O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Terini parvarishlash 
Uzoq vaqt yotoq rejimda bo‘lgan bemorlarni terisini parvarishlash katta 
ahamiyat kasb etadi. Terini ter, yog‘ bezlari sekreti yoki boshqa sekretlar bilan 
qoplanishi kuchli qichishishga, terini ikkilamchi infitsirlanishiga, ba‘zi 
sohalarda (oyoq barmoqlari orasi, dumba, qo‘ltiq osti bukilmalari) zamburug‘ 
kasalliklarini, yotoq yaralarni rivojlanishiga olib keladi.
Qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa haftasiga bir marta gigiyenik vanna yoki dush 
qabul qilinadi. YOtoq rejimdagi bemorlarni terisi spirt, odekolon, oshxona 
uksusi qo‘shilgan iliq suv bilan namlangan tampon bilan har kuni artiladi.
Ayniqsa bunda ter bezlari ko‘p sohalar (ko‘krak bezi osti, chov-son burmalari va 
h.o.) yaxshilab artiladi. Qo‘llar har ovqatlanishdan oldin, oyoqlar haftasiga 2-3 
marta yuviladi.
Oraliq va jinsiy a‘zolar sohasi har kuni yuvilishi lozim. Og‘ir bemorlarda 
bu kunora o‘tkazilishi shart. Bunda idishdan iliq suv yoki kaliy permanganat 
kuchsiz eritmasi quyiladi va paxta tampon bilavn oldindan orqa teshikka qarab 
yuviladi. Ayollarda bu ketma-ketlik alohida qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi (har 
gal yangi tampon ishlatiladi ): chov burmasi; katta uyatli lablar sohasi; katta va 


414 
kichik uyatli lablar burmasi; qin. Shu tartibda bu sohalar quritib artiladi. 
Erkaklarda balanopostitni oldini olish maqsadida olat kertmak terisi ochiladi va 
olat boshi yuviladi.
Qindan ajralma chiqqanda Esmarx krujkasiga maxsus qin uchligi ulanadi 
va sprinsirlash – qin devorlarini, bo‘shlig‘ini iliq suv, natriy gidrokarbonatning 
kuchsiz eritmasi, kaliy permanganat yoki natriy xlorning izotinik eritmasi bilan 
yuvish ishlatiladi.
Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash 
Shaxsiy gigiyena qoidalarida og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlar asosiy o‘rin 
egallaydi. Og‘ir bemorlarda, asosan yuqori tana harorati bilan bemorlarda 
immunitet tushib ketadi va og‘iz bo‘shlig‘idagi borp bo‘lgan mikroblar 
ko‘payishiga yaxshi sharoit yuzaga keladi, natijada tishlar (pul‘pit, periodontit, 
parodontoz), milk (gingivit), tanglay shilliq qavati (stomatit) zararlanadi, og‘iz 
burchagi yoriladi, lab qurub qoladi. 
Ularni oldini olish maqsadida bemor kuniga ikki marta tishini yuvishi 
lozim, har ovqatlangandan keyin og‘zini chayishi shart. Og‘ir bemorlar og‘zini 
0,5% natriya gidrokarbonat, natriy xloridning izotonik eritmasi, kaliy 
permanganatni kuchsiz eritmasi bilan chayiladi. YAayish Jane shpritsi yoki 
rezina ballon yordamida bajariladi. Bunda suyuqlik nafas yo‘liga tushmasligi 
kerak, bemor yarim o‘tirgan holatda, boshini biroz oldinga egib yoki yotgan 
bo‘lsa boshini yon tomonga burgan holda bo‘lishi lozim. Suyuqlik yaxshi ketishi 
uchun og‘iz burchagini shpatel bilan ochib turamiz. 
Og‘iz bo‘shlig‘ining, halqum, mindalinlarning ba‘zi kasalliklarida og‘iz 
va halqum shilliq qavatidan surtma olamiz. Bu steril tampon bilan olinib, steril 
probirkaga solinadi. 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling