O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsion risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo‘llari.
Fors-major riski — loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri bo‘lib, unga er silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: ish tashlashlar, inqiloblar, qo‘zg‘olonlar va boshqalar. SHunday yo‘l bilan mamlakat riskining bir qismi fors-major riski sifatida namoyon bo‘ladi.
Investitsion risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo‘llari. Oxirgi o‘n yillarda loyihani tayyorlash va amalga oshirish malakaviy faoliyatning alohida bir ko‘rinishiga aylandi. Ko‘pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlarida loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tajribalar to‘plana boshlandi. Loyihani boshqarish doirasida echiladigan masalalardan biri - bu loyiha faoliyatining riskini boshqarishdir. Bu masala loyihani boshqarishning boshqa funksiyalaridan alohida yemas. Moliyaviy talabni aniqlashda ham, smeta va byudjetni hisoblashda ham, shartnomalarni tayyorlash va to‘zishda ham loyiha faoliyati ishtirokchilarini turli xil risklardan himoyalash bilan bog‘liq masalalar echiladi. Risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida bo‘lganligi sababli, loyiha risklarini boshqarish funksiyasi loyiha tugagunga qadar davom yetadi. Loyiha risklarini boshqarishda quyidagi masalalarga etibor qaratiladi: - loyiha risklarining tasnifi; loyiha risklarini aniqlash va baholash usullari; loyiha risklarini boshqarishning axborot taʼminoti; risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash; risklarni kamaytirish tyexnologiyalari; risklarni boshqarishni tashkil etish; risklarni boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash. Riskni boshqarish turli faoliyat doiralarida riskni kamaytirish bo‘yicha tyexnologiyalarni va bilimni talab qiladi. Hozirgi vaqtda riskni boshqarish faoliyatini quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lish mumkin: 1) Riskni aniqlash. 2) Riskni baholash. 3) Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash. 4) Riskni oldini olish va nazorat qilish. 5) Riskni moliyalash. 6) Natijalarni baholash. Riskni aniqlash va uni baholash bosqichlari riskni tahlili deb ham ataladi. Bunda riskni aniqlash sifat tahliliga, riskni baholash miqdor tahliliga kiradi. Risk tahlilining miqdor usullari orasida riskni boshqarish nazariyasida eng mashhurlari quyidagilar: statistik usul, statistik tajribalar usuli; maqsadga muvofiq keladigan xarajatlar tahlili; yekspert baholari usuli; analitik usullar va boshqalar. Risk tahlilining ahamiyati loyihaning potensial ishtirokchisiga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy maʼlumotlarni berishdir. Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul doirasida aniq chora-tadbirlarni qo‘llash mumkin. Bu bosqich loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul qilishdan avval o‘tkazilishi kerak. Tanlashda kechikish loyiha ishtirokchisi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki ishtirokchilar o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Riskni boshqarishda chora va usullarni optimal variantini tanlash barcha loyiha ishtirokchilari o‘rtasida jiddiy mo‘zokaralar bo‘lishini talab qiladi. Riskni oldini olish va nazorat qilish bosqichi maʼlum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-tyexnik tadbirlarni ko‘rib chiqadi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: risklar monitoringi; riskni istiqbolini belgilash; tahdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga maʼlumot berish va bu bilan bog‘liq ko‘rsatmalarni ishlab chiqish; riskni oldini olish va nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-tyexnik tadbirlar. Ko‘p risklarni oldini olish va nazorat qilish mumkin. Lekin shunday risklar mavjudki, ularni oldini olish yoki kamaytirish mumkin yemas, yaʼni ular loyiha ishtirokchilari taʼsiridan tashqarida bo‘ladi. SHunday risklar ko‘p xarajat talab qilganligi sababli, ularni moliyalash usuli qo‘llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o‘z-o‘zini sug‘urtalash, tajribali sug‘urtachi yordamida sug‘urtalanishga mablag‘ ajratishi tushuniladi. Sug‘urta shartnomalarida riskning ko‘pgina turlari bo‘yicha sug‘urtachining zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko‘rib o‘tilgan moddalar mavjud bo‘ladi. Riskni boshqarishda loyiha ishtirokchilaridan tashqari, sug‘urta tashkilotlari ham bevosita ishtirok yetadi. Ular riskni baholashda o‘z usullari va yo‘llarini amalga oshiradilar, bu amalga oshirish reja - dasturlarini nazorat qilib boradilar. Natijalarni baholash - bu maʼlum bir loyiha doirasidagi risk - menejmenti bo‘yicha faoliyatlarining yig‘indisi. U keng maʼlumotlar to‘plami asosida o‘tkaziladi va risk tahliliga to‘zatishlar kiritish, risk-menejmentining alohida choralarini qo‘llash samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o‘tkaziladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko‘rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo‘llaniladi. Investitsiya loyihasi riskini baholash usullari orasida eng ko‘p qo‘llaniladiganlari quyidagilar: 1) Loyihaning sezgirlik tahlili. 2) "Zararsizlik nuqtasi"ni aniqlash. 3) Barqarorlikni tekshirish. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling