O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Bemorlarning shaxsiy gigiyenasi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

4.8. Bemorlarning shaxsiy gigiyenasi 
Og‘ir bemorlar og‘iz bo‘lig‘ini parvarishlash 
Maqsad: 
og‘ir bemorlar og‘iz bo‘shlig‘idagi karash, shilliq, 
mikroorganizm va ovqat qoldiqlaridan tozalash. 
Ko‟rsatma: Bemorning yotoq rejimda ekanligi. 
Zarur ashyolar: Zarur miqdorda paxta shariklari; steril mralya 
sal‘fetkalari; steril pinset va shpatel‘; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok) – 
toza va ishlatilgan shariklar va sal‘fetkalar uchun; och pushti rangdagi kaliy 
permanganat eritmasi yoki 2% li natriy bikarbonat yoki 0,9% li natriy xlor 
eritmasi (fiziologik eritma) yoki 3% li vodorod perikis eritmasi; rezinali 
balonchik yoki og‘iz bo‘shlig‘ini yuvish uchun Jane shpritsi; glitseyerin yoki 
vazelin moyi. 
Bajarish tartibi:
1. 
Tibbiy hamshira qo‘lini sovun bilan yuvadi. 
2. 
Bemorning boshi funksional krovat yoki yostiqlar yordamida biroz 
ko‘tariladi. Ko‘krak sohasiga sochiq qo‘yiladi, bemor qo‘liga buyrak shaklidagi 
idish (lotok) beriladi yoki lotokni bo‘lim bekasi uning jag‘ ostiga ushlab turadi.
3. 
Pinset bilan paxtali sharik olinadi, bunda pinsetning o‘tkir uchi paxtaning 
ichida ekanligiga ishon hosil qilish zarur. Paxtali sharik kaliy permanganat 
eritmasiga namlanadi (yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritmaga). 
4. 
Bemorga og‘zini ochish buyuriladi. 
5. 
Chap qo‘lga shpatel‘ olinadi, bemor lunjini tortgan holda bemorning tishlari 
tashqi va ichki yuzalari, tishlarning chaynov yuzalari paxtali shariklar bir necha 
marta almashtirgan holda (bunda infeksiya bir tishdan ikkinchi tishga o‘tishi oldi 
olinadi) artiladi.
6. 
Muolaja oxirida bemorga qaynatib iliqlashtirilgan suv yoki kaliy 
permanganat eritmasi og‘zini chayqash uchun beriladi. 


353 
7. 
Agar bemor og‘zini o‘zi yuva olmasa, unda rezina balon yoki Jane shpritsi 
bilan bemor og‘zi chayiladi. 
Manipulyatsiya quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
- bemorning boshi bo‘g‘ilib qolmasligi uchun biroz ko‘tarilgan holatga 
keltiriladi; 
- bemor boshi yon tomonga o‘giriladi; 
- bemorning yonoq sohasiga sochiq qo‘yiladi, og‘iz burchagiga esa buyraksimon 
idish (lotok) joylashtiriladi
- rezina balon yoki Jane shpritsiga yuqorida keltirilgan biror dezinfeksiyalovchi 
eritmalar olinadi; 
- bemorga og‘zini ochishni so‘raladi; 
- rezina balon bilan qarama-qarshi lunjining ichki yuzasi yuviladi; 
- bemor boshi boshqa yon tomonga o‘girilib, yoki yotoqning qarama-qarshi 
tomoniga o‘tib uning ikkinchi lunji ichiki yuzasi xuddi shu tartibda yuviladi. 
8. 
Bemorning tilida karash aniqlansa, unda bemorga tilini chiqarish talab 
etiladi. Chap qo‘l bilan bemor tilini uchidan sal‘fetkada ushlanib, o‘ng qo‘ldagi 
shpatel‘ bilan tildagi karash tozalanadi. Shundan so‘ng qisqich bilan paxta 
sharigi olinib antiseptik eritmaga namlanadi va bemor tiliga ishlov beriladi. 
Toza paxtali sharik olinadi va u vazelin moyi yoki glitseringa namlanib bemor 
tili artiladi. 
9. 
Agar bemor lablari yoki og‘iz burchaklarida terining yorilishlari aniqlansa 
unda bu sohalarni ham glitserin yoki vazelin moyiga shimdirilgan paxtali sharik 
bilan artilib chiqiladi. 
Eslatma. Og‘izdagi mikroflora bir antiseptikka moslashmasligi uchun har safar 
har xil antiseptiklar bilan ishlov berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqorida 
sanalgan antiseptiklardan tashqari 1:5000 nisbatdagi furatsillin eritmasi, 
ma‘danli suvdan ham foydalansa bo‘ladi. Yotoq yoki yarim yotoqdagi bemor 
tishlari ertalab va kechqurun tozalanishi, og‘iz bo‘shlig‘i esa har ovqatlanishdan 
keyin yuvilishi shart. 


354 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling