O. SHpengler va A. Toynbi
Bu g’oyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. SHpengler (1880-1936) hamda ingliz tarixchisi A. Toynbi (1889-1975) ta’limotlarida har tomonlama asoslab berishga xarakat qilindi. O. SHpengler o’zining "Evropaning so’nishi" nomli asarida tarixni bir-biridan mustasno bo’lgan madaniyatlar majmuidan iborat. deb hisoblaydi xamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni ko’rsatadi. Bular: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab madaniyatlari, mayya va russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar o’ziga xos diniy asosga ega bo’lib, ularning xar biri qatьiy biologik maromga (ritmga) bo’ysunadi. Va quyidagi asosiy davrlarni bosib o’tadi: tug’ilish va bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik va so’nish. Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki bosqichi mavjud, deb ko’rsatiladi. Birinchi bosqich - madaniyat ravnaqi (sof madaniyat) va ikkinchisi - uning tanazzuli ("tsivilizatsiya") O. Shpengler yevropoitsentrizmga, ya’ni barcha madaniyatlarni yevropalashtirish goyasiga qarshi chiqdi. Xar bir madaniyatning o’ziga xosligi, bir-biridan mustasno xolda rivojlanish g’oyasini mutloqlashtirdi. Ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik ham mavjudligiga kam e’tibor qaratdi.
Yana bir olim A. Toynbi esa o’zining 12 jildlik "Tarixni o’rganish" asarida madaniyatlarning lokal rivojlanish g’oyasini davom ettirdi. Biroq uning ta’limoti Shpengler kontseptsiyasidan o’zining ikki jixati bilan farqlanadi. Birinchidan, insonda o’z hayotini erkin belgilash imkoniyati mavjudligini, tarixiy taraqqiyot zaruriyat va erkinlikning o’zaro birligidan iborat ekanligini nazarda tutsa, ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotning davriy modeli dunyoviy dinlar (buddizm, xristianlik, islom) ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil g’oyasi bilan boyitilgan.
Shunday qilib, XX asrga kelib rang-barang falsafiy ta’limotlar shakllandi. Ularning barchasini mazkur mavzuda ko’rib chiqish imkoniyati bo’lmasada, yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon bilan bog’liq murakkab fan ekanligi to’grisida muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu soxadagi bilimlarimiz, o’z navbatida, bizning milliy g’oya va mafkuramizni shakllantirishga, ma’naviyatimizning boyib, mustaxkamlanib borishiga, intellektual kamolotimizga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |