O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Kasalxona ichi infeksiya tushunchasi va uni oldini olish


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

4.7. Kasalxona ichi infeksiya tushunchasi va uni oldini olish 
Kasalxona ichi infeksiyasi – bu bemorning kasalxonada davolanishi 
paytida yoki kasalxonada qolishi vaqtida, hamda kasalxonadan chiqarilishidan 
so‘ng kasalxonada yuqtirilgan mikrobial kelib chiqqan, shuningdek, tibbiy 
muassasadagi xodimning yuqumli kasalligi ushbu tashkilotda ishlayotganida 
uning yuqtirishi sababli rivojlangan kasalliklar guruhidir. 
Kasalxona ichi infeksiyasi rivojlanishining asosiy sabablari 
Tibbiy muassasada kasalxona ichi infeksiyasining paydo bo‘lishi va 
rivojlanishiga olib keluvchi omillarga kiradi: 
• tibbiy xodimlar va bemorlar orasida aniqlanmagan kasalliklar va infeksiya 
tashuvchilarning mavjudligi; 
• sterilizatsiya qilishning maxsus usullarini talab qiladigan murakkab 
uskunalardan keng foydalanish; 
• katta shifoxonalar komplekslarini yaratish, shifoxonalar va poliklinikalarda 
kaltalanish, binolarning (kameralar, davolash xonalari va boshqalar) nisbatan 
yaqinligi; 
• aseptika va antiseptika qoidalarini buzish, shifoxona va poliklinikalar uchun 
sanitariya-gigiyena standartidan chetga chiqish; 
• tibbiy asboblar, apparatlar, asboblar va h.k. dezinfeksiya qilishni, sterilizatsiya 
qilishning buzilishi; 
• tibbiy muassasada joylar, asosiy va yordamchi binolar qurilish qoidalarining 


350 
buzilishi, hamda sanitariya-epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyena tartib 
qoidalarining buzishi; 
• kasalxona ichi infeksiyaning oldini olishda muhim rol o‘ynaydigan tibbiyot 
xodimlarining, ayniqsa, bemorlarning parvarishiga bevosita ishtirok etadigan 
xodimlar malakasining yetarli emasligi. 
Kasalxona ichi infeksiyasi qo‟zg‟atuvchilari 
Kasalxona ichi infeksiyasi patogen va shartli patogen mikroorganizmlar 
vakillarini o‘z ichiga olgan katta guruh mikroorganizmlar tufayli rivojlanadi. 
Bular: stafilokokklar, streptokokklar, Pseudomonas auraeginosa, proteylar, 
klebsiyella, E.coli, salmonellalar, enterobatsterlar, enterokokklar, serratia, 
bakteroidlar, klostridiylar, kandida va boshqa mikroorganizmlar. Kasalxona ichi 
infeksiyasi 
etiologiyasida 
gripp 
viruslari, 
adenoviruslar, 
rotaviruslar, 
enteroviruslar, virusli gepatit va boshqa viruslar muhim o‘rin egallaydi. Bundan 
tashqari lepyunellalar, pnevmotsistalar, aspergillalar va boshqa kamyob, yoki 
ilgari noma‘lum qo‘zg‘atuvchilar tomonidan ham rivojlanishi mumkin. 
Kasalxona ichi infeksiyasi odatda tasodifiy va epidemik ko‘rinishda 
aniqlanadi. Shifoxonada davolanayotgan deyarli har qanday bemorlar yuqumli 
jarayonlarini rivojlanishiga moyil hisoblanadi. 
Har qanday yuqumli kasallik kelib chiqishi va tarqalishi uchta asosiy 
komponentlarni o‘z ichiga oladi: infeksiya manbai, yuqish yo‟li va qabul 
qiluvchi sub‟yekt.
Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi: bemorlar, patogen 
mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy 
xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari. 
Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologligi va patogen manbalarining 
hamda bu kasallikning mexanizmlarining xilma-xilligi, uzatish yo‘llari va 
omillarining turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi. 


351 
Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo‘zg‘atuvchilari havo-tomchi, 
havo-chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo‘llar va 
homilaning tug‘ruq yo‘lidan o‘tish vaqtida ham yuqishi mumkin. 
Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish 
I. Nospetsifik profilaktikasi 
• Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini ratsional 
rejalashtirilgan me‟moriy yechimlari prinsipiga muvofiq qurish va 
rekonstruksiya qilish. 
Sanitariya-texnik tadbirlar: samarali sun‘iy va tabiiy shamollatish; suv 
ta‘minotini tartibga solish va unga yetarli shart-sharoitlarini yaratish. 
Sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar: kasalxona ichi 
infeksiyasini epidemiologik kuzatuvi, shu jumladan, kasalxona ichi infeksiyasi 
tarqalishini tahlil qilish; tibbiy muassasalarda sanitariya-epidemiyaga qarshi 
kurashni nazorat qilish. 
Dezinfeksiya va sterilizatsiya choralari: kimyoviy dezinfeksiya vositalaridan 
foydalanish; fizik dezinfeksiya usullarini qo‘llash; asboblarni va tibbiy jihozlarni 
sterilizatsiyadan oldingi tozalash; ultrabinafsha bakteritsid nurlatish; xonani 
dezinfeksiya qilish; 
Aseptika – mikroorganizmlarning yaraga va umuman tanaga kirishini oldini 
olishga qaratilgan tashkiliy profilaktik tadbirlar kompleksidir. 
Antiseptika – yara va umuman tanada mikroorganizmlarni yo‘q qilishga 
qaratilgan terapevtik va profilaktik choralar majmui. 
II. Maxsus profilaktikasi 
Kasalxonada infeksiya 
xavfini 
kamaytirishning 
eng 
muhim 
usullari 
quyidagilardir: 
• tibbiy xodimlar tomonidan gigiyenaning barcha talablarini vijdonan 
bajarilishi, qo‘l yuvish va himoya kiyim-kechaklarini qo‘llash; 
• bemorlarni parvarishlashda yuqumli kasalliklarning tarqalishini minimumga 
keltiradigan barcha usullarini diqqat bilan bajarish; 


352 
• shifoxonada mavjud bo‘lgan, yuqumli kasalliklar sonini kamaytirishga 
mo‘ljallangan, sanitariya usullaridan foydalanish. 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling