O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
52 4.2. Xududning geomorfologik bo‘linishi haqida tushuncha Tuproqni batafsil,yirik, o‘rta va kichik masshtabli xaritalarga tushirish ishlarida joyning geomorfologik hududlari hisobga olinishi kerak. Tuproqni dalada o‘rganib xaritaga tushirishning tayyorgarlik davrida o‘rganiladigan hududning qaysi geomorfologik rayon va oblastga tegili ekanligi haqidagi malumotlarga ega bo‘lishimiz lozim. Respublikamizning geomorfologik tuzilishi va rel’ef shakillari bir tomondan Markaziy Osiyoning tog‘ va baland tog‘ hududlari bilan, ikkinchi tomondan Qoraqum, Qizilqum cho‘llari bilan bevosita chegaralangan. Joyning geologik tuzilishi, ayniqsa tuproq hosil bo‘lishida ishtirok etadigan rel’ef shakillari va ularda hosil bo‘lgan turli ona jinslarning kelib chiqishi, ularning tarkibi, xossalari va xususiyalari tuproqni xaritaga tushirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston hududi er yuzasining tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi: tog‘oldi-tog‘lar va tekisliklar. Tog‘ oldi va tog‘larga respublika sharqi va janubi-sharqidagi tog‘ tizmalari, tog‘ oldi qiya tekisliklari hamda tog‘ orlig‘idagi botiqlar, tekisliklarga esa pasttekisliklar, denudatsion tekisliklar va platolar kiradi. Respublikamizning sharqiy va janubi-sharqiy qismini Tyanshan va Oloy tizmalarining tarmoqlari, g‘arbiy va shimoli- g‘arbiy qismini Turon tekisligining markaziy qismi egallagan. O‘zbekiston umumiy maydonining 78,7 % ini tekisliklar, 21,3 % ini tog‘lar tashkil etadi, mamlakatning eng past nuqtasi Mingbuloq botig‘i bo‘lsa (-12 m), eng baland nuqtasi Hisor tog‘ining Qoldirg‘a tizmasidagi Hazrati Sulton cho‘qqisidir (4643 m). O‘zbekistonning er yuzasi asosan sharq va janubi-sharqdan g‘arb va shimoli- g‘arb tomon pasayib boradi. SHu sababdan ham daryolar shu tomonga oqadi. Tekisliklar yaxlit bo‘lib Amudaryoning quyi va o‘rta oqimi, Sirdaryoning o‘rta oqimi, Zarafshonning o‘rta va quyi oqimi atrofidagi erlarni ishg‘ol etgan. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida Ustyurt platosi atrofidagi tekisliklardan tik ko‘tarilgan chinklar bilan ajralib turadi. O‘zbekistonning eng past erlari Orolning qurigan qismi, Amudaryoning 53 deltasi, Qizilqumning shimoli-g‘arbiy qismlari bo‘lib, bularning okean sathidan o‘rtacha balandligi 30-100 m. Sultonuvays, Bo‘kantog‘, Quljuqtog‘, Tomditog‘lar O‘zbekiston tekislik qismining eng baland (900 m.gacha) qismilaridir. O‘zbekistonning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarini egallagan tog‘ tizmalari Qorjontog‘, Ugam, Piskom, CHotqol, Farg‘ona, Qurama, Nurota, Morguzar, Turkiston, Hisor-Zarafshon tizmalari G‘arbiy hamda Janubiy Tyanshan va Oloy tog‘ sistemalarining tarmoqlari bo‘lib, ularning o‘rtacha balandligi 2000-2500 metrni tashkil etadi. Ayrim cho‘qqilarning balandligi esa 4500 m.dan ham oshadi. Bu tog‘ tizmalarini Toshkent-Mirzacho‘l, Farg‘ona, Samarqand, Sangzor, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi tog‘ oralig‘i va tog‘ oldi botiqlari bir-biridan ajratib turadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling