O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
IIqtisodiy makon muayyan davlatlararo hudud. Iqtisodiy makon iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning birligini yoki loaqal o‘zaro o‘xshash xususiyatlari bilan yaqinligini taqozo yetadi. YAgona iqtisodiy makon ishlab chiqarish kuchlari va vositalari taraqqiyotini bir xil darajada tutish, yagona iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar bilan qamrab olinganligi, ko‘zlangan taraqqiyot usullari va maqsadlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi. Tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy omillar bilan bir-biriga boqlangan davlatlar o‘zaro kelishgan holda kuch va imkoniyatlarini birlashtirish yo‘li bilan o‘z imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanishga intiladilar. O‘zaro yaqinlikni, yagona iqtisodiy makon mavjudligini bahona qilib mustamlakachi davlatlar tomonidan o‘z sobiq mustamlakalari ustidan iqtisodiy, keyinchalik esa siyosiy huquqlarini qayta tiklashga o‘rinish hollari ham tarixda maʼlum. K Kompensasiya tovon haqi (lotincha sompensatio) qoplash so‘zidan olingan bo‘lib, bir majburiyatni unga teng bo‘lgan boshqa majburiyat hisobiga o‘tkazish yoki qoplash yo‘li bilan ijro etish. Birjalarda kompensasiya deganda tovarlar yoki kontraktlarni sotib olishda o‘zaro bitimlarning tartibga solinishi nazarda tutiladi. Kontrakt tovar yoki xizmatlar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi. Kontrakt, birja kontrakti tovar birjalarida tuziladigan oldi-sotdi bitimlari. Birja kontraktlari, odatda, standartlashtirilishi darajasiga ko‘ra: a) vyuchers kontraktlari b) real tovarlar bo‘yicha birja kontraktlari kabi turlarga bo‘linadi. LLizing turli tyexnika vositalari, binolar, inshootlarni o‘rtacha muddatga yoki o‘zoq muddatga ijaraga berish. Bu uch tomonlama bitimga ko‘ra amalga oshiriladi: lizing firmasi (arendaga beruvchi) o‘z mijozi (ijaraga oluvchi) tanlovi bo‘yicha muayyan mulkni tayyorlovchi (mulk yegasi) ham sotib oladi va ijaraga oluvchi ixtiyoriga topshiradi. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar lizing bitimi bilan tartibga solinadi. Bunday bitimda uning muddati, summasi, ijara haqi miqdori, to‘lovlarning amalga oshirish muddatlari, shartnoma muddati tamom bo‘lgan mulkning qoldiq qiymati, mulkni ijaraga oluvchi tomonidan tayyorlanadigan mulk yegasidan qabul qilib olish bayonnomasi, mulkni Sug‘urtalash masalalari ko‘zda tutiladi. Litsenziya ruxsat berish: 1) patent yegasi tomonidan foydalanish uchun muayyan haq yevaziga maʼlum muddatga ruxsat berishlik; 2) mahsulotlarni eksport yoki import qilish uchun davlat organlaridan olinadigan yozma ruxsatnoma; 3) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan faoliyatning muayyan turlari bilan shug‘ullanish uchun (masalan, tibbiy xizmat, yuridik xizmat va hakozo) davlatning vakolatli organlariga belgilangan tartibda murojaat qilish yo‘li bilan olinadigan maxsus ruxsatnoma. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling