(TextBox) va ikkita buyruq tugmalaridan (Commandl, Command2) tashkil topgan loyiha yaratamiz. "Matnni chiqarish" tugmasini bosganda "Salom olam" matni matnli blokda paydo bo‘lishi va "Ishni yakunlash" tugmasi bosilganda dastur yakunlanishi кегак. 1. Visual Basic ni ishga tushiramiz va yangi standart ilova yaratamiz. Ekran ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi (8.8-rasm). 2. Boshqarish elementlari panelidan sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda matnli blok tugmasini tanlaymiz.
Sichqonchaning ko‘rsatkichini formaning ixtiyoriy nuqtasiga joylashtiiamiz. Ko‘rsatkich shu sababli krest shakliga o‘tadi. Formada matnli blokni chizamiz (8.9-rasm). 3. Yuqoridagi usulda boshqarish elementlari panelidan "Buyruq" tugmasini (Command Button) bosamiz va uni bizning formamizda qayta chizamiz (8.10-rasm). 4. Yana bitta tugma yaratamiz (8.11-rasm). 5. Matnli blokning (Text box) xossasini o‘zgartiramiz. Buning uchun matnli blok ob‘yektiga sichqoncha yordamida bosamiz va ob‘yektning xossalari oynasiga o‘tamiz. Textl ob‘yektining "Text" xossasini o‘zgartiramiz (8.12-rasm). Endi matnli blokda hech qanaqangi matn bo‘lmaydi. Matn buyruq tugmasini bosgandan keyin oynaga chiqadi. Kerakli matnni buyruq tugmasimng dasturiy kodiga yozamiz. Hozircha shrift va matn xarakteristikalarini o‘zgartiramiz. Shriftni 2-Center - markaziga barobarlashtirish (Ochilib-yopiladigan ro‘yxat oynasidagi strelkani bosish orqali kerakli band tanlanadi) bilan "Barobarlashtirish" (Alignment) xossasini o‘rnatamiz. Shrift Font xossasida o‘rnatiladi. 6. Commandl buyruq tugmasining xossalarini o‘zgartiramiz. Buning uchun Commandl tugmasiga sichqoncha yordamida bosamiz va Caption xossasiga "Matnni chiqarish" jumlasi kiritiladi. 7. Ob‘yektning kodlari oynasidagi (Code) Private Sub va End
Sub qatorlar orasiga "Salom olam" jumlasini matnli blokga chiqaruvchi dastur matnini kiritamiz. Bu dastur matni Textl ob‘yektining Text xossasini o‘zgartiradi va quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |