O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet105/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Adabiyotlar: 1[13-14],10[83-90],11 (164-170), 15(49-62), 16[68-78],34[26-28].

  1. Intonatsiya (intonema)



Intonatsiya - og‘zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari. Intonatsiya bir qator supersegment elementlar (ovoz toni, melodika, ritm, tembr, pauza, temp va boshqalar) ishtirokida tarkib topadi va gap mazmunining, undagi emotsional-ekspressiv jihatlarning ifodalanishida muhim rol o‘ynaydi. Demak, intonatsiya og‘zaki nutqning majburiy fonetik komponentidir, usiz gap yoki nutq shakllanmaydi va ifodalanmaydi. Tilshunoslikning intonatsiya yoki intonema bilan shug‘ullanuvchi sohasi i n t o n o l o gi y a deyiladi.
Har qanday nutq harakatdir, bu harakat esa albatta ma'lum intonatsiya bilan qo‘shilib, qorishib yuzaga keladi: nutqning toni, sur'ati, pauzalari, tonning balandligi va kuchi gapning mazmuni va emotsionalligi talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgarib, tovlanib turadi. Demak, intonatsiyasiz gap ham bo‘lmaydi: har bir gapning o‘ziga xos intonatsiyasi borligi ham shundan. Intonatsiya, yuqorida aytib o‘tilganidek, bir qator prosodik elementlardan tarkib topadi. Bunday elementlar fizik- akustik va fonologik jihatdan o‘zaro quyidagicha farqlanadi:

  1. Nutq melodikasi. Bunda nutqda ishtirok etgan gaplardagi ovozning ko‘tarilishi va pasayishi nazarda tutiladi. Bu jarayon gap tarkibidagi so‘zlarning bo‘g‘inlarida qo‘llangan unli tovushlarning baland yoki past talaffuz etilishiga asoslanadi. Tabiiyki, gapdagi barcha so‘zlarning bo‘g‘inlari bir xil balandlikda talaffuz etilmaydi, ular gapning mazmun planiga (fikr, his-tuyg‘u va hokazolarga) qarab o‘zgarib boradi. Shuning uchun ham darak, so‘roq va buyruq gaplarning yoxud emotsional va emotsional bo‘lmagan gaplarning intonatsiyalari bir xil emas.

  2. Nutq ritmi - urg‘uli va urg‘usiz, cho‘ziq va qisqa bo‘g‘inlarning qo‘lla- nishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo‘lishi. Nutq ritmining badiiy yoki ifodali o‘qishda, shuningdek, she’riy misralardagi qofiyadoshlik, ohangdoshlikni ta‘minlashda ahamiyati katta: band ritmi, alliteratsiya ritmi, anafora, emfaza kabilar nutq ritmini ta‘minlovchi muhim vositalar sanaladi.

  3. Temp - sur’at, daraja, tezlik. Bunday tezlik gap tarkibidagi tovushlar talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bunday vaqt gap bo‘laklari, ularning o‘rni, gapning turi, situatsiya kabi omillar ta’sirida har xil bo‘ladi. Masalan, darak gaplarda gap boshida kelgan ega talaffuzida temp sekinroq bo‘ladi, bu temp kesim sostavida tezlashadi. Agarda ega logik urg‘u olsa, uning talaffuzidagi temp kuchayadi.

So‘roq gapda eganing talaffuzidagi tezlik darak gapdagi eganikidan biroz ortiq bo‘ladi, kesim talaffuzidagi tezlik esa nisbatan kamayadi. Buyruq gaplarda temp gap oxiriga tomon tezlashib boradi, ammo oxirgi so‘z talaffuzidagi tezlik keskin pasayadi.

  1. Nutq intensivligi - talaffuzning kuchli va kuchsiz bo‘lishi. Nutq intensivligi, odatda, nafas chiqarishning kuchayishi yoki kuchsizlanishiga asoslanadi. Masalan, xonadagi nutq ochiq maydondagi nutq intensivligidan kuchsizroq bo‘ladi.

  2. Nutq tembri - tovushning bo‘yoqdorligi. Bunday bo‘yoqdorlik asosiy ton va qo‘shimcha tonlar(obertonlar, parsial tonlar, rezonator tonlar) nisbatidan kelib chiqib, nutqning ta’sirli, quvnoq, o‘ynoqi yoki, aksincha, ma’yus, g‘amgin bo‘lishini ta‘minlaydi.

  3. Pauza - nutq oqimidagi ayrim to‘xtalishlar. Pauzaning sintaktik va nosintaktik turlari bor: sintaktik pauza gap bo‘laklarini belgilash funksiyasini bajaradi; nosintaktik pauza esa so‘zlovchining nafas olishini rostlash ehtiyoji bilan yuzaga keladi.

I z o h: Logik urg‘u va emfatik urgular ham, aslida, intonatsiya bilan bog‘liq hodisalardir, ammo ular urg‘ular tizimiga ham dahldor, shu bois ularni darslikning aksentuatsiyaga oid bo‘limida ko‘rish ma’qul topildi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling