O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti
O`zbekistonda inflyatsiyaga qarshi chora – tadbirlar
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Hamdambek kurs ishi
2.2. O`zbekistonda inflyatsiyaga qarshi chora – tadbirlar. Narxlar barqarorligini ta’minlash va inflatsiyaning sezilarli darajada o‘sishi xavfining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki soliq-budjet va pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni amalga oshirish borasida birgalikdagi harakatlarni olib borishi zarur. Soliq-budjet siyosati sohasidagi chora-tadbirlar: umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshirmaydigan darajagacha bosqichma- bosqich qisqartirib borish; qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan budjet intizomiga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash; taqchillikni moliyalashtirishning tashqi manbalarini, shu jumladan inflatsiya xavfini tug‘dirmaydigan resurslar hisobiga jalb qilish tartibini belgilash va uni qonun yo‘li bilan mustahkamlash; ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish; soliq ma’muriyatchiligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; soliq intizomiga o‘z vaqtida rioya qilish bo‘yicha javobgarlikni oshirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash. Tarkibiy siyosat sohasidagi chora-tadbirlar: a) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish: ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yoqilg‘i-energetika kompleksini, shu jumladan xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali modernizatsiya qilish; avtomobil yo‘llarini qurish va xizmat ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini qo‘llash; temir yo‘l va havo transporti orqali yuk tashish sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish; ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari tarif va narxlarini asosiy tashqi savdo hamda sayyohlik yo‘nalishlari o‘tadigan boshqa davlatlar darajasidan oshmaydigan darajagacha tushirish; logistika xizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash infratuzilmasi sifatini oshirish; b) raqobat muhitini yaxshilash va biznes yuritishning teng imkoniyatlarini yaratish: mulk huquqi va tadbirkorlik faoliyati kafolatlarining institutsional asoslarini mustahkamlash; raqobatbardosh tovar va moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi korxonalar ustav kapitalida davlat ulushini kamaytirish, shu jumladan tabiiy monopoliyalarning asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan obyektlarini xususiy sektorga sotish; monopol korxonalarning narx belgilash bo‘yicha shaffofligini ta’minlash, inflatsiyaning maqsadlarini hisobga olgan holda o‘rta muddatli istiqbolda tartibga solinadigan narxlarni (tariflar) erkinlashtirish muddatlarini o‘rnatish; individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish; davlat xaridlari sohasida bozor mexanizmlarini rivojlantirish, ularning shaffofligi va hisobdorligini oshirish; narxlarni erkinlashtirish bo‘yicha islohotlarning mohiyati, maqsadi, amalga oshirish bosqichlari va erishilgan natijalarni tushuntirish va asoslash bo‘yicha faol kommunikatsiya siyosatini yuritish; v) xususiy investitsiyalar oqimining o‘sishi va moliya bozorining rivojlanishi: qarzlarni moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish; mahalliy korxonalar aksiyalarini jahon fond maydonlarida birlamchi va ikkilamchi joylashtirish jarayonlarini faollashtirish; aksiyadorlik kompaniyalarini tashkil etish va tugatish mexanizmini soddalashtirish; elektr va gaz ta’minoti sohasiga xususiy investorlar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni raqobat asosida kirishiga imkoniyat yaratish va ularni faol jalb etish; g) ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish: ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga va energiya sarfini pasaytirishga qaratilgan modernizatsiyalash va texnologik yangilash tarmoq dasturlarini amalga oshirish; unumdorlikni rag‘batlantirish hamda sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yer ajratish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini samarali amalga oshirish; mehnat unumdorligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lash orqali tarmoqlar tayyor mahsulotlari tannarxi tarkibidagi xarajatlarni optimallashtirish; xalqaro standartlar va normativlarni joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus tarmoq dasturlarini amalga oshirish; davlat ulushiga ega korxonalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oshirish maqsadida ularning samaradorlik reytingini e’lon qilib borish; asbob-uskunalarning samaradorligi va unumdorligi, shu jumladan foydalanish muddatlari bo‘yicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling