O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Nazorat savollari: 
1. Oshqozon-ichak tizimi kasalliklarining asosiy shikoyatlari. 
2. Qusishda birinchi yordam 
3. Oshqozondan qon ketganda birinchi yordam 
4. Oshqozonni yuvish texnikasi 
5. Klizmalar va uning turlari. Klizma qoyishga korsatma va qarshi 
ko‘rsatmalar 
6. Har xil turdagi klizmalarniq oyish texnikasi 
7. Meteorizm va gaz haydovchi naycha qoyish texnikasi 
8. Qorin sohasida ogriq haqida tushuncha va ogriqda birinchi yordam 
9. Jigildon qaynash haqida tushuncha va jigildon qaynashda birinchi yordam 
10. Kekirish haqida tushuncha va kekirishda birinchi yordam 
11. Kongil aynashi haqida tushuncha va kongil aynashida birinchi yordam 
12. Qabziyat haqida tushuncha va qabziyatda birinchi yordam 
13. Diareya haqida tushuncha va diareyada birinchi yordam 
 


113 
1.26. Siydik hosil qilish va ajratish tizimi kasalliklarida bemorlarni 
kuzatish va parvarishi qilish 
Buyrak va siydik chiqaruv nayi kasalliklari bilan kasallangan 
bemorlarning parvarishi va nazorati 2 yo‘nalishda olib boriladi. 
Umumiy chora-tadbirlar – turli a‘zolar va tizimlar kasalliklari bilan 
og‘rigan bemorlarni ko‘zdan kechirish va tekshirish: bemorni umumiy ko‘zdan 
kechirish, termometriya, puls va arteriya bosimini tekshirish, harorat varaqasini 
to‘ldirish, bemor shaxsiy gigiyenasi va boshqalar. 
Maxsus chora-tadbirlar – siydik ayiruv a‘zolari kasalliklardagi simptomlar 
asosida tekshirish va ko‘zdan kechirish: shish, beldagi og‘riq, arterial 
gipertenziya va boshqalar. 
Buyrak va siydik yo'llalari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni kuzatish 
ehtiyotkorlik va muntazam parvarishlashni talab qiladi. Qachonki bemorning: 
siydik rangi o'zgarishi, qon bosimining ko‘tarilishi, dispeptik buzilishlar sodir 
bo‘lganda, umumiy ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish 
kerak bo‘ladi. 
Buyraklar asosiy vazifasi – ajratish. Buyraklar organizmdan siydik, suvda 
erigan tuz, metabolizm mahsulotlarini ajratadi (xususan, protein metabolizm 
mahsulotlari – ―azot-qoldig`I‖ bo'ladi). Bundan tashqari, buyraklar oqsillar, 
uglevodlar va yog'lar almashinuv jarayonlarida, gemodinamikani tartibga 
solishda ishtirok etadigan biologik faol moddalar (eritropoietin, renin, 
prostaglandinlar va boshqalar) ishlab chiqaradi.
Har 5-10 minutda buyraklar orqali tanamizdagi barcha qon oqib o'tadi, 
sutkada buyraklarda 1000 litr gacha qon aylanadi. Buyrakdagi siydik doimiy 
asta-sekinlik bilan siydik pufagida to`planadi. Keng ma'noda, «diurez" so‘zi 
siydik shakllanishi va siydik ajratish ma‘nosini bildiradi, lekin u ko'pincha 
siydik chiqishi miqdorini tavsiflash uchun ishlatiladi (yunoncha diureo - siydik 
ajratmoq). Kun davomida ajratiladigan umumiy siydik miqdori sutkalik diurez 
deyiladi. Bir daqiqadagi o‘rtacha diurez minutlik diurez deyiladi (bu buyrak 


114 
funksiyasini ifodalaydi). Katta yoshli odamlarda siydik ajratish kundalik 
miqdori odatda, qabul qilingan suyuqlikning 50-80% ini tashkil qiladi, ya‘ni 
1000 dan 2000 ml orasida o'zgarib turadi. Suyuqlikning qolgan hajmi teri orqali 
(300-400 ml / kuniga) o`pka orqali (300-400 mlgacha, jismoniy zo‘riqish 
paytida 500 ml gacha) ajraladi. Ichaklar orqali 100 ml gacha suyuqlik 
ajraladi. Jismoniy, og`ir ish bajarganda va issiq havoda haddan tashqari terlash, 
qayt qilish, ich ketishi paytida siydik ajralishi kamayadi va aksincha, ko‘p 
suyuqlik qabul qilinganda siydik ajralishi ko‘payadi.
Buyrak va siydik yo'llari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarda turli xil 
shikoyotlar kuzatiladi. Bunda bel sohasida shish, dizuriya, og'riq, siydik 
ajralishini buzilishi, qon bosimini oshishi kabi alomatlar nisbatan ko‘p 
kuzatiladi.
Buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar parvarishining muhim qismi 
ajralgan siydikning xususiyatlarini o‘zgarganliginikuzatishdir.
Siydikning rangi pigmentlar (uroxrom, urobilin va boshqalar) ga bog‘liq 
bo‘lib, odatda och sariq rangdan qizgish-sariq ranggacha o‘zgarib turadi. Quyuq 
siydik achchiqchoy rangida bo‘ladi. Siydik rangining ochroq yoki to‘q bo‘lishi 
uning nisbiy zichligi va ajratilgan siydik miqdoriga bog‘liq ravishda o‘zgarib 
turadi: zichligi yuqori bo‘lganda sariq rangda bo‘lsa? Nisbatan och tusli siydik 
nisbiy zichligi past hollarda kuzatiladi. 
Siydikning rangi qabul qilingan dorilar va qabul qilinga ovqatlarga 
bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Siydikning rangi turli patalogik hollarda ham o‘zgaradi. Masalan, qusish, 
ich ketish, organizmning suvsizlanishi to‘q sariq, pollakuriyada siydik suvdek 
rangsizlanadi. Buyrakdagi tosh siljishida siydik qon hisobiga qizil rangga kiradi, 
o‘tkir nefritda ―go‘sht yuvindisi ―rangli gemzturiyac kuzatiladi.
Gematuriya (grek. Haimatos – qon, top- siydik) siydikda qon yoki 
eritrotsitlarni paydo bo‘lishi.


115 
Hidi. Normada siydik o‘tkir bo‘lmagan, o‘ziga xos hidga ega. Ammiak 
hidli siydik- siydik yo‘llarida yoki havoda peshobga bakterialar tushishida 
kuzatiladi (o‘tkir sistit, o‘smaning parchalanishida). Diabetik komada mevali hid 
(olmali) keton tanachalari hisobiga; sarimsoq qabul qilganda esa siydik darhol 
o‘tkir, yoqimsiz hidli bo‘lib qoladi.
Tiniqligi. Normada siydik tiniq, shaffof bo‘ladi. Xiralashishi siydikda 
ko‘p miqdorda tuzlarning, yog‘ tomchilari, shilliq, bakteriya, hujayra 
elementlarining mavjudligini bildiradi. Siydik tiniqligi 4 xil bo‘ladi: to‘liq, 
noto‘liq, qisman xiralashgan, xira. Xiralashgan siydik piyelonefritda, pastki 
siydik yo‘llari infeksiyalarida tuz ajralishida kuzatiladi. Biroz xiralashgan siydik 
norma ham bo‘lishi mumkin.
Bunday bemorlarda, albatta, iste‘mol qilinayotgan suyuqlik va 
ajratilayotgan siydikning miqdorini nazorat qilish lozim. Bemorlar mustaqil 
tarzda yoki tibbiy xodimlarning yordami bilan sutkalik diurezni aniqlashi sharr 
va hamshira olingan ma‘lumotlarni harorat varaqasiga qayd etishi, sutkalik 
diurezni ml larda ifodalab yozishi lozim. Qabul qilingan suyuqlikni hisoblashda 
nafaqat so‘rvalar, choy, soklar hisoblanadi, balki, ichilayotgan dori vositalari, 
qolaversa parenteral kiritilayotgan dori vositalari ham hisoblanadi. Bemordan 
ajralayotgan siydikning barcha miqdori o‘lchamli bankaga yig‘ib boriladi va kun 
oxirida umumlashtiriladi. Shundan keyin qabul qilingan suyuqliklar miqdori va 
sutkalik diurez ko‘rsatkichlari solishtiriladi. Agarda qabul qilingan suyuqlik 
ajratilgan siydik miqdoridan ortiq bo‘lsa, manfiy diurez, aksincha, ajratilgan 
siydik sutka davomida iste‘mol qilingan suyuqlikka teng yoki undan ortiq bo‘lsa 
musbat diurez deyiladi.
Siydik chiqarish buzilishi mavjud bemorlar kata e‘tiborga muhtoj 
hisoblanadi. Bemorlar palatalari iliq bo‘lishi kerak, agar, bemorlar soviq 
qotishsa, ayniqsa, oyoqlari, siydik chiqarish tezlashadi. Enurez kuzatilayotgan 
bemorlar to‘shaklari kleyonkalar bilan qoplanilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 


116 
Poliuruya kuzatilayotgan bemorlarga maxsus tagliklar (pampers) qo‘llashimiz 
mumkin.
Diurezning o`zgarishi
 
Bu buyrak va siydik ayiruv yo`llari kasalliklarida eng ko`p kuzatiladigan 
belgilrdan biri. 
Poliuriya (yunoncha polys - ko‘p, uron - siydik) sutkalik siydiq miqdori 
2000 ml dan oshishi. Quyidagi hollarda kuzatiladi. 
Fiziologik - sutkalik suyuqlik iste‘moli ortib ketganda, xomiladorlik va 
kuchli stress xolatlarida.
Shish, ekssudat, transsudatlarning so‘rilishida. 
O‘tkir nefrit va pielonefritda 
Qandli diabetda 
Surunkali buyrak yetishmovchiligida 
Poliuriyada doimiy ravishda chanqoqlik va suvga tashnalik kuchli bo`ladi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling