O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Oligouriya (yunoncha olygos – kam, uron - siydik) sutkalik siydikni 500 
ml va undan kam ajralishi. Bu quydagi xolatlar kuzatiladi:
Fiziologik – suyuqlik qabul qilish cheklanganda, ko‘p terlashda, jismoniy 
zo‘riqishlarda
O‘tkir va surunkali nefritlarda
Yurak yetishmovchiligi
Kuyish kasalligi (shok bosqichida) 
Buyrak zaxarlanishlarida
Turli etiologiyali shoklarda 
Qorin bo‘shlig‘I o‘smalarida va kichik chanoq a‘zolari o‘smalarida
Anuriya (yunoncha an – yo‘q, uron – siydik) siydik ajralishi to‘xtashi 
hisobiga siydik pufagiga siydik tushmasligi (200 ml / sutka va undan kam). 
Anuriya buyrak yetishmovchiligida (buyrakka aloqador) arterial bosim tushib 
ketishi (buyrakdan tashqari anuriya), siydikning ajralishiga to‘siq mavjud 


117 
bo‘lgan xollarda (masallan siydik ayiruv naylarining o‘sma bilan bosib 
qo‘yilishi xolatlarida) kuzatiladi. 
Ishuriya (yun. ischo-to`xtash, yoki to`sqinlik qilish, uron- siydik). Bunda 
siydik pufagi to`lganda ham uni tashqariga chiqara olmaslik kuzatiladi. Ishuriya 
siydik pufagi atoniyasi yoki siydik yo‘li torayishida kuzatiladi.
Ishuriya yuzaga kelganda kechiktirmagan xolda siydik pufagini bo`shatish 
lozim. Bunday xolatlarda bemorlarda mustaqil ravishda siydikni ajralishini 
kasalning atrofida xuddi jumrakdan suv oqib turganidek yoki choynakda suvni 
tomchilatilgandek shovqinnixosil qilib, yoki jinsiy a‘zolarni issiq suvda yuvish 
orqali yoki qov usti sohasiga grelka quyishni qo`llash bilan yuzaga keltirish 
mumkin.
Agarda bularning xech qaysisi samara bermasa bemorga siydik chiqarish 
nayi (kateter) ulab qo‘yiladi.
Nikturiya. Buyraklarning normal faoliyati uchun kunduzgi diurezning 
ustunligi xosdir (kunduzgi diurezning tungi diurezga nisbati taxminan 4:1). 
Nikturiya (yunoncha nyktos – tun, uron - siydik) - tungi diurez ortishi hisobiga 
ushbu nisbatning o‘zgarishi (siydikning ko‘p qismini kunduzi emas tunda 
ko‘proq ajralishi). Nikturiya turli buyrak xastaliklarda, prostate bezi 
gipertrofiyasi va qandsiz diabetga chalingan bemorlarda kuzatiladi. Nikturiya 
buyrak kasalliklarining erta simptomlaridan biri bo‘lib, ayniqsa keksalarda ko‘p 
uchraydi. 
Enurez. Asosan yoshi kattalar va qariyalarda nikturiya siydik tuta 
olmaslik - enurez (yunoncha enureo – xo‘llash) bilan birga kechadi. Enurez 
yoshi katta kishilarda prostata bezi adenomasida kuzatiladi. 
Pollakiuriya. Odatda sutkada normada 3-4 marta siydik ajraladi. 
Pollakiuriyada (yunoncha pollakis - ko‘p marta, tez tez, uron - siydik) sutkalik 
siydik ajralishi 6-7 martadan yuqori boladi. Bu holat ko‘p suv ichganda, siydik 
ajratish yo‘llari yallig‘lanishida ifodalangan prostate bezi adenomasida va 
poliuriya bilan kechuvchi kasalliklarda kuzatiladi. 


118 
Dizuriya (yunoncha dys - funksiyaning buzilishi, uron - siydik) - siydik 
qopidan siydik ajralishining tezlashishi va/yoki qiyinlashishi, og‘riqli bo‘lishi 
bilan harakterlanadigan siydik chiqarishni buzilishlarining umumiy nomi. 
Dizuriya simptomlari siydik ayiruv tizimining yallig‘lanish kasalliklari (sistit, 
uretrit, piyelonefrit, buyrak tuberkulyozida va bosh.) va siydik yo‘lida tosh 
mavjudligida namoyon bo‘ladi. 
Stranguriya (yunoncha strangos –tomchi, uron-siydik) og‘riqli siydik 
ajralishi boshqa o‘zgarish va buzilishlar kuzatilmagan holda. 
Shishlar. Buyrak kasalliklarida kuzatiladigan shishlar ko‘pincha ertalab 
yuzlarda namoyon bo‘ladi (paraorbitalni shish), ifodalangan shish sindromida 
esa tananing pastki qismlarida ham kuzatiladi. Ba‘zida shishlar yaqqol 
ifadalangan, yuzlarga, qo‘l-oyoqlarga tarqalgan bo‘ladi va anasarka rivojlanishi 
bilan kechadi. 
Shishlar kelib chiqan bemorlarni kuzatishda nafaqat sutkalik diurezni 
aniqlash, balki tana vaznini ham aniqlash lozim.
Beldagi og`riqlar. Buyrak va siydik chiqarish yo`llari kasalliklaridagi bel 
sohasida og‘riq buyraklar kapsulasinig taraglashishi (masalan buyrakdagi 
yallig‘lanish jarayonlarda–nefritda) va/yoki siydik ayiruv naylari obstuksiyasida 
(tosh, qon laxtalari bilan) kuzatiladi. Og‘riqning doimiy bolishi ikki xil holatda: 
glomerulonefritda-umumiy og‘riq va piyelonefritda faqat ma‘lum bir tarafda 
kuzatiladi. Kuchli, to‘lg‘oqsimon, bel sohasining bir tarafidagi va oraliq 
sohasiga tarqaluvchi og‘riqlar – buyrak sanchig‘I - siydik tosh kasalliklarida 
namoyon bo‘ladi. 
Buyrak sanchigiga birinchi yordam - shifokor kelguniga qadar iliq suvli 
vanna yoki grelka qo`yiladi. Uvning harorat 38-39C, vanna qabul qilish 
davomiyligi 10-20 minutni tashkil qiladi. Bundan tashqari shifokor tavsiyasiga 
ko‘ra bemorga spazmolitik va anal‘getiklar kiritiladi. 
Arterial gipertenziya
 


119 
Buyrak patologiyalar natijasida kelib chiqadigan simptomatik arterial 
gipertenziyaning simptomidir. Buyraklar arterial gipertenziyasi amaliy jihatdan 
simptomsiz kechishi mumkin va davolash ham etarlicha murakkab bo‘ladi.
Aterial gipertenziya aniqlanganda, bemorda tizimli ravishda qon bosimi sutkada 
2- 3 marta yoki undan ham ko‘po‘lchab turiladi va albatta shifokor tavsiyasiga 
ko‘ra antigipertenziv vositalar qabul qilinadi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling