xosligi uning yolgʻizligidir. U oila bilan yashaganda ham oʻzini yolgʻiz his qiladi, iloji boricha, oʻzini odamlardan olib qochishga intiladi. Bunday hodisa oddiy odamlarda oʻz menidan yiroqlashishni, tushkunlikni, xafaqonlik holatini paydo qiladi. Daho uchun esa bu ixtiyoriy hodisa, ijodning sharti hisoblanadi. U aynan mana shu yolgʻizlikda oʻzining mohiyati – ikkinchi meni bilan topishadi. Ayni paytda, bu men goʻyo dahoning vujudidan uzilib chiqqandek, xatti-harakatlarini boshqarib turadi.
Daho oʻzining asarini yaratadi, biroq birovnikini bayon qilish daholik sanalmaydi. Chunki u individual – insoniy ifoda ichida gʻayb ruhi va ilmi faollashayotganligini his qiladi. Shuning uchun ham baʼzan daholar deyarli ixtiyorsiz holatda ichida qattiq kuch taʼsirida harakat qilayotgan medium sifatida buyuk kashfiyotlar yaratadi. Shuningdek, boshqa paytlarda ham ular mashaqqatli mehnat, koʻp sonli tajribalar bilan yuqoridan berilayotgan narsani ifodalashga yoki adekvat qabul qilishga harakat qiladilar. Darhaqiqat, insonga ijodkorlik xos, ammo u faqat oʻz mohiyatini anglab yetsa ijodkorga aylanadi, qachonki, oʻzining oliy maqsadiga erishsagina buyuklikni his qiladi. Kamyu falsafiy asarlarida ijod – shaxsning ekzistensial muammosi sifatida talqin etiladi. Kamyu falsafasida ijod – haqiqiy olamda mavjud boʻlishning absurdligiga qarshi tugʻyon sifatida tushuniladi. Ijod unda absurdlikni yengib oʻtish usuli sifatida tasavvur qilinadi. Sartr esa ijodni ijodiy subʼyekt shaxsiyatini yaratish vositasi sifatida talqin etadi. V. Solovyov ham ijodni insonning Goʻzallik, Haqiqat va Ezgulik qadriyatlarini ifodalash va “bir butunlik” mohiyatiga erishishga boʻlgan harakati, deb tushuntiradi.
Ijodkor shaxsning eng yuksak koʻrinishi daholik bilan xarakterlanadi. Daholarning dunyoga kelishi esa zamondan tashqarida roʻy bermaydi, aksincha, biz tushunib yetolmaydigan qonuniyatlar asosida ular davrning zaruriyati bilan paydo boʻladilar. Daho oddiy aql anglab yetmagan, ilgʻamagan, hatto ilgʻagan boʻlsa-da, mahorati, isteʼdodi kamligi bois ochib berolmagan voqeliklar tubidagi voqeliklarni tasvirlab, odam va olam haqidagi tasavvurlarni mutlaqo yangi pogʻonaga olib chiqadi. Masalan, Shekspir daho sanʼatkor edi – u oʻz asarlarida insoniyatning mangu muammolarini, jamiyatni jamiyat qilib tutib turadigan asosiy ustunlarni yaxshi ilgʻab olgan va har bir asarida ularni betakror samimiyat va favqulodda mahorat bilan ifodalab bera olgan.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling