O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti San`atshunoslik fakulteti


Ish o`rnini tashkil qilish, sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari


Download 0.88 Mb.
bet2/10
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1362295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5321241978963239023

Ish o`rnini tashkil qilish, sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari.
(ish uchun zarur asbob-uskunalar, jihoz va moslamalar)
Har bir tadqiqot o‘ziga xos maxsus binolarda o‘tkaziladi. Bu binolar shu tadqiqot talablariga javob berishi kerak. Ma’lumki maktablarda fizika, kimyo, zologiya va shunga o‘xshash fanlar maxsus o‘quv yoki labarotoriya xonalarida olib boriladi. Shu labaratoriya xonalar yoki o‘quvxonalar tashkil etilganda fanning o‘ziga xos talablariga rioya qilinadi. Ma’lumki ustaxonalar har bir maktablarda bor. Ular hammasi xar xal xolda tashkil etilgan bo‘lib, bir biridan rejalari va jixozlari bilan farq kiladi. Bu ustaxona sanitariya-gigiyena, metodika (pedagogika) va texnikaviy tashkilot talablariga xam rioya qilingan bo‘lishi kerak. Sanoat korxonalarimiz anchadan beri texnika estetikasi kiritilgan. Bu korxona va ayrim sexlar shu texnika estetikasining talablariga munosib ko‘pgina ishlarni qilishdi. Bu qilingan ishlarning orasida:
a) uskuna va moslamalarga buyumlar texnalogiyasining yo‘nalishida asoslab o‘rnatilgan;
b) Uskuna va moslamalar texnika estetikasiga rioya qilingan xolda bo‘yaladi.
v) Ishchilarning xunariga munosib yangi maxsus kiyimlar yaratiladi.
Bunday o‘zgarishlar sex va korxonalarda mehnat unumini 28-30% oshirishga olib keladi. Korxonaning asosiy maqsadi va tashkiliy ishlari ko‘p va sifatli maxsulotlar chiqarish bo‘lsa, maktab ustaxonalarining asosiy maqsadi va tashkiliy ishlari, o‘quvchilarga to‘la bilim, to‘g’ri mexnat xarakatlari va bu xarakatlarni malakalashtirishdir. Buning uchun maktabdagi slesorlik ustaxonalari yangi texnika estetikasiga asoslanib quydagi talablarga rioya qilish kerak:
a) Sanitariya-gigiyena; b) Pedagogika (metodika);v) Texnikaviy tashkilot
Shuni xisobga olish kerakki, balog’atga yetish davrining kechirayotgan o‘smirda yurak kuchli darajada o‘sadi va shuning uchun xaddan tashqari jismoniy yuk yurakka zararli ta’si ko‘rsatishi mumkin. Bolalar ish vaqtida foydalaniladigan asboblar ularning jismoniy kuchiga bo‘yi bastiga mos bo‘lishi juda muximdir. 5-9 sinfi o‘quvchilarida mehnat kasbiy malakalarini xosil qilishda texnika va texnalogiya asoslari bilan tanishtirishda ularning texnika tafakkurini ijodkorliklarini o‘stirishda ularni mehnat darsida ham umuman mehnatga ijobiy munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashda maktab ustaxonalar xalq kqiluvchi axamiyatga egadi. Shuning uchun maktab ustaxonalarini tashkil etish, ularni tegishli jixozlar bilan ta’minglash va jihozlarni juda ratsional tarzda joylashtirish qo‘p mehnat talab qilsa ham, lekin kelgusida dars berishda o‘quvchiga o‘qish protsesida muvaffoqiyatlarga erishishda yordam beradi. Yuqorida aytib o‘tilgan yutuqlarga ega ulishimiz uchun ustaxonalarni shunday tashkil etishimiz kerakki u butun o‘qishda hech qanday noqulaylik keltirmasin. Shuning chun o‘quv jarayoniga kerakli xamma narsalar ustaxonada betartib xolda chochilib yotmasdan, metodika talabiga javob berishi uchun ustaxona quydagicha bo‘lishi kerak:
1.O‘quv bo‘limi asosida o‘quv protses o‘tish binosi.
2.Yordamchi bo‘lim asboblar tartib xolda saqlanadigan xona materiallar hamda tayyor nimfabrikatlar saqlanadigan ombor.
Agar ustaxonani tashkil qilayotganda yordamchi bo‘lim tashkil qilish imkoniyati bo‘lmasa, u xolda o‘quv bo‘limining o‘zida maxsus qo‘shimcha shkaflarni tashkil qilish ham metodik jixatdan katta yutuqdir. Har bir o‘quvchi uchun maxsus ish o‘rni bo‘lishi kerak va bu o‘rinni unga biriktirib qo‘yish lozim. O‘quvchiga o‘quv yili mobaynida kerakli zarur yaroqlar biriktirib qo‘yish lozim (asbob, moslamalar, chizmalar va boshqa texnalogik xujjatlar uchun papyutiralar asboblar tartib xolda saqlanadigan planshetlar (turgichlar), ish o‘rnini pas balandligini va ish xavfsizligini mezonga solib turadigan moslamalar, o‘tirib ishlanadigan taburetka yoki rostlanadigan vintli stul va ish o‘rniga qorong‘ulik tushgan maxalda individual yoritish vositalar bilan taminlanishi zarur. Ustaxonada qo‘l bilan ishlashda qo‘llaniladigan oddiy jixozlardan tashqari, hozirgi zamonaviy jixozlarning xilma xil namunalari, ya’ni yuksak darajada takomillashgan asbob – uskunalar, o‘lchov va nazorat asboblari, plakat va moslamalar bo‘lishi kerak. Ustaxona o‘quv pragrammasida ko‘zda tutilgan barcha ish xarakatlarini qulay xolda o‘tilishi uchun yaroqli bo‘lishi lozimdir. Ustaxonada sinflarga o‘xshab o‘qituvchi ish o‘rni bo‘lishi zarur.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling