8 grafemasining
|
ichki (ifodalanuvchi) tomoni-
“to‘qqiz” bilan —yetti” orasidagi miqdor tushunchasi.
|
Chizmalarda ko‘rsatilgan grafemalarning birinchisi (Q grafemasi) alifbodagi harfga, ikkinchisi (? grafemasi) tinish belgisiga, uchinchisi (8 grafemasi) raqamga asoslangan. Shunga ko‘ra birinchi tip grafemalar harfiy belgilar guruhini, ikkinchi va uchinchi tip grafemalar esa noharfiy belgilar guruhini tashkil etadi. Yozuvda ishlatiladigan defis, apostrof (tutuq belgisi) ham noharfiy belgilar guruhiga mansubdir. Muayyan til yozuvining grafik tizimi ana shunday grafemalar va yana bir qator yordamchi vositalar (signalizatorlar, diakritik belgilar)dan tarkib topadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, grafema y o z u v b i r l i g i, fonema, intonema, aksentema va leksemalar esa t i l b i r l i k l a r i d i r. Binobarin, grafema bilan fonema (yoki intonema, leksema) o‘rtasidagi aloqa to‘ppa-to‘g‘ri (bevosita) bo‘lishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik-akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yo‘l qo‘ymaydi.Shuning uchun yozuv birligi (grafema) bilan til birligi (fonema, intonema yoki leksema) o‘rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali ta'minlanadi: kod turli informatsiyalarni uzatish, ishlash, saqlash va xotirlab qolish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar, simvollar sistemasidir. Har qanday grafema ana shu sistemaning bir a'zosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |