O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Og’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Og’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishi 
Maqsad: Burun yo‘llarini korkalardan tozalash 
Ko‟rsatma: Passiv (yotoq yoki yarim yotoq) rejimda bo‘lgan bemorlar 
burnini tiqinardan tozalash. 
Zarur ashyolar: Paxtali turundalar; vazelin yoki boshqa suyuq yog‘lar: 
kungaboqar, zaytun moylari yoki gilserin; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok): 
toza va ishlatilgan turundalar uchun. 
Bajarish tartibi:
1. 
Bemorning boshi balandroq joylashtiriladi, ko‘kragiga sochiq qo‘yiladi. 
2. 
Turundalar tayyorlangan moylar bilan namlanadi. 
3. 
Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi. 
4. 
Ho‘llangan turunda olinib, biroz siqiladi va aylanma harakatlar bilan burun 
yo‘llarining biriga aylantiriladi. 
5. 
Turunda 1-2 minutgacha burun ichiga qoldiriladi, so‘ng burun yo‘llarini 
korkalardan aylanma harakatlar bilan tozalanadi. 
6. 
Amalni ikkinchi burun yo‘lida ham xuddi shu asnoda bajariladi. 
7. 
Burun terisini sochiq bilan artiladi va bemorga qulay tarzda yotishiga 
yordam beriladi. 
Og’ir bemorlar quloqlarini parvarishi 
Maqsad: Tashqi quloq va eshitish naylarini tozalash. 
Ko‟rsatma: Passiv (yotoq yoki yarim yotoq) rejimda bo‘lgan bemorlar. 
Zarur ashyolar: ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan 
ashyolar uchun; steril paxtali turundalar (piliklar); 3% vodorod perikis eritmasi, 
iliq suvga namlangan salfetka; sochiq. 
Bajarish tartibi:
1. 
Tibbiy hamshira qo‘llarini sovun bilan yuvadi. 
2. 
Paxtali turunda (pilikni) 3% li vodorod perikis eritmasi bilan namlanadi
bunda antiseptik eritma flakondan quyilgan holda namlanishi shart (buning 


355 
uchun antiseptik idishi uning yorli0g‘i kaftga qaragan holda tutiladi va bir necha 
tomchi lotokka tomiziladi, shundan so‘ng turunda (pilik) namlanadi). 
3. 
Bemor boshi yon tomonga buriladi. 
4. 
Chap qo‘l bilan quloq suprasidan ushlanib quloq yuqori va orqaga 
tortiladi, o‘ng qo‘l bilan esa aylanma harakatlar bilan tashqi eshituv nayiga 
namlangan turunda kiritiladi va yana bir necha bor aylanma harakatlar bilan 
eshitish nayi tozalanadi.
5. 
Quloq suprasi nam salfetka bilan artiladi va shundan so‘ng quruq sochiq 
bilan namlanadi. 
6. 
Amalni ikkinchi quloqda ham huddi shu asnoda bajariladi. 
Eslatma. Vodorod peroksid o‘rniga vazelin moyini ishlatsa ham bo‘ladi. 
Quloqning baraban qobig‘ini shikastlanishini oldini olish maqsadida o‘tkir 
qirrali asboblarni ishlatish qat‘iyan man etiladi. Agar bemorning tashqi eshitish 
nayida oltingugurt tiqinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, unda u LOR mutaxasisslari 
tomonidan olib tashlanadi. 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling