O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet144/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

1919-1920-yillarda "Chig‘atoy gurungi" jamiyati alifboni isloh qilish bilan bog‘liq qator ishlarni amalga oshiradi: "Bitim yo‘llari" kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini o‘zbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi, shu maqsadda alifboga (u" unlisi uchun), у ("o‘"unlisi uchun), b ("o" unlisi
uchun), < ("a" unlisi uchun), ("i unlisi uchun), qp ("e" unlisi uchun)
harflarini kiritish tavsiya etiladi.49
1921-yilda Toshkentda 1-5-yanvar kunlari o‘zbek alifbosi va imlosi masalalariga bag‘ishlangan birinchi O‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tadi, unda Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy va Botu (M.Hodiyev) ma‘ruzalari tinglanadi.
Fitrat o‘z ma’ruzasida arab alifbosining o‘zbek tili xususiyatlariga moslashmaganligini, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar yetishmasligini, unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning shaklan farqlanmaganligini, har bir harfning to‘rt shakli borligini yozuvdagi jiddiy nuqson deb baholaydi, bunday nomukammalikdan qutulish uchun esa arab alifbosidagi harflarning to‘rt xil shaklidan faqat bittasini (so‘z boshidagi shaklini) qoldirish, unli tovushlar uchun 6 ta harf belgilash, so‘zlardagi ohangdoshlikni yozuvda aks ettirish imkonini yaratish, chet (olinma) so‘zlarni o‘zbek tili xususiyatlariga moslab yozish kerakligini aytadi.50 Bu fikrga Elbek ham qo‘shiladi.51 Ashurali Zohiriy esa Fitratning taklifiga e’tiroz bildirib, chet so‘zlarning, xususan, arabcha va forscha o‘zlashmalarning arab imlosidagi shakllarini o‘zgartirmay yozish ma’qulligini, aks holda bunday so‘zlarni ng ma’nolari o‘zgarib ketishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa imlochilar ikkiga - yangi imlochilar va o‘rta imlochilar guruhiga bo‘linib ketadi.52
Botu (M. Hodiyev) arab alifbosidan butunlay voz kechib, lotin grafikasi asosida yangi alifbo tuzish kerakligini aytadi. Bu haqda u shunday deydi: "... Butunlay hozirgi arab harflarini tashlab, ko‘p millatlar tomonidan qabul qilingan lotin yozuvini tilimizdagi tovushlarga muvofiq bir holg‘o keltirib qabul qilish kerakdir".53
Shu ma’ruzasida Botu o‘zining lotin harflari asosida tuzilgan alifbosining loyihasini qurultoy ishtirokchilariga ko‘rsatadi, muzokaraga chiqqan
S.Usmonxo‘jayev Botuning fikrini va loyihasini ma’qullaydi, ammo qurultoy qatnashchilarining ko‘pchiligi amaldagi (arabcha) alifboni ayrim tuzatishlar kiritish bilan saqlash kerak degan fikrni quvvatlaydi.54
Qurultoyda yozuv va alifboga oid quyidagi qaror qabul qilinadi:

  1. Bu vaqtga dovur o‘zbeklar orasida yurub kelgan yozuvlar yo‘lsiz va qoidasiz bo‘lg‘onligidan, qo‘nferans yozuvlarimizni isloh etiluvini tilaydir.

  2. Imlomizning islohi uchun olti cho‘zg‘uli imlo qabul etilsa.

  3. Harf-cho‘zg‘ularimiz ayri-ayri shaklda bo‘lur.

  4. O‘zbek so‘zlarida qalinlik va ingichkalik qoidasi qabul etilsun.

  5. Harflarning hammasi ikki turli shakldan bir turli shaklga tushirulsin.

  6. Tilimiz orasiga kirib qolg‘on yot so‘zlar o‘z harflarimiz bilan yozilsun".55


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling