O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
R
Royalti 1) litsenziya kelishuviga muvofiq lisenziar foydasiga to‘lanadigan mukofot puli. Bu pul litsenziya asosida ishlab chiqarilgan tovarlardan olingan foydaning maʼlum hissasi sifatida muntazam ravishda to‘lab boriladi. 2) Tabiiy resurslarni qayta ishlash, ularni qazib olish huquqi uchun to‘lanadigan haq. S Sanksiyalash yirik korxonalar va moliyaviy halokatning oldini olishga qaratilgan davlat soqlomlashtirish tadbirlarining majmui. Bunday moliyaviy soqlomlashtirish tadbirlari qatoriga: davlat qarzlarini kechib yuborish, byudjet hisobidan dotasiya berish, byudjetga to‘lovlar muddatini o‘zaytirish (prolongasiyalash), soliqlardan ozod qilish, imtiyozli kreditlar berish, foydalanilmayotgan mol-mulklarni sotish kabi choralar kiradi. Siving (Swing) tomonlar o‘rtasidagi avtomatik tarzda o‘zaro kreditlashning eng ko‘p miqdori. O‘zaro tovar aylanishi hajmining muayyan foizlar miqdorida belgilanishi. Siving hajmidan ortiqcha tovar muomalasi qo‘shimcha mahsulotlar etkazib berish yo‘li bilan qoplanadi yoki erkin muomaladagi valyuta to‘lash yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi. Sertifikat u yoki bu narsa (buyum, hujjat)dan foydalanish, unga yegalik qilish huquqiga yegalikni tasdiqlovchi guvohnoma. Qo‘llanilish sohalariga ko‘ra: a) Maxsus davlat qimmatli qog‘ozlariga yegalikni, Sug‘urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat sertifikat; b) mahsulot sifatini tasdiqlovchi sertifikat; v) auditorlik sertifikati, yaʼni eʼlon qilingan auditorlik balansining to‘qriligini tasdiqlovchi hujjat; g) hisob-kitob sertifikati; d) garov sertifikati; ye) mulklarni muayyan qismiga yegalik huquqi haqidagi sertifikat; j) aksiyadorlik sertifikati. Boshqa ko‘plab turdagi sertifikatlar ham mavjud. T Tender (inglizcha tender) 1) savdolar o‘tkazilishi paytidagi takliflar. Tender qoida tariqasida belgilangan muddatda, yashirin ravishda taqdim etiladi; 2) fyuchers birjasida mahsulot etkazib berishdagi nosis. Transfert (franso‘zcha transfert) 1) yozma ravishdagi ko‘rsatma bilan mablag‘ni ko‘chirish, bankning o‘z korrespondentiga muayyan summadagi mablag‘ni transfertda ko‘rsatilgan shaxsga berib yuborish to‘qrisidagi buyruqi; 2) muayyan pul summasini hisob raqamidan ikkinchisiga ko‘chirilishi, o‘tkazilishi; 3) yegasi ko‘rsatilgan aksiyani bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tkazilishi va uni aksiyali jamiyatning maxsus jurnalida qayd etilishi; 4) Pul mablag‘larini bir moliyaviy muassasadan boshqasiga ko‘chirilishi; 5) chet el valyutasi yoki oltinni bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chirilishi. Trassant (nemischa Trassant) veksel muomalasidagi kreditor. Trassant ko‘chiriladigan veksel chiqaradi va uni imzolaydi. Ushbu veksel bo‘yicha trassat unda ko‘rsatilgan summa pulni uchinchi shaxslarga remitentlarga belgilangan muddat ichida to‘lashi lozim bo‘ladi. Trassat (nemischa Trassat) veksel muomalasidagi qarz oluvchi. Trassat trassant tomonidan va imzolanadigan ko‘chiriladigan veksel (tratta)da ko‘rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxs (remitent)ga to‘lashi lozim bo‘ladi. Trast (inglizcha trust) 1) xo‘jalik va boshqa sohalarda ishlarni yuritish uchun berilgan vakolatnoma. Bank muomalasi sohasida trast operatsiyalari odatda banklar tomonidan amalga oshiriladi; 2) birlashma, fondlar ishbilarmonlik trasti, ommaviy trast va boshqalar mavjud. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling