O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti San`atshunoslik fakulteti
Download 0.88 Mb.
|
2 5321241978963239023
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu “Parda qatlamlari hosil bo’lish jarayonlari. Uchuvchan erituvchilarning bug’lanish hisobiga qoplamalarning qotishini o’rganish” Urganch - 2022
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti San`atshunoslik fakulteti 5112100-texnologik ta’lim yo`nalishi 201-guruh talabasi Kamalova Zarafshonning “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan bajargan KURS ISHI Mavzu “Parda qatlamlari hosil bo’lish jarayonlari. Uchuvchan erituvchilarning bug’lanish hisobiga qoplamalarning qotishini o’rganish” Urganch - 2022 MUNDARIJA. Kirish. ………………………………………………………………….... 3 Ish o`rnini tashkil qilish, sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari. (ish uchun zarur asbob-uskunalar, jihoz va moslamalar)………….……… 5 Mavzu bo`yicha umumiy malumоt……………………………………….. 7 Tayyorlanish tехnоlоgiyasi (texnologik xaritalar)……………………..…. 46 Tayyor buyumning sifatiga qo`yiladigan talablar………………………….. 47 Хulоsa……………………………………………………………………… 48 Fоydalanilgan adabiyotlar………………………………………………… 49 Ilоva……………………………………………………………………….. 50 Kirish O‘zbekiston xalqlarining boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish va ko‘paytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar respublikamizda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini (keyingi o‘rinlarda hunarmandchilik deb ataladi) yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchidan, hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar va oilalar, ayniqsa yangitdan o‘z faoliyatini boshlagan hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, “Usta-shogird” maktablari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, va shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish; ikkinchidan, hunarmandchilik subyektlariga davlat ro‘yxatidan o‘tishda ko‘maklashish, ularga yer maydonlari va binolar ajratish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, ularni asbob-uskunalar, jihozlar, xomashyo va materiallar bilan uzluksiz ta’minlash, ularga imtiyozli kreditlar berish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish; uchinchidan, xalq hunarmandchiligi va ijodiy an’analari keng rivojlangan shahar va tumanlarda hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari tashkil etish, hunarmandchilikning noyob turlarini qayta tiklash va yanada rivojlantirish, iste’molchilarga hunarmandchilik mahsulotlari yetkazib berish uchun bozor infratuzilmasini shakllantirish; to‘rtinchidan, hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishni rag‘batlantirish, xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini taqdimot qilishga ko‘maklashish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Hunarmand” uyushmasining kuyidagi takliflari qabul qilinsin: “Hunarmand” uyushmasini O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga uyushgan a’zo sifatida a’zolik badali to‘lovisiz kiritish; “Hunarmand” uyushmasi raisini mavqeyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosariga, “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarma boshligini O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarma boshligi o‘rinbosariga tenglashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi tuman va shahar Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazlari tomonidan hunarmandlarga o‘z tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashishi bo‘yicha so‘zsiz ravishda xizmatlar ko‘rsatish, jumladan o‘z biznesini tashkil etish va rivojlantirish ko‘nikmalariga o‘rgatish, hunarmandchilik subyektlari huquqlarini himoya qilish, yangitdan o‘z faoliyatini boshlayotgan hunarmandchilik subyektlariga ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutish. Hunarmandchilikni rivojlanishining asosiy mezonidan biri buyumning qanchalik darajada pardozlanganligidir. Buyum qanchalik sifatli pardozlansa shunchalik darajada insonlarga manzur bo’ladi va shu sohaga va tayyorlangan buyumlarga etibor qaratiladi. Biz bugun shu pardozlash jarayonini sizlarga yetkazib beramiz. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling