O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus talim vazirligi urganch davlat universiteti fizika matematika fakulteti fizika kafedrasi


Download 0.72 Mb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1495332
  1   2   3   4
Bog'liq
hadichabunu

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAХSUS TALIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA KAFEDRASI

KURS ISHI


213–Fizika guruhi talabasi: Saidmatova Xadichabonu
MAVZU: Yorug‘lik tezligi va uni o‘lchash usullari
Kurs ishi rahbari: Bozorboyev.R

Reja:

-Yorug‘lik haqida tushuncha

-Tabiiy yorug’lik manbalari. Quyosh-eng katta tabiiy yorug’lik

manbayi

-Yorug‘lik tezligini aniqlagan olimlar

-Fizo tajribasi

-Xulosa

-Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Yorugʻlik - energiya shakllaridan biri. Uning tezligini oʻlchash mumkin. Qiziq tomoni, oq alohida rang emas, balki barcha ranglarning birikmasi. Ilmiy tilda bu spektr deyiladi.
Shuningdek, rang obyektning aynan oʻzi emas, balki undan taralayotgan yorugʻlik nurlari hisoblanadi. Yashil qogʻoz koʻzimiz sezadigan ranglar orasidan yashildan tashqari barcha ranglarni yutgani uchun bizga yashil boʻlib koʻrinadi. Moviy shisha faqat koʻk rangni oʻtkazib, qolgan barcha ranglarni yutib yuboradi.
Quyosh nuri bu - energiya. Linza orqali fokusga toʻplangan quyosh nurlarining issiqligi olovga aylanadi. Yorugʻlik va issiqlik oq yuzalardan aks qaytaradi va qora yuzada yutiladi. Shuning uchun oq kiyimlar qora kiyimlarga qaraganda salqinroq boʻladi.
Yorugʻlikning tabiati qanday? Yorugʻlikni jiddiy oʻrganishga harakat qilgan birinchi odam - Isaak Nyuton edi. Uning fikriga koʻra, yorugʻlik molekulalardan iborat boʻlib, ular yorugʻlik manbaidan oʻq kabi otiladi. Ammo yorugʻlikning baʼzi xususiyatlarini ushbu nazariya bilan izohlab boʻlmaydi.
Boshqa bir olim Gyuygens yorugʻlik tabiati haqida boshqa bir tushunchani ilgari suradi. U yorugʻlikning “toʻlqinli” nazariyasini ishlab chiqdi. U hovuzga tashlangan tosh toʻlqinlarni hosil qilganidek yorugʻlik ham impuls yoki toʻlqinlarni keltirib chiqaradi, degan gʻoyani taklif qiladi.
Taxminan 150 yil davomida olimlar yorugʻlik toʻlqinlarmi yoki molekulalarmi deb bahslashishdi. Aksariyat olimlar toʻlqinli nazariyani qabul qildilar. Ammo keyinchalik bu nazariyani shubha ostiga qoʻygan yangi kashfiyotlar paydo boʻldi.
Bugungi kunda olimlar yorugʻlikning kelib chiqishi toʻgʻrisida qanday qarashlarga ega? Hozirgi vaqtda yorugʻlik toʻlqinlari bir vaqtning oʻzida zarralar va toʻlqinlarning oʻziga xos xususiyatlariga ega deb hisoblanadi. Ikkala nazariyani ham tasdiqlovchi tajribalar oʻtkazilmoqda. “Yorugʻlik nima?” degan savolga esa haligacha aniq javob yoʻq.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling