O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqning sifat bahosi kartogrammasini tuzich
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
9.3 Tuproqning sifat bahosi kartogrammasini tuzich.
Yerni har tomonlama yaxshilash, uning hosildorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligining kelgusidagi rivojlanishining muhim masalalaridan biri,erdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib o‘z navbatida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ilmiy asosda yuritishni taqoza qiladi. Agroishlab chiqarishning harqanday vositalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘p jihatdan uning muhim xossalarini har tomonlama ilmiy o‘rganilib amaliyotga tadbiq etilganligiga bog‘liq. Bu avvalo,erga tegishli bo‘lib, undan oqilona foydalanish, tuproqning xossa va xususiyatlarini chuqur o‘rganish,unumdorligini saqlash,oshirish va muhfaza qilishning ilmiy asoslangan 135 chora tadbirlarni ishlab chiqishni taqoza qiladi. Respublikamizning umumiy er maydoni........ming gektar bo‘lib shundan 4300000gektari ya’ni ....foizi sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan erlar bo‘lib yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 95 foizga yaqini etishtiriladi. Sug‘oriladigan erlardan , ularning holatini e’tiborga olmasdan, ilmiy asoslanmagan holda rejali foydalanmaslik oqibatida ular sifatining pasayishiga, hatto qishloq xo‘jaligi aylanma harakatidan chiqib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligining pasayishiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillarga: tuproq meliorativ holatining yomanlashuvi, sho‘rlanishi, sug‘orish suvlarining tashlab qo‘yilishi yoki noto‘g‘ri foydalanish oqibatida sizot suvi sathining ko‘tarilishi tufayli tuproqlarda ikkilamchi sho‘rlanishning vujudga kelishi, ayrim joylarda gidromorfizimning kuchayishi natijasida o‘tloqi,botqoq vabotqoqli tuprolarning vujudga kelishi va maydonlarining kengayishiga, berch qatlamlarning hosil bo‘lishiga, tuproq mexanik tarkibining og‘irashuviga, gumus va boshqa oziq elementlarining kamayishiga olib kelib tuproq unumdorligining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday salbiy omillar majmuasining tuproq sifat bahosiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini aniqlash tuproq bonitirovkasi fanin zimmasidadir. Tuproq bonitirovkasi fanining asosiy vazifasi - tuproq bonitirovkasining asosiy negizli shkalasini, hamda tuproq unumdorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omilla bo‘yicha tuzatish koeffitsientlarni ishlab chiqish, ulardan foydalanish, tuproq ayirmalari va umumiy er maydonlarining ball bonitetini hisoblash, ball bonitet asosida qiloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish vahosilni rejalashtirish ishlarini olib boradi. Tuproq bonitirovkasi fanining maqsadi-tuproqning bir tipi, tipchasi, tur xillari va ayirmrlarining bir biridan unumdorligi bo‘yicha farqlanishini aniqlash. Tuproq bonitirovkasi fanining ob’ekti- tuproq tipi,tipchasi, tur xillari , ayirmalari va tuproq sifat bahosi kartogrmmasi hisoblanadi. Tuproqsifat bahosi kartogrammasi sug‘oriladigan va lalmikor erlarning unumdorligini baholash, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarning qiymat bahosini chiqarish, mulkiy paylarning miqdorini aniqlash, er tuzishni amalga 136 oshirish, davlat va nodavlat muassasalariga er ajratish, erlardan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirishni amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tuproq sifat bahosi kartogrammasini tuzishda, yirik masshtabli tuporq xaritasini tuzish uchun yig‘ilgan ma’lumotlar: joyning tabiiy iqlim sharoiti, tuproqning asosiy xossalari, tuproqlarning genetik kelib chiqishi, mexanik tarkibi, zichligi, gumus tarkibi va gumusli qatlam qalinligi, sho‘rlanish tipi, sho‘rlanish darajasi, eroziyalanganlik darajasi,toshliligi, gipslashganligi va gips miqdori,berch qatlamning joylashish chuqurligi, oziq elementlar miqdori va boshqalardan foydalanilad. Tuproq bonitirovkasi ishlarini tashkil qilishda, dala va kameral ishlarni o‘tkazish, nazorat qilish, sifat bahosi kartogrammasini tuzish, ularning ishonchliligini taminlash, materiallarni taqdim qilish, kelishish va tasdiqlash ishlari O‘zbekiston respublikasidagi amalda mavjud me’yoriy hujjatlar doirasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tuproq sifat bahosi kartogrammasini tuzishda, boshqa barcha katogrammalarni tuzish uchun zarur bo‘lgan tayyorgarlik, dala va kameral ishlar bajariladi. Dala ishlarini o‘tkazish vaqtida asosiy va nazorat kesmalar qo‘yiladi, genetik qatlamlarga ajiratilib orfologik tasnifi beriladi, zichligi aniqlanib tuproq namunalari olinadi. Nazorat kesmalar va xandakchalar qo‘yish yo‘li bilan tuproq ayirmalarining chegaralari aniqlanib kartogrammaning xomaki nusxasi tuziladi. Olingan tuproq namunalaridan, kartogramma tuzish uchun zarur bo‘ladigan barcha, laboratoriya tahlil ishlari bajariladi, statistik ishlovdan o‘tkazilib ishonchliligi ta’minlangandan keyin kartogramma tuzishga kirishiladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling