O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 483.74 Kb.
bet78/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

Nazorat uchun savollar

  1. Loyiha bilan boglik risklar tahlili maqsadlari.

  2. Loyiha bilan boglik risklar hosil bo‘lish sohalari bo‘yicha tavsiflanishi.

  3. Xuquqiy risklarning paydo bo‘lish sabablari.

  4. Loyiha bilan boglik risk tahlili ketma-ketlikda amalga oshirilishi.

  5. Tyexnologik risklarning mazmuni va tyexnologiyani baholashning asosiy vazifalari.

  6. Tyexnologiyaning tashqi taʼsir darajasi va turlar.

  7. Tyexnologik baholashda tarmoq xususiyatlarining farqi.

  8. Tyexnologik risklar tarkibi va ularni pasaytirish uchun kullaniladigan tadbirlar.

Maʼruza matn bo‘yicha tayanch iboralarning izohi.
A
Akkreditasiyalash  ruxsat berish. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki chet el banklarining vakolatlarini O‘zbekistonda akkreditasiyalash vakolatiga yega.
Annuitet (lotincha annuitas  yillik to‘lov)  davriy tarzda to‘lanadigan pul summasi (badal, renta, daromad). Sug‘urta ishida Annuitet renta yoki nafaqani Sug‘urtalash yuzasidan har yili to‘lab boriladigan to‘lovlarni ifodalaydi. Anntuitet shuningdek, kreditorga olingan qarz yuzasidan har yili to‘lab boriladigan pul (foizlar ham) summasini ham anglatadi. Annuitetning bir necha turlari mavjud.
Arbitraj  1. Xo‘jalik sohasida hakamlik sudi;
Turli bozorlardagi qandaydir aktivlar (mahsulot, qimmatli qog‘oz, depozit, valyuta va h.k.) qiymati, kursi o‘rtasidagi farqlardan foyda olish maqsadida amalga oshiriladigan operatsiya, bitim.
Auditor  taftishchi firmasining xodimi, korxonalarning moliyaviy faoliyatini nazorat va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi, yillik buxgalteriya hisoblari va balanslari yuzasidan xulosalar beradi.

B


Bankrot bo‘lish  xo‘jalik yuritish subʼektlarining qarzdor sifatidagi qarzlari va boshqa majburiyatlarining mol-mulkidan oshib ketishi, buning natijasida tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga xaq to‘lash yuzasidan kreditorlar talablarini qondira olmay qolishi, shu jumladan, byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlarni taʼminlashga qodir yemasligi.
Bankrot bo‘lish bozor iqtisodi va raqobat kurashi sharoitida ko‘zatiladigan oddiy hol bo‘lib, bu jarayon natijasida «iqtisodiy zaif» korxonalar tabiiy ravishda «o‘yindan chiqadilar».
Bozor munosabatlari sharoitida xaridorlar bo‘lmagan yoki juda qimmat turadigan mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalar bunday mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechishlari, o‘z mahsulotlari narxini pasaytirishlari yoki o‘zlarini noqobil deb eʼlon qilishlari va yopilishlari lozim. Buning natijasida bo‘shab qolgan mehnat, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslardan yangi, zamonaviy firmalar, korxona va tashkilotlar tashkil etishda foydalaniladi. Korxonalarni bankrot deb eʼlon qilish asoslari, shartlari, tartiblari va oqibatlari O‘zRning 1994 yil, 5 maydagi «Bankrotlar to‘qrisida»gi qonunida belgilab qo‘yilgan.
Biznes  1) ish, mashqulot, tadbirkorlik faoliyati, muayyan natijalar (daromad, foyda olish)ga yerishish maqsadidagi iqtisodiy faoliyat. Biznes umumiqtisodiy atama bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning faoliyat sohalari va iqtisodiy manfaatlari (qishloq xo‘jaligi, savdo, bank va boshqa sohalar), (kichik, o‘rta, xususiy, yirik biznes) va boshqalar tushuniladi.
2) Bitimlar, savdo operatsiyalari; 3) Ishbilarmonlik hayoti va doiralari, boshqa sohalar (madaniyat, maorif, siyosat va boshqlar)dagi hayot faoliyatidan farq qiluvchi iqtisodiy hayot faoliyati; 4) Kompaniya, korxona, iqtisodiy subʼekt. Tadbirkorlikning u yoki bu sohadagi faoliyatini aks yettiruvchi ibora.

Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling