O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Qizilqum-Amudaryo, Sirdaryo hamda Zarafshon daryolarining quyi va
o‘rta oqimlari orasida joylashgan. SHimolda u Orol dengizi qirg‘oqlariga borib taqaladi. Uning g‘arbiy kichik qismi O‘zbekistonga qaraydi. Qizilqumdagi asosiy relef shakllari pasttekislik, yassi va past tog‘lardan, turli xil qum relefi shakllari va botiqlardan iborat. Cho‘lning o‘rtacha balandligi 200-300 m, yassi va past tog‘larning mutlaq balandligi 400-900 metrni tashkil etadi. Qizilqumning eng baland eri 922 metr. 57 Tomditog‘dagi Oqtog‘ cho‘qqisi 922 m bo‘lsa, eng past eri tubi dengiz sathidan 12 m pastda joylashgan Mingbuloq botig‘idir. Yassi tog‘lar Qizilqumning shimoli-g‘arbiy qismida (Sulton u vays), markazida va janubi-g‘arbida joylashgan. Ular gersin tog‘ burmalanishi bosqichida ko‘tarilgan va mezozoy erasidan boshlab hozirgi paytgacha nurash ta’sirida emirilib, yassi, past tog‘larga aylanib qolgan. Ularning yonbag‘irlarida jarlar ko‘p uchraydi, etaklarini prolyuvial tekisliklar egallagan, tog‘larning orasida turli kattalikdagi botiqlar mavjud. Mingbuloq, Oyoqog‘itma, Qoraqota, Ko‘lquduq, Oqjetpas, Dovudboy Qizilqumdagi yirik botiqlardir. Botiqlar ham Qizilqumda keng tarqalgan relef shakllari hisoblanadi. Qizilqumda qum relefi shakllari asosan, qator qum tepalardan, qisman barxan va qum do‘nglaridan iborat. Qator qum tepalar eng ko‘p tarqalgan relef shakli hisoblanib, ular meridian yo‘nalishida cho‘zilgan. Qumlar ko‘p joylarda o‘simliklar bilan mustahkamlangan. Barxanlar cho‘lning inson xo‘jalik faoliyati ta’siri ko‘proq bo‘lgan joylarida, xususan Amudaryo yaqinlarida uchraydi. Gilli allyuvial tekisliklar quruq o‘zanlar atrofida, ayniqsa Quvondaryo, Jonidaryo atrofida katta maydonlarni egallaydi. Bunday gilli, qumoq erlar orasida taqirlar ham mavjud. Taqirlar Qizilqumning janubida, do‘ng va qator qum tepalari orasidagi pastliklarda tarqalgan. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling