O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya univеrsitеti


Download 347.92 Kb.
bet1/8
Sana17.02.2023
Hajmi347.92 Kb.
#1205047
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish 2


O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVЕRSITЕTI

“2201- MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI” guruhi talabasining “Mashinalarni ishlab chiqarishda RDB dastgohlar va robotlarni qo’llash istiqbollari” fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Boshqarish dasturi matnini olish

Bajardi : Tajimuratov Dilmurod


Qabul qildi: Rajabov Ibrat

Reja:

1. Robototexnikalarni boshqarish asoslari.


2. Boshqarish elementlari paneli.
3. Visual Basic dasturlash tizimi.

Boshqarish elementlari paneli
Boshqarish elementlari paneli - bu ilova formasini visual ishlabchiqishda asosiy ishchi asbobi hisoblanadi (8.6-rasm). Boshqarish
General elementlari paneli View (Ko‘rinish) menyusidagi
Toolbox buyrug‘ini tanlash orqali chaqiriladi. Bu panelni chaqirishning yana bir usuli standart asboblar panelining Toolbox tugmasi bosiladi. Boshqarish elementlar paneli tarkibiga formani boshqarishning asosiy elementlari - belgilar, matnli maydonlar, tugmalar, ro‘yxatlar va forma maketini tezroq visual loyihalash uchun boshqa elementlar kiradi. Boshqarish elementlarini formaga elementlar paneli yordamida joylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Sichqoncha yordamida talab qilingan boshqarish elementini tanlangiz. 2. Forma qurish (konstruktor) oynasiga o‘tingiz. Shuning bilan sichqoncha ko‘rsatkichi jo ‘ylashtirilgan ob‘yekt joyini o‘matishga imkon beradigan krest holatiga o‘tadi. Sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda yangi ob‘yektning pozitsiyasi o‘lchamlarini kiritingiz. Dasturlashning eskicha an’anasiga ko‘ra Visual Basic ni o‘rganishni ekranga "Salom olam" matnini chiqaradigan oddiy dastumi o‘rganishdan boshlaymiz. Biz Visual Basic da Matnli blokdan (TextBox) va ikkita buyruq tugmalaridan (Commandl, Command2) tashkil topgan loyiha yaratamiz. "Matnni chiqarish" tugmasini bosganda "Salom olam" matni matnli blokda paydo bo‘lishi va "Ishni yakunlash" tugmasi bosilganda dastur yakunlanishi кегак. 1. Visual Basic ni ishga tushiramiz va yangi standart ilova yaratamiz. Ekran ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi (8.8-rasm). 2. Boshqarish elementlari panelidan sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda matnli blok tugmasini tanlaymiz.
Sichqonchaning ko‘rsatkichini formaning ixtiyoriy nuqtasiga joylashtiiamiz. Ko‘rsatkich shu sababli krest shakliga o‘tadi. Formada matnli blokni chizamiz (8.9-rasm). 3. Yuqoridagi usulda boshqarish elementlari panelidan "Buyruq" tugmasini (Command Button) bosamiz va uni bizning formamizda qayta chizamiz (8.10-rasm). 4. Yana bitta tugma yaratamiz (8.11-rasm). 5. Matnli blokning (Text box) xossasini o‘zgartiramiz. Buning uchun matnli blok ob‘yektiga sichqoncha yordamida bosamiz va ob‘yektning xossalari oynasiga o‘tamiz. Textl ob‘yektining "Text" xossasini o‘zgartiramiz (8.12-rasm). Endi matnli blokda hech qanaqangi matn bo‘lmaydi. Matn buyruq tugmasini bosgandan keyin oynaga chiqadi. Kerakli matnni buyruq tugmasimng dasturiy kodiga yozamiz. Hozircha shrift va matn xarakteristikalarini o‘zgartiramiz. Shriftni 2-Center - markaziga barobarlashtirish (Ochilib-yopiladigan ro‘yxat oynasidagi strelkani bosish orqali kerakli band tanlanadi) bilan "Barobarlashtirish" (Alignment) xossasini o‘rnatamiz. Shrift Font xossasida o‘rnatiladi. 6. Commandl buyruq tugmasining xossalarini o‘zgartiramiz. Buning uchun Commandl tugmasiga sichqoncha yordamida bosamiz va Caption xossasiga "Matnni chiqarish" jumlasi kiritiladi. 7. Ob‘yektning kodlari oynasidagi (Code) Private Sub va End
Sub qatorlar orasiga "Salom olam" jumlasini matnli blokga chiqaruvchi dastur matnini kiritamiz. Bu dastur matni Textl ob‘yektining Text xossasini o‘zgartiradi va quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Textl.Text = "Salom olam!" (8.14-rasm). 7. Command2 buyruq tugmasining xossalarini o‘zgartiramiz. Buning uchun Caption xossasiga "Ishni yakunlash" jumlasi kiritiladi. 9. Command2 ob‘yektining kodlar oynasidagi (Code) Private Sub va End Sub qatorlar orasiga dastur ishini yakunlovchi End buyrug‘ini yozamiz (8.16-rasm). 10. Dasturni ishga tushirish uchun asosiy menyudagi Run b° Hmidan Start buyrug‘i tanlanadi yoki asboblar panelidagi uchburchaklikli tugma bosiladi (8.17-rasm). 11. Ekranda biz yaratgan dastur ilovasi chiqadi.
Robototexnika (chex.—majburiy mehnat + qadimgi yunonchaτέχνη — sanʼat;inglizcharobotics) — bu robotlarni qurish, ishlatish va ulardan foydalanish, shuningdek ularni boshqarish, sezish va maʼlumotlarni qayta ishlash bilan shugʻullanadigan mexanik, elektrotexnika va elektron muhandislik va kompyuter fanining birlashgan sohasi.
Robototexnika-bu robotlardan tashqari avtomatlashtirilgan texnik tizimlar va ishlab chiqarish jarayonlarining eng yangi texnik integratsiyasini ishlab chiqish va ulardan foydalanish yoʻllarini oʻrganadigan fan.
Avtomatlashtirilgan mashinalar, boshqacha aytganda, robotlar xavfli hududlarda yoki fabrikalarda yigʻish jarayonlarida odamlar oʻrniga ishlashi múmkin. Robotlar tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati va idrokida odamlarga juda o‘xshash bo‘lishi mumkin. Hozirda olimlar inson shaklidagi robotlarni imkon qadar odamga o‘xshatishga harakat qilmoqda.
Avtonom robotlar haqida qadim zamonlardan beri oʻylangan, ammo bu boradagi tadqiqotlar 20-asrgacha boshlangan. Ertak davridan beri robotlar bir kun kelib inson xatti-harakatlariga taqlid qilib, inson ishlarini bajarishi bashorat qilingan. Bugungi kunda robototexnika jadal rivojlanayotgan sohadir. Texnologiya tez rivojlanar ekan, robototexnika ham tez rivojlanmoqda, chunki robototexnika texnologiya bilan chambarchas bogʻliq. Texnologiyaning rivojlanishi bilan tadqiqot va ishlanmalar oʻzgarib, rivojlanmoqda, buning natijasida robotlarni qoʻllash sohasi ham oʻsib bormoqda. Bugungi kunda robotlar uylarda, korxonalarda va harbiy sohada qoʻllaniladi. Koʻpgina robotlar odamlarga toʻgʻridan-toʻgʻri zarar etkazadigan holatlarda, masalan, minalar va bombalarni zararsizlantirishda qoʻllaniladi.
Boshqa dasturlash tillari kabi VB tilida ham vaqtinchalik qiymatlami saqlash, parametrlami uzatish va hisoblashlar olib borish uchun o‘zgaruvchilardan foydalaniladi. VB tilida o‘zgaruvchilami ta’riflash va ulardan foydalanish asosiy xususiyatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Odatda o‘zgaruvchilarni ishlatishdan oldin, uni e’lon qilishadi, ya’ni shu Visual Basic va o‘z dasturingizda o‘zgaruvchilar nomlaridan foydalanishingiz haqida oldindan xabar berasiz, bunda o‘zgaruvchida saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumot turi ham e’lon qilinadi. 0 ‘zgaruvchilar operativ xotirada ma lumotlarni vaqtincha saqlash uchun o‘zini rezervga olingan holda e’lon qilinadi. Har bir o‘zgaruvchi shaxsiy nomlarga ega bo‘ladi. 0 ‘zgaruvchiga qiymat o‘zlashtirilgandan keyin biz uni va qiymatini dasturda ishlatishimiz murnkin. 0 ‘zgaruvchilar Dim (dimension - oMcham degan so‘zdan kelib chiqqan) operatori yordamida e’lon qilinadi. Dim operatori o‘zgaravchi bilan operativ xotiraning aniqlangan sohasini rezervga oladi. 0 ‘zgaruvchini e’lon qilish uchun o‘zgaruvchi nomini Dim operatoridan keyin yozish darkor. 0 ‘zgaruvchining nomidan keyin uning turini ko‘rsatish maqsadga muvofiq keladi. Masalan, Dim X - X o‘zgaruvchisi turi ko‘rsatilmasdan e’lon qilinadi. Dim X As Integer - X o‘zgaruvchisining turi ko‘rsatilgan holda ya’ni butun deb e’lon qiladi.
Visual Basic dasturlash muhitida ixtiyoriy turdagi maMumotlami qabul qiladigan Variant turiga ega. Variant turiga mansub o'zgaruvchi foydalanishga juda qulay, lekin o‘zgaruvchilami aniq bir turda e’lon qilish operativ xotirani tejam ishlatilishiga imkon beradi va dastuming ishlashini tezlashtiradi.
Garchi robototexnika hech qanday robotni tadqiq qilmasa va ishlab chiqmasa ham, bu robotlar Isaak Asimovning uchta qonuniga boʻysunishi kerak. U 1942-yilda yozgan „Horovod“ hikoyasida qonunlarni bayon qilgan.Bu qonunlar quyidagi fikr bilan yozilgan:

  1. Hech bir robot insonga zarar etkaza olmaydi yoki harakatsizlik orqali zararni oldini olmaydi.

  2. Birinchi qonunni buzmasdan, robot barcha insoniy buyruqlarga boʻysunishi kerak.

  3. Agar u birinchi va ikkinchi qonunlarga zid boʻlmasa, robot oʻz xavfsizligini taʼminlashi kerak.


Ta’lim jarayonida talabaning kasbiy hamda individual rivojlanishi jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuv sifatida ixtisoslik fanlarini intellektual tizimlar asosida o’qitishning maqsadi, tarkibi va qo’llash texnologiyalarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb muamolaridan biri hisoblanadi. O’qitishning intellektual tizimi sun’iy intellekt metodlari va vositalarining avtomatlashtirilgan o’qitish sohasida qo’llanishining amaliy natijasi bo’lib, ta’lim tizimlarining yangi avlodi hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida talabaning bilim ko’nikma va malakalarini shakllantirishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish uchun, ixtisoslik fanlari o’qituvchisi uch asosiy tipdagi bilimlardan foydalanadi: o’qitilayotgan ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar, o’qitish metodlari to’g’risidagi bilimlar va ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar. O’qitishning an’anaviy avtomatlashtirilgan tizimlarida bu bilimlarning ko’pgina qismlari tanlangan o’qitish metodikasiga mos ravishda o’quv fanining alohida bo’limlariga qat’iy ravishda kiritilgan.
O’qitishning intellektual tizimida zarur bo’lgan bilimlar ajratib olinadi va sun’iy intellektning turli metodlari va texnologiyalaridan foydalangan holda ko’rsatiladi. O’qitishning intellektual tizimida o’quv materialini taqdim etishda, bu bilimlardan foydalanib va talabaning psixofiziologik va intellektual imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, eng samarali o’qitish metodlari, usullari va sur’atlarini, fanning mazmuni, hajmi va topshiriqlarning murakkablik darajasini aniqlash va tartibga solish mumkin bo’ladi.
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimi bilimlar bazasi, boshqarish tizimchasi, o’qitish tizimchasi va muloqot tizimchasidan iborat. Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimining asosi bo’lib bilimlar bazasi hisoblanadi. Har bir ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar bazasi o’z navbatida, o’zaro bog’langan bir necha
ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi va har biri o’qitilayotgan fanning ma’lum bir qismlarini tashkil etadi:
«Atamalar va asosiy tushunchalar», «Nazariya», «Amaliy-laboratoriya ishlari», «Mustaqil ishlar». O’qitish metodlari haqidagi bilimlar «Topshiriqlar» ma’lumotlar bazasida yig’ilib boradi, bu bazada o’quv fanining barcha bo’limlari bo’yicha didaktik materiallar tasniflangan va tartibli tarzda, o’qitish metodlariga mos ravishda namoyon bo’ladi. Ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar «O’qitish natijalari» ma’lumotlar bazasida yig’iladi. Bunda har bir talabaning individual kartasi tuzilib, unda o’qitilayotgan fan bo’yicha talaba ega bo’lgan bilimlar darajasi va sifati haqida, uning psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Bilimlar bazasini boshqarish tizimchasi yangi bilimlarni kiritish va to’plash uchun mo’ljallangan. Birinchi bosqich tizimni o’rganishdan iborat bo’ladi, ixtisoslik fani bo’yicha barcha bilimlar yangi hisoblanadi va bu bilimlarni yig’ish tizim va ekspert o’rtasidagi muloqot (dialog) jarayonida amalga oshiriladi.
Keyingi bosqichlarda yangi bilimlarni izlash avtomatik tarzda amalga oshiriladi: barcha qabul qilinayotgan axborotlar mavjud bo’lgan axborotlar bilan solishtiriladi, mavjud bo’lgan bilimlarga tayangan holda yangi axborotlar saralanadi, tahlil qilinadi va ularning tasnifi bir yoki bir necha variantda taqdim etiladi.
Masalan, biror buyumga ishlov berishning yangi usuli topilganda, uni bajarish yo’llari, kerak bo’ladigan asbob-uskunalar va moslamalar, foydalaniladigan materiallar, qo’llaniladigan sohalar haqidagi ma’lumotlar o’rganish uchun taqdim etiladi.
O’qitish tizimchasi aniq maqsadga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish va qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan hamda bu tizimcha uch moduldan iborat bo’ladi: o’qitishni boshqarish, topshiriqlarni shakllantirish, natijalarni tahlil qilish. O’qitishning har bir bosqichida, talabaning individual kartasini tahlil qilish natijalariga asoslangan holda o’qitishning maqsadi aniqlanadi, o’qitish vazifalari tanlanadi yoki ishlab chiqiladi. Agar talaba mustaqil ravishda ishlaydigan bo’lsa, uning harakatlari kuzatilib, xatoliklari, duch kelgan qiyinchiliklari qayd qilib boriladi, qachon o’quv jarayoniga aralashish, yordam ko’rsatish, talabaning individual kartasiga o’zgartirishlar kiritish lozimligi aniqlanadi.
Yordam talab qilinganda, uni ko’rsatishning optimal shakllari tanlanadi (xatoni ko’rsatish, talabaning o’zi xatolarini tuzatishi yoki bilmaganlarini to’ldirishi uchun informatsion materiallar taklif etish va h.k.). Barcha qarorlar talabaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi bois, intellektual tizim ta’lim jarayonining talaba uchun optimal tarzda kechishini ta’minlaydi. Muloqot tizimchasi ilm oluvchi bilan individual tarzda va tarmoq rejimida ishlashda, masofadan turib o’qitish jarayonida o’zaro muloqotni ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Bu tizim talabaning shaxsini aniqlashga, uning o’qitish tizimchasidan bilimlar bazasidan, ma’lumotlar va o’quv-axborot materiallaridan foydalana olishini ta’minlashga qaratilgan. Talaba va tizim o’rtasidagi muloqot tushunish uchun qulay bo’lgan shakllarda va sodda tilda amalga oshirilishi lozim.
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimini amalga oshirish jarayonining umumiy ko’rinishini quyidagi sxema tarzida ifodalash mumkin: foydalanuvchining shaxsi tasdiqlangandan keyin, uning tizimga kirish huquqi aniqlanadi, o’qitishni boshqarish tizimchasining moduli talabaning individual kartasining holatini tahlil qiladi, navbatdagi o’qitishning maqsadi, metodikasi va vazifalarini belgilaydi. Topshiriqlarini shakllantirish moduli tanlangan metodika va bilimlar bazasi ma’lumotlariga asoslanib, o’qitish vazifasini ishlab chiqadi. Talaba qo’yilgan vazifani bajaradi (nazariy materialni o’rganish, amaliy ishni bajarish, test, savollarga javob yozish va h.k.), bunda tizim bilan muloqot ta’minlanib turiladi, ya’ni talabaning ishi nazorat qilinib, kerak bo’lsa, yordam ko’rsatib turiladi. Natijalarni tahlil qilish moduli yo’l qo’yilgan xatoliklarni, sodir bo’lgan qiyinchiliklarni aniqlaydi va talabaning individual kartasiga o’zgartirishlar kiritadi. Shu bilan o’qitish sikli yakunlanadi va tizim keyingi jarayon uchun tayyorlik holatiga o’tadi.
Foydalanuvchining o’zi vazifani aniqlashi mumkin (ekranga nazariy materialning kerakli qismini yoki topshiriqni chiqarish, mavjud bo’lgan lug’atlar va manbalarga murojaat etish, individual kartani ko’rib chiqish va h.k.). Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimi talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, yopiq tizimda, avtomatlashtirilgan boshqaruv vositasida, mustaqil, individual, jamoaviy va masofaviy shakllarda shaxsning kamolotiga yo’naltirilgan, aniq maqsadlarga qaratilgan ta’lim jarayonini amalga oshirish imkonini beradi.
Mа’lumotlаrning interpretаtsiyasi. Bu ekspert tizimlаr uchun аn’аnаviy vаzifаlаrning biridir. Interpritаtsiya ostidа mа’lumotlаrning mа’nosini аniqlash tuShunilаdi, uning nаtijаlаri kelishilgаn vа аniq bo’lishi kerаk. Odаtdа mа’lumotlаrning ko’p vаriаntli tаhlili ko’zdа tutilаdi.
Diаgnostikа (tashxis). Diаgnostikа ostidа bа’zi bir tizimdаgi nosozlikni topish tuShunilаdi. Buzuqlik - bu me’yordаn chetgа chiqishdir. Bundаy tаlqin hаm uskunаlаr vа texnik vositаlаrning nosozligi vа hаm tirik orgаnizmlаrning kаsаlliklаri vа ehtimol bo’lgаn tаbiiy аnomаliyalаrni yagonа nаzаriy nuqtаi nаzаrdаn ko’rib chiqishgа imkon berаdi. Diаgnostikаlаnаyotgаn tizimning vаzifаviy tuzilishi (аnаtomiyasi)ni tuShunish zаruriyati muhim o’zigа xoslik bo’lаdi.
Monitoring.
Monitoringning аsosiy vаzifаsi vаqtning hаqiqiy qo’llashidа mа’lumotlаrni uzluksiz interpritаtsiyalаngаn vа u yoki bu o’lchаmlаrni yo’l qo’yilаdigаn chegаrаdаn tashqаrigа chiqishi hаqidа xаbаr berishdir. Аsosiy muаmmolаr tashvishli vаziyatni “o’tkаzib yuborish” vа “yolg’ondаn” ishlаb ketishning inversli vаzifаsidir. Bu muаmmolаrni murаkkаbligi tashvishli vаziyatlаr аlomаtlаr (simptom)lаrini emirilib ketishi vа vаqt kontekstini hisobgа olishning zаruriyatidаn iborаt. Loyihаlashtirish. Loyihаlashtirish oldindаn belgilаngаn xususiyatlаrgа egа “ob’ektlаr”ni tаyyorlashgа ixtisoslikni tаyyorlashdаn iborаtdir. Ixtisoslik ostidа zаruriy hujjаtlаr-rаsm, izohli yozuv vа x.k.ning butun mаjmuаsi tuShunilаdi. Bu erdа аsosiy muаmmolаr - ob’ekt “hаqidаgi” bilimlаrning аniq tаrkibiy bаyonni olish vа “iz”ning muаmmosidir.
Sаmаrаli loyihаlashtirish vа yanаdа ko’proq dаrаjаdа qаytа loyihаlashtirishni tashkil qilish uchun nаfаqаt loyihа qаrorlаrini o’zini bаlki ulаrni qаbul qilish sаbаblаrini shаkllаntirish zаrur. Shundаy qilib loyihаlashtirish vаzifаlаridа tegishli ET doirаsidа bаjаrilаdigаn ikkitа аsosiy jаrаyonlаr: xulosаlаrni chiqаrish jаrаyoni vа izohlash jаrаyoni yaqindаn bog’lаnаdi.
Bashorаtlash.
Loyihаlashtirilаyotgаn tizimlаr berilgаn vаziyatlаrdаn ehtimol bo’lgаn oqibаtlаrni mаntiqаn keltirib chiqаrаdi. Loyihаlashtirilаyotgаn tizimdа odаtdа pаrаmetrik dinаmik modeldаn foydаlаnilаdi, undа pаrаmetrlаrning mа’nosi berilgаn vаziyat ostigа to’g’rilаnаdi. Ushbu modeldаn chiqаrilаyotgаn nаtijаlаr ehtimollik bаholаrgа egа bashorаtlаr uchun аsosni tashkil qilаdi. Rejаlashtirish. Rejаlashtirish ostidа bа’zi bir vаzifаlаrni bаjаrishgа qodir ob’ektlаrgа tegishli hаrаkаtlаr rejаlаrini topish tuShunilаdi. Bundаy ETdа rejаlashtirilаyotgаn fаoliyat nаtijаlаrini mаntiqiy chiqаrish uchun hаqiqiy ob’ektlаr xulqi modelidаn foydаlаnilаdi. O’qitish. O’qitish tizimi qаndаydir fаnni EHM yordаmidа o’rgаnishdа xаtolаrni diаgnostikаlаydi vа to’g’ri qаrorlаrni аytib berаdi. U gipotetik “o’quvchi” vа uning o’zigа xos xаtolаri hаqidаgi bilimlаrni jаmlаydi, keyin ishlashdа o’qiyotgаnlаr bilimlаridаgi kuchsiz joylаrni diаgnostikаlash vа ulаrni bаrtаrаf qilish uchun tegishli vositаlаrni topishgа qodir. Bundаn tashqаri ulаr bilimlаrni uzаtish mаqsаdidа o’quvchining muvаffаqiyatlаrigа ko’rа o’quvchi bilаn muloqot qilish hujjаtini rejаlashtirаdilаr.
Robotning harakatlanuvchi qismlari inson mushaklaridir. Oʻsha robotning „mushaklari“ harakat qilish uchun yigʻilgan energiyadan foydalanadi. Hozirgacha eng koʻp qoʻllaniladigan tur-bu gʻildirak yoki vitesni boshqaradigan elektr motor va fabrikalarda sanoat robotlarini boshqaradigan chiziqli haydovchi. Biroq, hozirda robotning „mushaklarini“, jumladan, elektr toki, kimyoviy moddalar yoki siqilgan havoni harakatlantirishning muqobil usullari mavjud.

Download 347.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling