O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy javobgarlik
M
Marja (inglizcha margin, franso‘zcha marge) 1) ikki muayyan ko‘rsatkich (sotuvchi va xaridor narxi) o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi qiymat; 2) banklarda beriladigan kredit foiz stavkalari bilan qo‘yiladigan omonatlarga to‘lanadigan foizlar o‘rtasidagi farq; 3) qimmatli qog‘ozning bozor bahosi bilan uning ustidan olingan ssuda o‘rtasidagi farq; 4) sanoat korxonalari tomonidan qo‘yiladigan savdo ustamasi; 5) birjada hisob palatasida broker tomonidan yoki brokerga mijoz tomonidan narxlarning noqulay o‘zgarishi tufayli to‘lanadigan pul summasi; 6) baʼzan depozit maʼnosida ham ishlatiladi. Moddiy javobgarlik mehnat shartnomasiga ko‘ra yollanib ishlayotgan xodimni o‘z aybi bilan korxonaga etkazgan mulkiy zarari uchun mehnat qonunlarida belgilangan tartibda, shartlarda va hajmlarda moddiy javobgar bo‘lishi. Amaldagi mehnat qonunlarida xodimlarning cheklangan (Mehnat kodeksining 201-moddasi) va to‘la (MKning 202-moddasi) moddiy javobgarliklari nazarda tutilgan. Xodimga etkazilgan zarar ish beruvchining javobgarligi ham moddiy javobgarlik hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi MKning 187197-moddalari). N Nou-Xau mahsulot ishlab chiqarishni osonlashtiradigan va tezlashtirilishiga yordam beradigan tyexnikaviy bilimlar, tyexnik tajriba, ishlab chiqarish siri. Nou-Xau ixtiro sifatida patentlanishi mumkin yemas va shu sababli patent himoyasi predmeti hisoblanishi mumkin yemas. Nau-Xau firma mulki sanaladi va shu tufayli oldi-sotdi predmeti bo‘lishi mumkin. Nou Xau patent himoyasidan foydalanmasligi tufayli uni bir shaxsdan boshqasiga o‘tkazilishida uning maxfiyligi va bu talabni bo‘zganlik uchun qo‘llaniladigan sanksiya kelishuvining asosiy shartini tashkil qiladi. Neustoyka (aybona) o‘z majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taraf ikkinchi tarafga shartnoma asosida yoki qonunga ko‘ra to‘lashi lozim bo‘lgan pul summasi. SHartnoma va qonun asosidagi neustoykalar mavjud. P Paychi 1) birgalikdagi u yoki bu loyihaga o‘z mablag‘lari, mulki yoki boshqa boyliklarini qo‘shish orqali ushbu loyiha ishtirokchisi bo‘layotgan jismoniy yoki yuridik shaxs; 2) jamiyat (aksiyali jamiyat) ishtirokchisi. Penya turli moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagan shaxslarga qo‘llaniladigan jazo (sanksiya). Kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmagan qarz summasiga nisbatan muayyan foizlarga qo‘llaniladi. Praym reyt (inglizcha prim rate) kafolatlanmagan qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha belgilanadigan eng kam foiz stavkasi. Bu stavka amerika tijorat banklari tomonidan eng ishonchli qarz oluvchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling