139
a) 10 va undan ko‘p yil oldin tuzilgan ma’lumotlar;
b) muddatidan qat’iy nazar tuproq kartasini tuzishda erdan foydalanish plan
konturi asos bo‘lib xizmat qilgan ma’lumotlar;
v) kamida ikki yil oldin sezilarli ekin maydonlarida tubdan melioratsiya
(quritish,sug‘orish va b.) ishlari o‘tkazilgan, shuningdek keyingi uch-besh yil
ichida xududda eroziya jarayonlari, xususan shamol eroziyasi jadal rivojlangan
xo‘jaliklarga tegishli ma’lumotlar;
g) keyingi uch-besh yildagi o‘zgarishlar tufayli hozirgi erdan foydalanish
chegaralari bilan tadqiqot o‘tkazilgan maydon chegaralari mos kelmay
xo‘jaliklarga tegishli ma’lumotlar;
d) tuzilganiga 10 yil to‘lmagan, hali sifatli, lekin zarur ilovalar (labaratoriya
tahlilari, dala varaqalari va boshqalar) etishmagan ma’lumotlar.
Tuproq xaritasi va kartogrammasiga tushintirish xati yozish tartibi.
Tuproqshunos o'rganiladigan joyning tabiiy sharoiti va tuproq hamda
agroishlab chiqarish ko'rsatkichlari asosida, otryad boshlig'i rahbarligida
xo'jalikning tuproq xaritasiga quyidagi reja asosida tushuntirish xati yozadi.
Kirish. Bunda tuproq xaritasi masshtabi, o'rganilgan joy, o'rganilgan
maydonga qo'yilgan kesmalar va analizlar soni,ekspedisiyaning rahbari va
bajaruvchilar hamda dala ishlarining bajarilgan muddatlari to'g'risidagi ma'lumotlar
yoziladi.
1.
Tabiiy sharoit.
1.1.
Iqlim (Metiostantsiya ma'lumotlari asosida).
Bunda
xo'jalik
joylashgan
yerdagi
o'rtacha
oylik
va
yillik
temperatura,yog'ingarchilik miqdori va uning yil fasllari bo'yicha taqsimlanishi,
havoning nisbiy namligi, bug'lanish, foydali temperatura miqdori, yil fasillaridagi
shamolning holati yoritilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: