O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash.  
Chaqaloqlar xirurgiyasi bo‟limiga xar xil tug‟ma kasallikli bolalarni (hazm 
qilish trakti, diafragma, o‘pkalar, qorin oldingi devori va boshqalar) va yiringli 
kasalliklar yotqiziladi.
Operatsiyaga bola ma‘lum operatsiya oldi tayyorgarligidan keyin olinadi. 
Bunda tayyorgarlik hajmi o‘tkaziladigan operatsiya turi va og‘irligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, chaqaloqlar termoregulyatsiyasi to‘liq 
shakllanmagan. Chaqaloqlar tez sovuq qotadi va sovuqni yomon qabul qiladi. 
Shuning uchun ham operatsiya xonasida maxsus isitkichli operatsiya stoli 
bo‘lmasa isitkich olib kelib operatsiya davomida bolaga qo‘yib qo‘yiladi. 
Issiqlikni saqlash va sovuq qotishni oldini olish maqsadida bola oyoqlari paxta 
qo‘yib bintlanadi.
Yana ma‘lumki, yuqori haroratda bola operatsiyani yomon o‘tkazadi. SHu 
sababli operatsiyadan oldin bola tana haroratini o‘lchash va shifokorga aytish 
lozim. Tana harorati 38°Sdan yuqori bo‘lsa shifokor haroratni tushiruvchi 
dorilar buyuradi.
Bolalarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Umumiy qoidalar. Bemorlarni 
shoshilinch operatsiyaga tayyorlaganda quyidagilarni inobatga olish kerak. Cho‘zilgan 
har bir soat bola ahvolini og‘irlashtiradi va hayotga xavf soluvchi asoratlar rivojlanishiga 
olib keladi. Shu sababli ham operatsiya oldi tayyorgarligi minimum darajada 


345 
qisqartiriladi. Qisqa vaqt ichida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tishiga kerakli hamma narsa 
tayyorlanadi. 
Shoshilinch operatsiya o‘tkazilishiga olib kelingan bemorlar oshqozini 
ko‘pincha to‘la bo‘ladi. Bemorni operatsiya xonasiga olib kirishdan oldin 
oshqqozonga zond qo‘yiladi va oshqozon bo‘shatiladi. Bu asosan 
ovqatlangandan keyin kam vaqt o‘tgan bo‘lsa juda zarur hisoblanadi. Ushbu 
qoidani buzish operatsiya stolida bemorni ovqat massaliri bilan aspiratsiya 
bo‘lishiga va xavfli asoratlarni yuzaga kelishiga olib keladi. 
Ko‘pincha bolalarda shoshilinch operatsiya yiringli xirurgik infeksiya 
(appenditsit, peritonit, osteomiyelit, destruktiv pnevmoniya va h.o), har xil 
turdagi ichak tutilishlari (tug‘ma, chandiqli, invaginatsiya), travmatik 
shikastlanishlar (bosh miya shikastlanishi, qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohati), qon 
ketish sababli o‘tkaziladi. 
Og‘ir ahvolda kelgan bemorga operatsiya oldi tayyorgarligi qabul 
bo‘limidan boshlanadi. Bunda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi: tana 
harorati, pul‘s, arterial qon bosimini o‘lchash, qon guruhi, rezus-faktor, 
gemoglobin, gematokritni aniqlash. Qon ketish, ichak tutilishi, travmatik 
shikastlanishlarda shoshilinch operatsiyaga kam vaqt qolgan bo‘lsa maxsus 
tekshiruvlar o‘tkazmasdan Ringer, glyukoza, plazma preparatlari v\i yuboriladi. 
Bu dezintoksikatsiya va buzilgan gidroion holatini tiklashga yordam beradi.
Klinikaga tashqi qon ketish bilan tushgan bemorlar alohida ahamiyatga 
ega. Qabul bo‘limidayoq qon ketishini to‘xtatishga qaratilgan muolajalar 
o‘tkazilishi lozim (jgut yoki steril bosib turuvchi bog‘lam qo‘yish). SHu yerda 
qon bosim o‘lchanadi, gemoglobin, gemotokrit aniqlanadi, ko‘p qon yo‘qotishda 
tezda qon o‘rnini bosuvchi preparatlar quyiladi. Bolani tezda operatsiya 
xonasiga olib kiriladi.
Ichki qon ketishda, bemor qon aralash qusgan paytda oshqozon sohaga va 
ko‘krak qafasiga muzli xalta qo‘yiladi. SHundan keyingina bemor endoskopik 
tekshiruvga tayyorlanadi.


346 
Og‘ir xirurgik infeksiya bilan bemorlar uzoq operatsiya oldi 
tayyorgarligiga muhtoj. Operatsiyagacha bemorni og‘ir holatdan chiqarish 
lozim, aks holda u operatsiyani ko‘tara olmasligi mumkin. Bola peritonit, 
suvsizlanish, intoksikatsiya alomatlari bo‘lsa, yurak-qon tomir sistemasi 
zararlansa 2-3 soat buzilgan funksiyalarni tiklashga va dezintoksikatsiyaga 
qaratilgan tayyorgarlik o‘tkaziladi. Tomchi holda suyuqlik quyish boshlanadi va 
operatsiya xonasida davom ettiriladi.
Shunday qilib, operatsiya oldi tayyorgarligi bolalarni xirurgik davolashda 
katta o‘rin tutadi. U bola holatiga va yoshiga, operatsiya turiga va vaqtiga bohliq 
bo‘ladi. Kichik operatsiyalardan oldin klinik tekshiruvlar bilan cheklaniladi. 
Katta va travmatik operatsiyalardan oldin nafas olishni, gemodinamikani, suv-
tuz almashinuvi balansini va boshqa xayotiy a‘zolar funksiyasini 
korreksiyalashga qaratilgan tayyorgarlik o‘tkaziladi.
Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini tushunish va o‟zaro 
ishonch 
Shifokor bilan bemor o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni asosiy tamoyili – 
qo‘llab-quvvatlashni his etish. Agar bemor shifokor yordam berayotganini sezib 
tushunsa, davolash jarayonida aktiv ishtirok etishga boshlaydi. Shifokor bemorni 
tushunsa, shikoyatlariga befarq bo‘lmasa bemor o‘ylanadi. Bu his shifokor 
quyidagilarni gapirganda mustahkamlanadi: ―Men Sizni eshitaman va 
tushunaman‖ yoki buni ko‘z qiri, bosh silkishi bilan maqullasa. Hurmat insonni 
shaxs sifatida qabul qilishga olib keladi. Asosan bu anamnez yig‘ishda, bemor 
hayoti bilan shifokor qiziqqanda yuzaga keladi. Hamdardlik – bemor bilan 
muloqot kalitidir. Shifokor bemorni o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rishi va atrof-
muhitga uni ko‘zi bilan qarashi lozim. Bemorning ichki dunyosini tushunish va 
hisobga olish, bemor nimani his qilayotganini bilish, mahalliy va umumiy 
sezgilarni bilish, bemorni kasalligi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi, 
sabablarini bilishi katta ahamaiyat kasb etadi.


347 
Bemor bilan suhbatni qat‘iy qoidalari yo‘q, ammo butun dunyo 
shifokorlari umumiy deontologiya (grekcha deon – kerakli i logos – ta‘limot) – 
tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasiga amal qilishadi. Bemorni qalbini, ichki 
hissiyotlarini tinchlantirish – deontologiyaning va uning effektivligini 
ko‘rsatuvchi asosiy omillaridir. Gippokrat qasami juda qadim zamonlarga borib 
taqaladi. Keyinchalik u hujjat sifatida qabul qilinib, shifokorga bir qancha 
majburiyatlar yuklaydi, masalan:

shifokorlik sirini saqlash; 

bemorga yoki uning qarindoshlariga ma‘nan zarar yetkazadigan harakatlardan 
saqlanish; 

kasbga sodiqlik. 
Shifokor amaliyotining asosiy qoidalaridan biri bu – bemorga yomonlik 
keltiruvchi haraklarni qilmaslik yoki ―yomonlik qilma‖. Tibbiyot etikasining 
asosiy tamoyillaridan biri lotinchasiga shunday nomlanadi: primum non nosere 
(―eng avvalo – yomonlik qilma‖). Har bir shifokor ye. Lambert fikrni tan oladi, 
ya‘ni ―yordam berib bo‘lmaydigan bemorlar bor, lekin yomonlik qilib 
bo‘ladigan bemorlar yo‘q‖. Ma‘lumki, ba‘zan davolash kasallikdan og‘irroq 
bo‘ladi. Bu yerda gap dorilarni nojo‘ya ta‘siri, bir necha xil dorini birdan qabul 
qilganda negativ holatlarni yuzaga chiqishi, tibbiyot aralashuvidan samara va 
og‘irlashish riskini bir-biriga mos kelmasligi to‘g‘risidadir.
Yaxshi shifokor – bu nafaqat professionalizm, ensiklopedik bilim, kerakli 
qarorlarni qabul qilish, tibbiy manipulyatsiya texnikasini egallash, balki bemor 
bilan to‘g‘ri suhbatlashishni bilish hamdir. ―Shifokor‖ so‘zi ―vrat‘‖ so‘zidan 
kelib chiqqan bo‘lib, qadimda ―gapirish‖ ma‘nosini bildiradi. Kuzatuvlar shuni 
ko‘rsatadiki, malakali shifokorlar bemor bilan muloqotga, anamnez yig‘ishga, 
fizikal ko‘rsatkichlariga ko‘proq e‘tibor berishadi, instrumental va labarator 
ko‘rsatkichlarni ikkinchi darajaga qo‘yishadi. Isbotlanishicha, to‘g‘ri tashhis 
anamnez so‘roviga ko‘ra 45-50% holatlarda, so‘rov va fizikal tekshiruvlarga 


348 
ko‘ra 80-85% holatlarda qo‘yiladi. Faqat 15-20% bemorlarda tashhis qo‘yishda 
chuqur labarator va instrumental tekshiruvlar kerak bo‘ladi.
Bemor bilan suhbatlashishi san‘ati, dialog qilish nafaqat shifokorning 
hoxishi, balki talantiga ham bog‘liq. Shifokor bemorni eshitishi va tinglay olishi 
lozim.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling