O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Bemorlarni yuvintirish 
Maqsad: Gigiyenaga rioya qilish, yotoq yaralarni, bichilishlarni oldini 
olish.
Ko‘rsatma: Siydik qopini kateterlash, siydikni tahlil qilishga olish
ginekologik manipulyatsiyalar. Yotoq rejimdagi hamma bemorlar ertalab, 
kechqurun va har ichi kelgandan va siygandan keyin yuvintiraldi.
Kerakli anjomlar: Taglik kleyenka; metall yoki plastmassa sudna;
―Yuvintirish uchun‖ yozuvli Esmarx krujkasi; (+35...+38°S) iliq suv; 5% kaliy 
permanganat; kornsang; suv; buyraksimon lotok; rezina qo‘lqop.
Bemorlarni yuvintirish texnikasi: 
1. Esmarx krujkasiga su solinadi va bir necha tomchi 5 % kaliy permanganat 
eritmasidan tomiziladi, to och-pushti rang bo‘lguncha.
2. Qo‘lqop kiyiladi.
3. Bemorga chalqancha yotish so‘raladi, tizzalaridan bukiladi, sonlari ochiladi.
4. Kleyenka to‘shaladi, sudna qo‘yiladi.
5. Kornsngga paxta qistiriladi. Bunda uning o‘tkir qirralari paxta bilan yopilgan 
bo‘lishi shart.
6. Chap qo‘lga iliq dezinfeksiyalovchi eritmali idish olinadi, bemor soniga 
ozgina quyiladi va so‘raladi: ―Sizga issiq emasmi?‖. Agar suv harorati qoniqarli 
bo‘lsa, manipulyatsiya davom ettiriladi.


413 
7. Iliq dezinfeksiyalovchi eritma bilan jinsiy a‘zolar yuviladi. O‘ng qo‘lga 
paxtali kornsang olinadi, jinsiy a‘zolar oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. 
Oldin kichik uyatli lablar, keyin katta uyatli lablar, chov soha, qov usti 
yuviladi.Ohirda orqa teshik yuqoridan pastga qilib yuviladi.
8. Kornsangdan iflos paxta olib tashlanadi, toza paxta qo‘yiladi va teri quritiladi, 
huddi yuqoridagi ketma-ketlikda.
9. Sudna olinadi, bemorga krovatda o‘rnashib yotishiga yordam beriladi.
Erkaklar ham yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha yuvintiraladi. Yuvintirishda 
―markazdan pereferiyaga‖ prinsipiga amal qilish kerak, ya‘ni olat boshidan chov 
sohaga qarab.
Izoh. Yarim yotoq rejimdagi bemorlarga bidedan foydalanish o‘rgatiladi, agarda 
u bo‘limda bo‘lsa.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling