O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Zararsizlik nuqtasi"
- Barqarorlikni tekshirish usuli
Sezgirlik tahlili loyihaning o‘xshash parametrlaridan biri o‘zgarganda, loyiha samaradorligi qay darajada o‘zgarishiga miqdoriy baho berishda qo‘llaniladi. Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada taʼsir yetuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu omillar bilan bog‘liq vazifalarni echishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi. Avvalo, sof joriy qiymatni hisoblashga yordam beradigan omillar aniqlanadi. Keyin maʼlum oraliqlarda omillardan biri o‘zgartirilib, sof joriy qiymat hisoblab chiqiladi, ushbu yo‘l har bir omil uchun takrorlanadi. Bundan so‘ng hamma hisoblar jadvalga joylashtiriladi, har bir omil o‘zgarishiga nisbatan loyihaning sezgirlik darajasi solishtiriladi va loyihaning muvaffaqiyatiga eng ko‘p darajada taʼsir yetuvchilari aniqlanadi. Sezgirlik tahlili yordamida, hisoblar uchun zarur bo‘lgan turli xil o‘zgaruvchilar berilganda, naqd foyda yoki investitsiya rentabelligining eng zaruriy o‘zgarishlarini aniqlash mumkin. Turli xil o‘zgaruvchilarga ishlab chiqarish xarajatlari, sotish hajmi, investitsiya davri davomiyligi, kredit foizi, xom-ashyo va yoqilg‘i qiymati, soliqlar miqdori va boshqalar misol bo‘ladi.
"Zararsizlik nuqtasi"ni aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘lgan holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo‘lsa, korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo‘lsa, korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo‘ladi. "Zararsizlik" tahlili loyiha quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi miqdorini topish maqsadida qo‘llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo‘lsa, korxona zararga ishlayotgan bo‘ladi. Bu tahlil loyihani baholashda turli narx va qiymatni hisobga olishga bir qator zararsizlik nuqtalarini hisoblashga imkon beradi. Barqarorlikni tekshirish usuli yordamida investitsiya ishtirokchilari uchun eng xatarli variantlarda investitsiya loyihasini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishni oldindan ko‘rib chiqish mumkin. Har bir rejada har bir ishtirokchining rejalashtirilayotgan daromadi, yo‘qotishlari, samaradorligi etiborga olinadi. Agar barcha ko‘rib o‘tilgan holatlarda ishtirokchilar qiziqishlari ko‘zatilsa, kutilayotgan ko‘ngilsiz munobatlar mavjud zahira va rezervlar hisobiga cheklatilsa yoki sug‘urta to‘lovlari bilan qoplansa, loyiha barqaror va samarali deb hisoblanadi. Loyihaning barqarorlik darajasi uni amalga oshirish sharoitlarining yehtimolli o‘zgarishlarga nisbatan ishlab chiqarish, narx va mahsulotning eng yuqori darajadagi qiymati orqali ifodalanishi mumkin. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling