O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish 


405 
Qusish – oshqozon massalarini to‘satdan og‘iz orqali chiqishi. Qusish 
uzunchoq miyada joylashgan qusish markazini buyrug‘i bilan yuzaga keladi. Bu 
markazga impulslar oshqozondan, ichaklardan, jigar, buyrak, bachadon
vestibulyar apparatdan va oliy nerv tizimidan (masalan yoqimsiz xid sababli) 
kelishi mumkin. Shu qatorda qusish xar xil toksik moddalar va dorilarni qusish 
markaziga ta‘siri natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Ko‘p xolatlarda qusishdan oldin ko‘ngil aynashi, so‘lak ajralishi, tez va 
chuqur nafas olish bilan boshlanishi mumkin.
Qusishni qayt qilishdan farqlash lozim. Qayt qilish odatda qorin 
mushaklari va diafragmani xarakatisiz, bu oshqozonni ovqat yoki havo bilan 
to‘lishi sababli yuzaga keladi.
Bolalarda, ayniqsa erta yoshli bolalarda, qusish ko‘p uchraydi. Bolalarda 
qusish ximoya funksiyalarini rivojlanmaganligi, qusuq massalarini nafas 
yo‘llariga tushishi xavfi bilan ayniqsa xavfli.
Qusishda dastlabki yordam ko‟rsatish.
1. Agar bolada qusish kuzatilsa uni yolg‘iz qoldirmaslik kerak.
2. Qusuq massalarini nafas yo‘llariga tushishini oldini olish maqsadida bolani 
yonbosh xolatida yotqizish lozim.
3. Xar bir qusishdan so‘ng bolani og‘zini toza suv bilan yuvish lozim (20 
grammlik shprits yoki sprinsofka yordamida) va terini qusuq massalari tushgan 
sohalarini yuvish kerak.
4. Qusish sababini aniqlamaguncha bolani ovqatlantirish yoki unga dori 
vositalarini bermaslik kerak.
Muz xaltasini qo‟yish
Muz xaltasini qo‘yish asosan tanani zararlangan sohasiga qon kelishini 
kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Xaltani qo‘llash uy sharoitidagi 
fizioterapiya muolajasiga kiritish mumkin. Quruq sovuq gipotermik effekt 
sababli qon tomirlarini torayishiga olib keladi, Sovuq nerv ta‘sirchanligini 


406 
kamaytiradi va og‘riq kamayadi. Xaltadagi muzni erishi sekin davom etganligi 
sababli tibbiyotda xozirgacha keng qo‘llaniladi.  
Muz xaltasini qo‟yishga ko‟rsatma:
1. Qon ketish (ichki va tashqi) 
2. Lat yeyishlar (dastlabki kunlarda). 
3. Harorat ko‘tarilganda
4. Komatoz xolatida 
5. Hashoratlar chaqishida. 
6. Qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarida. 
7. Operatsiyadan keyingi davrlarda. 
Muolajaga tayyorlash:

Muz bo‘lakchalari yoki katta bo‘lagi olinadi, 2-3 qavat choyshabga o‘raladi, 
katta bo‘lagi bo‘lsa urib maydalanadi. Katta bo‘lagini o‘zini ishlatish 
taqiqlanadi.

Toza choyshab yoki sochiq tayyorlanadi

Muz uchun toza idish olinadi. 

Sovuq suvli idish tayyorlanadi.
Muz xaltasini qo‟llash texnikasi:

Muz xaltasini qo‘yishdan oldin qo‘yiladigan sohani ko‘zdan kechirish lozim. 
Yallig‘lanish, tirnalish, qizarish yo‘qligini aniqlash kerak.

Muz xaltasi asosan boshni peshona va ensa sohalariga, ko‘krak qafasiga, 
qorin sohasiga, yirik qon tomirlar sohasiga (chov, qo‘ltiq osti sohalari) qo‘yiladi.

Ko‘krak yoshidagi bolalarga bosh sohsiga muz xalta qo‘yish mumkin emas. 
Bu xolatlarda sovuq kompresslar qo‘llash mumkin.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling