O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Nazorat savollari: 
2. Yatrogeniya nima? 
3. Yatrogeniyaning qanday turlarini bilasiz? 
4. Yatropatogeniya va uning profilaktikasi. 
5. Evtanaziya nima va uning qanday turlari bor? 
4.5. Operatsiyaga tayyorlashni asosiy tamoyillari. Xirurgik kasalliklar 
bilan kasallangan bolalarni operatsiyadan oldingi va keyingi 
davrda parvalishlash 
Operatsiyaga bolalarni tayyorlash. Xirurgiya bo‘limlariga keladigan 
bemorlarni ko‘pchiligi operatsiya bo‘ladi. Bemor bo‘limga yotgandan operatsiya 
oldi davri boshlanadi va operatsiya riskini kamaytirish, asoratlarni oldini olishga 
qaratilgan harakatlar bo‘ladi. Operatsiyadan oldingi davr mohiyati bo‘yicha 
operatsiyaga tayyorgarlik davri hisoblanadi. Bu davrda har xil a‘zo va 
sitemalarni funksional holati o‘rganiladi, operatsiyaga tayyorgarlik o‘tkaziladi. 
Bu davrdagi harakatlar umumiy (hamma operatsiyadan oldin o‘tkaziladi) va 
maxsus (faqat ma‘lum operatsiyalardan oldin o‘tkaziladi) harakatlarga bo‘linadi.
Bemor bolalarni operatsiyaga umumiy tayyorlash. Ba‘zi xirurgik 
kasalliklar: chov churrasi, moyak istisqosi, kriptorxizm, kichkina o‘smalar 
bemor gospitalizatsiya qilingandan keyingi kuniyoq operatsiya qilinadi. Bunday 
holatlarda operatsiyadan oldingi laborator tahlillar gospitalizatsiyagacha 
poliklinikada tayyorlanib olib kelinadi. 
Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i, buyrak va siydik chiqarish a‘zolaridagi 
katta va travmatik operatsiyalardan oldin, shuningdek ba‘zi ortopedik 
operatsiyalardan oldin maxsus tekshiruvlarga qo‘shimcha ravishda bolaning 


342 
hayotiy zarur a‘zolari holati tekshiriladi. Buyrak faoliyatini, umumiy qon 
hajmini va qon tarkibini, plazma va eritrotsitlardagi asosiy elektrolitlarni 
miqdorini, azot balansini, gormonal holatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. 
Ba‘zi holatlarda qon ivish faktorlarini va qon ivishiga qarshi faktorlarni bilish 
juda zarur.
Ushbu harakatlarga binoan xirurgik bo‘lim profiliga ko‘ra bemorlarni 
operatsiyaga tayyorlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Operatsiyadan oldingi asosiy tekshiruvlarga kiradi: bola bo‘yi va tana 
vaznini o‘lchash; arterial qon bosimini o‘lchash; qon va siydik tahlili; qon 
guruxi va rezus-faktorni aniqlash; ko‘krak qafasi a‘zolari rentgenoskopiyasi. 
Qon bioximik tahlillari natijalariga qarab quyidagicha kompleks davo 
muolajalari buyuriladi: ratsional va to‘g‘ri ovqatlantirish, qon va boshqa 
oziqlantiruvchi suyuqliklar, vitamin, aminokislota quyish, davolovchi fizkul‘tura 
va h.o. Tayyorlov ba‘zan bir necha haftagacha cho‘zilishi mumkin. Tayyorlov 
bosqichini samaradorligi bemor umumiy ahvolini, qon ko‘rsatkichlarini 
yaxshilanishi, tana vaznini ortishi bilan baholanadi. SHuning uchun ham 
buyurilgan muolajalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishini ta‘minlash, davriy 
bemor tana vaznini o‘lchash zarur hisoblanadi. Ba‘zi bemorlar bo‘limga 
kasallik xarakteriga bog‘liq holda yoki organizmdagi ikkilamchi o‘zgarishlar 
natijasida o‘rta og‘ir yoki og‘ir ahvolda yotqiziladi. Ikkilamchi o‘zgarishlar 
surunkali ochlik, intoksikatsiya, qaytalanuvchi qon ketishlar va boshqa 
sabablarga ko‘ra bo‘ladi. Tashqaridan bu teri rangparligi, bola aktivligini 
pasayishi va h.o. belgilardan bilinadi. Asosiy kasallikni bartaraf etuvchi 
operatsiya muolajasidan oldin individual qaratilgan tayyorgarlik o‘tkaziladi, 
ya‘ni bemor umumiy ahvoli yaxshilanpdi, ikkilamchi o‘zgarishlar korreksiya 
qilinadi.
Bolani operatsiya psixologik tayyorlash ham katta ahamiyatga ega. 
Operatsiya uchun yotqizilgan bemor psixik holati konservativ davo uchun 


343 
yotqizilgan bemor psixik holatidan katta farq qiladi, sababi operatsiya katta fizik 
va psixik travma hisoblanadi. Bu davrda hamshira rolini baholash juda qiyin.
His-hayajonga beriluvchi, operatsiyadan qo‘rquvchi bolalar ko‘pincha 
gapirishadi: ‖Meni operatsiya qilishlarin hohlamayman‖ yoki ―Meni qachon 
operatsiya qilishadi?‖, ―Menga og‘riqli bo‘ladimi?‖. Bunday bolalar og‘riqni 
juda qiyin qabul qilishadi, og‘riqqa sezgirligi yuqori bo‘ladi, operatsiyadan 
keyingi davrda o0riqni yengishga juda qiynalishadi. SHu sababli ham ular 
operatsiyaga juda yaxshi tayyorlanishi, kerak bo‘lsa dorilar bilan tayyorlanishi, 
ota-onasi chaqirilishi lozim. Shifokor o‘z vaqtida bemor negativ psixik holati 
to‘g‘risida ogohlantirilishi, o‘z navbatida bemorga operatsiya kerakligi, zarurligi 
to‘g‘risida yumshoq darajada tushuntirishi lozim. 
Ba‘zan savol tug‘iladi, ya‘ni bolaga operatsiya bo‘lishi to‘g‘risida gapirish 
kerakmi? Bu savol bir tomonlama hal etilishi kerak emas. Masalan, maktab 
o‘quvchisi bo‘lsa kerak. Katta yoshli bolalar operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi 
to‘g‘risida bilishadi (nonushtani to‘xtatish, anesteziolog ko‘rigi, premedikatsiya 
va h.o.), hattoki bo‘ladigan soatigacha. Shuning uchun ham ulardan yashirishni 
hojati yo‘q. Maktabgacha yoshdagi bolalar esa ―operatsiya‖ so‘zidan 
qo‘rqishadi, vaholanki uning ahamiyatini, mohiyatini tushunishmaydi. Shu
sababli ham ularga ―Seni stolga yotqizamiz va qorningni chiroq bilan isitamiz‖ 
yoki shunga o‘xshash so‘zlar bilan aldash lozim. Bolaga baqirish, so‘kish 
umuman mumkin emas. Yuqori sezgirlikka ega, allargik reaksiya va astma 
xurujiga moyilligi bor bolalarga tinchlantiruvchi – ―kichik trankvilizatorlar‖ 
beriladi.
Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash ko‘p hollarda xirurgik kasallik turi 
va bola yoshiga bog‘liq bo‘ladi.
Operatsiyadan bir kun oldin shifokor infeksiya xavfini kamaytiruvchi 
muolajalar o‘tkazadi: ichki kiyim va yotoq choyshablarini almashtirib gigiyenik 
vanna qabul qilish, katta bolalarda operatsiya maydoni sochlarini olish. 
Operatsiyadan bir kun oldin kechqurun va ertalab tozalovchi ho‘qna qilinadi. 


344 
Asosan ho‘qna oraliq va orqa teshikda o‘tkaziladigan operatsiyalarda juda 
muhim hisoblanadi. Bunday holalatlarda operatsiyadan oldin to toza suv 
chiqquncha 2-3 martalab tozalovchi ho‘qna qilinadi. Ertalab bolaga hech nima 
berilmaydi va ichirilmaydi. 
Umumiy va maxsus operatsiya oldi tayyorgarligida hamshira asosiy 
o‘rinni egallaydi. Bu vaqtda u hamma ―mayda-chuydalarga‖ e‘tibor qaratishi 
lozim. Masalan, balog‘at yoshidagi qizda operatsiyadan bir kun oldin hayz sikli 
boshlansa hamshira bu haqda shifokorga aytishi kerak, sababi hayz davrida 
rejali operatsiya o‘tkazilmaydi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling