O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Nazorat savollar 
1. Operatsiyadan keyingi davr to‘g‘risida tushuncha. 
2. Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni parvarishlash qoidalari 
qanday? 
3. Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni kuzatish. 
4. Operatsiyadan keyingi yarani parvalishlash qoidalari qanday? 
5. Kolostomiyani parvarishlash qoidalari qanday? 
6. Tsistostomiyani parvarishlash qoidalari qanday? 
 
 


397 
4.15. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni ovqatlantirish chora - 
tadbirlari, ovqat tarqatish va ovqatlantirish usullari 
Xirurgik bemorlarni to‘laqonli, sifatli ovqatlanishi davolanishda asosiy rol 
o‘ynaydi. Ovqatlanishni to‘laqonli bo‘lmasligi jaroxat bitishini qiyinlashtiradi va 
shifoxona ichi infeksiyasiga qarshi kurash kiyin kechishiga sababchi bo‘ladi. 
Sifatli va vitaminga boy ovqat ratsioni operatsiyadan keyingi paytda organizmni 
infeksiyaga tolerantligini va immunitetini oshiradi. Xirurgik bemorlarni 
to‘laqonli, sifatli ovqatlantirishni turini tashkil qilish xar bir shifokorni 
burchidir. Xirurgik bemorlarni to‘laqonli ovqatlantirish organizmning 
energetik va plastik ehtiyojini oshiradi. Bunday ovqatlantirish kasallik paytida 
organizmni energiya sarfini to‘laqonlik bilan to‘ldiradi. Organizmni ovqatga 
kunlik talabi solishtirilsa, sutka davomida oqsil 13-17%, yog‘ 30-35%, 
uglevodlar 50-55% ni tashkil etadi. Kasallikni turiga qarab ovqatlanish ratsionini 
va ovqatlantirish yo‘li tanlaniladi. Organizimga 2 xil yo‘l bilan ovqat yetkazib 
berish yo‘li bor - tabiiy va sun‘iy. Shifokor tabiiy ovqatlanishda ovqatlanish 
dietasini va ovqat stol nomerini belgilaydi. Ovqatlantirish dieta stolini jahonda 
bir xil N.I.Pevzner bo‘yicha 15ta nomerlari bor. Bu dieta nomerlari xar biri o‘z 
tarkibiga, uni pishirish turiga, energiya va vitaminga boyligiga qarab, 
organizmga singishiga va qarshi kursatmasiga qarab beriladi. Bir xil xirurgik 
operatsiyalardan keyin va bir qancha kasalliklarda tabiiy yo‘l bilan 
ovqatlantirish ilojisi bo‘lmaydi, shu payt sun‘iy ovqatlantiriladi: enteral (zond 
orqali yoki stoma orqali) yo‘l; parenteral yo‘l va aralash yo‘l bilan 
ovqatlantirish. 
 
Enteral (zond orqali) ovqatlantirish – oshqazon yoki ingichka ichakga 
qo‘yilgan zond naycha orqali ovqatantirish tushuniladi. Zond bilan 
ovqatlantirishni xirurgik kasalliklarda ko‘rsatma: bosh miya travmasi bilan 
hushidan ketganda; og‘ir intoksikatsiya paytida; og‘iz bo‘shlig‘ida, hiqildoqda 
va qizilo‘ngachda to‘sqinlik bo‘lganda (o‘smalar va chandiqli kuyishlar, 


398 
torayishlar). Organizimda (sepsis, kuyish kasalligi va ko‘p travmalarda) 
katabolizm mexanizmi oshganda; hamma anoreksiyalarda. 
Zond bilan oqatlantirilganda suyuq ovqatlar (sut, bulyonlar, soklar), 
aralash yengil hazm bo‘ladigan (quritilgan sut, shakar, kraxmal) yoki 
maydalangan (go‘sht, baliq, tvorogdan) tashkil topadi. Zond kuyish imkoni 
bo‘lmaganda (qizlo‘ngach o‘smalarida) oshqozonga gastrostomiya qo‘yiladi. 
Sun‘iy yasalgan oshqazon teshigidan (gastrostoma) trubka orqali 
ovqatlantiriladi. Gastrostomadan operatsiyaning ikkinchi kunlaridan suyuq 
ovqat ko‘rinishida ovqatlantiriladi. Xar 2- 3 soat ichida 100-150 ml 
gastrostomaga trubka qo‘yib Jane shpritsida yoki varonka orqali yuboriladi. 
Ovqatlantirgandan so‘ng trubkani suvda yuviladi va trubkaga qisqich qo‘yiladi. 
5-7 kun o‘tgandan so‘ng ovqatlar kasha ko‘rinishda 400-500 ml 4-5 martagacha 
ovqatlantiriladi.
Operatsiyadan keyingi davrda asosan organizmdan yo‘qotilgan oqsillar, 
elektrolitlar va metobolizmni korreksiya qilish yotadi. Organizm qabul qilyotgan 
ozuqadan kaloriyani xisoblash uchun kam miqdorda dekstroza ishlatiladi
bemorda giperglikemiya bo‘lmasligi uchun yog‘larni, triglitsiridlarni va yog‘ 
kislotalarni beriladi. Operatsiya paytida va abdominal og‘ir operatsiyalarida 
OITga har xil yo‘l bilan ovqatlantiriladi (gastrostomiya va entrostomiya). 
Bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda ovqatlantirish.Ovqatlantirish 
bemorning qaysi kasallik bo‘yicha operatsiya bo‘lganligi turiga va qancha 
davom etganligiga bog‘liq. 
OIT bilan operatsiya bo‘lgan bemorlar birinchi kun enteral 
ovqatlantirilmaydi, keyingi kunlardan cheklangan (bulyonlar, kisel, suxarik va 
boshqalar) stol №1a yoki 15a, keyin umumiy stol №15ga o‘tkaziladi. 
OITni yuqori qismi bilan operatsiya bo‘lgan bemorlarga birinchi 2 kun 
enteral ovqatlantirilmaydi. Faqat parenteral ovqatlantiriladi: vena ichiga qon 
o‘rnini bosuvchi dorilar, glyukoza, oziqlantiruvchi huqnalar. 2-3 kundan stol №0 
(bul‘on, kisel) 4-5 kundan stol №1a (qotgan non qo‘shiladi); 6-7 kundan stol 


399 
№16 (kashasimon ovqatlar); agar asorati bo‘lmasa 10-12 kundan umumiy stol 
№15 buyuriladi. 
Qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida, lekin OIT (o‘t qopi, oshqazon osti bezi, 
taloq) butunligi buzulmaganda stol №13 (bul‘on, sho‘rvalar, kisel, jigar, olma) 
tavsiya etiladi. 
Yo‘g‘on ichak operatsiyalarida bemorga 4-5 kun ichi kelmasligini 
ta‘minlash kerak. Bunga ovqat suyuq formada kam miqdorda beriladi va 8-10 
tomchi opiya beriladi. 
Og‘iz bo‘shlig‘i operatsiyalarida burun orqali oshqozonga zond qo‘yiladi 
va zond orqali (suyuq ovqatlar) ovqatlantiriladi. 
OITga bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalarda operatsiyadan 1-2 kunlardan 
keyin stol №1a yoki №1b buyuriladi, keyinchalik stol №15 ga o‘tkaziladi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling