O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Til -yozuvning lisoniy asosi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- +i+t+o
- Yozuv tizimining nolisoniy (ekstralingvistik) asoslari ham bor
- Abdurauf Fitratning
- Elbek
- R. In’omov
- A.K.Borovkov
- Grafika- yozuv tizimining birinchi komponenti
1.Til -yozuvning lisoniy asosi,chunki yozuv tilga nisbatan ikkilamchi hodisadir. U til va nutqqa tobe bo‘ladi, ularni (til va nutqni) og‘zaki shakldan yozma shaklga- fizik-akustik asosdan optik-grafik asosga ko‘chirish uchun xizmat qiladi.Qiyos qiling: kitob =so‘z,leksema (til birligi, keksik birlik). Shu birlik tilda “k”+ “i”+ “t”+ “o”+ “b” tovushlari qo‘shilmasidan, yozuvda esa k+i+t+o +b harflari qo‘shilmasidan tarkib topgan, bu harflarning har biri kitob so‘zidagi tovushlarni yozuvda ifodalash vazifasini bajargan. Uni Kumobfkirill-o'zbek alifbosi harflari; yoki (arab
alifbosi harflari)vositasida ifodalash mumkin, ammo bu bilan so‘z ma’nosi o‘zgarib qolmaydi, chunki harflar til birligi bo‘lgan tovushlarga (fonemalarga) nisbatan ikkilamchi (shartli) belgilardir, ularning til va nutqqa tobeligi, ayni paytda tovush va harf (aniqrog‘i, fonema va grafema) o‘rtasidagi izomorfizm ham shu holat bilan izohlanadi.Biroq bu holatning o‘ziga yarasha ijtimoiy-vazifaviy qiymati borligi ham shubhasizdir: u tilning kommunikativ va kumulativ funksiylarini amalga oshirish imkoniyatlarini behad darajada kengaytiradi: og‘zaki nutqdagi zamon va makon (vaqt va masofa) cheklanishlariga chek qo‘yadi, insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy, ilmiy-ma‘rifiy va boshqa boyliklarning yozma matnlar orqali ajdodlardan avlodlarga yetib borishini ta’minlaydi, nihoyat, jamiyatning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini tezlashtiradi (zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari keng qo‘llanayotgan hozirgi davrda ham yozuv o‘zining amaliy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, aksincha, bunday texnologiyalar faoliyatida yozuvning ham o‘ziga yarasha ishtiroki bor). Yozuv tizimining nolisoniy (ekstralingvistik) asoslari ham bor: bu asos yozuv mashinkalari, matbaa, faks, computer imkoniyatlari, yozuv estetikasi, pedagogika (metodika), psixologiya, semiotika kabi sohalar bilan bog‘liq masalalar guruhini o‘z ichiga oladi.Alifbo va imloni shakllantirishda bunday omillarning nazardan chetda qoldirilishi yozuv amaliyotida ma‘lum nuammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.Shu o‘rinda Abdurauf Fitratning 1921-yilda birinchi O‘lka o‘zbek tili va imlosi qurultoyida o‘qigan ma’ruzasida aytgan quyidagi gapi e’tiborga loyiqdir: “Butun millatlar yozuni o‘qimog‘och, ma’noni onglay olmaylar. Ma’noni onglamoq uchun yozuni o‘qiylar. Biz esak ma’noni onglayolmasak yozuni o‘qiyolmaymiz...”, -degan edi u o‘z ma’ruzasida.36 Bunda u arab alifbosidagi harflarning ko‘p shaklliligi, ularni qo‘llash qoidalaridagi noizchilliklar (qisqa unlilarning yozuvda ifodalanmasligi, bir harf bilan turli tovushlarning ifodalanishi) tez va ravon o‘qish ko‘nikmalarining shakllantirilishiga, demak, yozuvning pegagogik-psixologik aspektiga salbiy ta’sir qilayotganligini nazarda tutgan edi. Yuqoridagi kabi fikrlar o‘z vaqtida Elbek (Mashriq Yunusov) va R. Inomovlar tomonidan ham bildirilgan. Elbek bu haqda shunday degan edi: —.Eski imlo atag‘on imlomiz burun choqlardan beri bir yo‘sunsiz, negizsiz yozilib kelmoqda bo‘lg‘on bir imlodurkim, buning bilan bir narsani ochiq onglov juda qiyindir, chunki bir so‘zni bir necha turli o‘qimoq mumkin bo‘lg‘onliqdan kishi ko‘b yanglishadir. ... Demak, eski imlo yo‘lsizligi uchun tashlamoqdan boshqa chora yo‘qdir.”37 R. In’omov esa e’tiborni ko‘proq yozuv mashinkalari va bosmaxona texnikasi bilan alifbo o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganligiga qaratadi. Xususan, “Maorif va o‘qutg‘uchi” jurnalida chop etilgan bir maqolasida u shunday deydi: “Nima uchun arabdan lotinga o‘tish kerak? Shu so‘roqqa qisqa qilib javob beramiz: arab alifbosi turk tilidagi tovushlarning shaklini tamomila bera olmaydir; arab alifbosi texnika tomonidan lotindan quyi turadir.Arabda nuqtalar, alomatlar, bosh , o‘rta va so‘nggi harflar bordir. Lotin esa bulardan uzoqdir; arab alifbosi o‘qitish, o‘rganish ishida lotindan ortda turgani, texnika tomonidan buzuqligi ustiga yerlashtirish ishida ham to‘sqinlik qiladir. Masalan: yozu mashinalari, stenografiya, telegraf va shunga oxshashlar”.38 Professor A.K.Borovkov turkiy tillar alifbolarini uyg‘unlashtirish (unifikatsiya qilish) masalasi haqida gapirar ekan, bunday unifikatsiya ishlari murakkab bosmaxona texnikasining imkoniyatlariga mos ravishda olib borilishi lozimligini ham alohida uqtiradi.39 Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, alifbo va imloni shakllantirishda faqat lisoniy (lingvistik) omillarni hisobga olishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun yozuv tizimining pedagogik-psiхologik, teхnikaviy, estetik omillar bilan bog‘liq jihatlari ham hisobga olingan bo‘lishi kerak. Grafika- yozuv tizimining birinchi komponenti Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling